Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1038
IROQ RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARINING 
GENEZISI VA ULARNING YECHIMLARI 
 
Oybek Qosim o‘g‘li G‘aybullayev 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati 
yo’nalishi 2-kurs magistaranti 
oybek1701@mail.ru
 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada bugungi kunda Iroq Respublikasidagi davlat xavfsizligiga tahdid 
solib turgan muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Iroqdagi davlat 
boshqaruv sohasidagi, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi muammolarning yechimlari 
borasida xulosa va takliflar ilgari surilgan. 
Kalit so’zlar: ommaviy qirg’in qurollari, Iroq – Eron urushi, Iroq – Quvayt urushi, 
ISHID, federatsiya, kurd, shia, sunniy, mintaqaviy hukumat, Yaqin Sharq, Yangi Yaqin 
Sharq konsepsiyasi. 
 
KIRISH 
Iroq Respublikasi Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan neft bozoridagi global 
o’yinchilrdan bir bo’lgan davlatdir. Tasdiqlangan neft zaxiralari 153 mlrd barrelni 
tashkil etadi. Dunyo neft zahiralarining 9% qismi shu davlatda joylashgan. Iroq qora 
oltin zahiralari bo’yicha dunyoda Venesuela, SAP, Kanada va Erondan keying 5-o’rinda 
turadi. 2016-yilgi holatga ko’ra bir kunda 4 mln 465 ming barrel neft qazib oladi. 
Iroqning gaz zahiralari miqdori esa 3,7 trillion kub metrni tashkil qiladi
1
. Aytib o’tilgan 
bu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida biz boy, rivojlangan, barqaror iqtisodiy 
taraqqiyot yo’liga tushib olgan davlat haqida so’z yuritish o’rniga etnik jihatdan uchta 
katta va bir qancha mayda guruhlarga bo’lingan, diniy jihatdan kuchli bo’linish 
xususiyatiga ega bo’lgan, global va mintaqaviy kuch markazlarining manfaatlari 
to’qnashgan, hududlari muxtoriyat (o’rni kelganda mustaqil bo’lishga intiluvchi) uchun 
kurash olib borayotgan, terrorchi va ekstremistik guruhlarning faoliyati natijasida bir 
qator muammolar girdobida qolgan, davlat boshqaruvi zaif holatdan endi-endi 
tiklanayotgan, ushbu tiklanish jarayonida jahon hamjamiyati yordamiga ko’z tikib tugan 
davlat haqida gapirmoqchmiz. 
Ko’p o’rinlarda Iroq davlatidagi bugungi vaziyatning shakllanishiga sabab bo’lgan 
omillar so’ngi 10 yillikdagi voqealar bilan izohlanadi. Ha, bu inkor qilib bo’las haqiqat. 
1
Кузнецов. А. Состояние нефтегазового сектора Ирака и российско-иракское сотрудничество сфере. Геоэкономика 
энергетики. УДК 339. 4/2018. – C.176. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling