SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1047
Xalqaro energetika tashkilotalarining hisobotlarida
atrof-muhit muammolriga
global qiiqish ortib borayotganligi bois dunyo tez sur’atlar bilan neftdan uzoqlashmoqda
va energiya ishlab chiqarish va tashish uchun toza, qayta
tiklanadigan va muqobil
energiya manbalaridan ko’proq foydalanishga o’tmoqda. Shuning uchun Iroqning
neftga o’z xarajatlarini moliyalashtirish uchun asosiy mahsulot sifatida qaramligi tobora
ortib borayotgan xavf hisoblanadi.
Terrorizm. Davlatdagi beqarorlik va hokimyatning
kuchsizligi har qanday
vaziyatda ham o’z manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo’yuvchi tor doiradagi
guruhlarning, jumladan terrorchi guruhlarning faollashuviga sabab bo’ladi. Iroq
Respublikasi bilan ham shu holat takrorlandi.
Islomiy davlat, Iroq va Shom Islom
Davlati shular jumlasidandir. Bir holatga e’tibor
berish kerakki, 2013-yilda IShID
hujumlarining aksariyati 2011-yildan beri vayron qiluvchi
fuqarolik urushi davom
etayotgan Suriyada emas, balki Iroqda sodir etilgan. Iroq 2013-yilda IShIDning 419 ta
hujumiga guvoh bo'lgan
14
. Hozirgi kunda Iroqda ushbu guruhlarning faoliyatiga rasman
chek qo’yilgan. Ammo guruh a’zolari o’z taktikalarini passiv shaklga o’tkazib, oddiy
fuqaro sifatia mamlakatda yashirin
faoliyat olib borayotgani, faol harakat uchun qulay
fursat kutayotgani ham ehtimoldan yiroq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: