Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0,54 Mb. Pdf ko'rish
|
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1045 Ijtimoiy muammolar. Oxirgi qirq yillik hayotini harbiylashgan va urush sharoitida yashagan davlatning ijtimoiy sohasi qanday holatda bo’lishi mumkin?! Eron va Quvayt bilan urushlar natijasida mamlakatning iqtisodiy ahvoli yomonlashib, uning ijtimoiy soha rivojlanishiga ajratadigan mablag’larining kamayishi bu sohani og’riqli nuqtaga aylantirgan edi. Hozirgi kunda Iroqda 40 mln da ortiq kishi istiqomat qiladi. Bu 25 yil oldingiga qaraganda ikki baravar, 1970-yilgi aholi sonidan esa to’rt baravar ko’p. Ma’sul vazirliklarning hisob-kitoblariga ko’ra chork asrdan kamroq vaqt ichida aholi soni yana ikki baravar ko’payadi. Agar joriy o’sish sur’atlari davom etsa, bu mintaqadagi eng yuqori ko’rsatkichlar qatoriga kiradi. Natijada, Iroq hukumati joriy o’n yillikning oxirigacha har yili taxminan 1 mln ish o’rniyaratish imkonini beruvchi qulay biznes muhitini yaratishi kerak. Mavjud ishbilarmonlik muhiti xususiy sektorda ish o’rnlari yaratishni rag’batlantirishga qodir emasligi sababli, davlat muassasalari har yili 700 000ga yaqin yoshlar, shu jumladan yuz minglab bakalavriat va magistratura talabalari uchun mehnat bozoriga chiqayotgan deyarli yagona vositadir. 2019-yil oktabr oyidagi norozilik namoyishlari, asosan, hukumatning munosib ish imkoniyatlarini ta’minlay olmasligi sababli keskin avj oldi. Xavfsizlik kuchlari va tinch namoyishchilar o’rtasidagi ro’qnashuvlar Adel Abdul Mahdi hukumatining qulashiga olib keldi va hukumat hamda Iroq jamiyatining katta qatlamlari o’rtasida ishonchsizlikni kuchaytirdi. IShID va unga aloqador guruhlar tomonidan so’ngi o’n yillikda amalga oshirilgan qo’poruvchilik harakatlari ijtimoiy sohaga ta’sir etmay qolmaydi albatta. Asr boshlarida Iroqda bo’lib o’tgan voqealarni ijtimoiy oqibatlarini mamlakat kelajagi hisoblangan yoshlarning hayotiga qanchalik ta’sir ko’rsatganligini ko’rib chiqamiz. Iroq Respublikasida bolalar va o'spirinlar mamlakat aholisining 55 foizidan ko'pini tashkil qiladi (29 million kishi). So'nggi yigirma yil davomida ular qamoq yoki o'lim sababli ota-onasidan ayrilish, oilalarning notinchligi, zo'ravonlik va mojarolarga duchor bo'lish, qirg'in sahnalariga guvoh bo'lish bilan nafaqat yuqori darajadagi psixologik shikastlarni boshdan kechirdilar; Saddam Husayn davrda hokimyatda sunniylar ta’sirining yuqoriligi hamda hozirgi kunda “o’ch olish” imkoniyatiga ega shialarning hokimyatdaligi bois ular diniy va siyosiy ta'qiblarga uchramoqdalar. 2003- yildan boshlab to'g'ridan-to'g'ri jismoniy shikastlanish va zo'ravonlik darajasi yuqori bo'lib kelmoqda. Oilalarda bolalarga nisbatan jismoniy zo'ravonlikning ko'payishi odatiy holga aylangan. Shuningdek, uy sharoitida yetim bolalar soni sezilarli va o'sib bormoqda, ular uchun uyushgan xizmatlar mavjud emas. Ko'pgina xabarlarda isyonchi guruhlar xalqaro kolitsiya kuchlari (MNF) va Iroq xavfsizlik kuchlariga (IFS) qarshi kurashga voyaga yetmaganlarni, shu jumladan SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling