Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1046
yetimlarni va qo'zg'olonchilarning bolalarini jalb qilayotgani ko'rsatilgan
13
. Hali 
mamlakatda terrorchilar faollashmagan, yirik shaharlarni egallamagan XXI asrning 
dastlabki o’n yilligida taxminan to'rt million iroqlik – umumiy aholining deyarli 15% - 
o'z uylarini tashlab ketishdi, ularning 50% bolalardir. Taxminan 1,9 million kishi Iroq 
ichida boshpana topgan va 2,2 million kishi qo'shni davlatlar chegarasini kesib 
o'tgan. Qochib ketayotganlar orasida shifokorlar, hamshiralar va o'qituvchilar ham bor. 
Bu holat boshqa bir jiddiy muammo hisoblangan aholining sifatli ta'lim va asosiy tibbiy 
yordamdan mahrum bo'lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muammolar. Iroq iqtisodiyotida neftdan olinadigan daromadlar asosiy 
o’rinni egallaydi. Iroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotida (OPEK) eng yirik 
xom neft ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, dunyodagi eng yirik 
neft zaxiralariga ega mamlakatlardan biri. Yana bir ijobiy holat: mamlakat janubdagi 
yirik konlarning qazib olish xarajatlari nisbatan past. Bu hol mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishini kafolatlashi kerak edi. Biroq Iroqdagi infratuzilma sohasidagi muammolar 
tufayli ishlab chiqarish o'sishi so'nggi o'n yil ichida pasayib ketdi. Janub va shimoldagi 
notinch vaziyat tufayli mahsulotni yetkazib berishdagi uzilishlar, shartnomalar o’z 
vaqtida bajarilmasligi iqtisodiy sohadagi muammolarga sabab bo’ldi.
Yirik ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun investitsiya jalb qilinishi va bu 
investitsiya ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yo’naltirish kerak. Lekin har 
qanday investor o’z pulini tinch, barqaror va eng muhimi foydasi kafolatlangan joyga 
kiritadi. Iroqdagi vaziyat mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini so’roq ostiga 
qo’yadi. 
Shunga qaramay, xom neft ishlab chiqarish 2019-yilda kuniga 4,7 million 
barrelga o'sdi. Ammo 2020-yilda global miqyosda neftga bo’lgan talabning pasayishiga 
javoban ishlab chiqarish hajmi yana pasayib ketdi .
2014-yilgacha Iroqning markaziy hukumati va uning neft vazirligi shimolda
ayniqsa Kirkuk konida (Avana va Baba gumbazlari ) va Bay- Xasan konlarida xom neft 
qazib olishning katta qismini o’z nazoratida olgan. Ammo 2014-yil mart oyida Iroq-
Turkiya quvur liniyasi jangarilar tomonidan katta zarar ko'rgan va ishlamay qolganidan 
keyin shimoliy ishlab chiqarish eksport bozorlariga chiqa olmagan . Bayji neftni qayta 
ishlash zavodi (o'sha paytdagi Iroqdagi eng yirik) 2014-yil iyun oyida IShID hujumidan 
so'ng yopilgan edi. Bu kabi holatlarni uzun-uzun qilib sanash mumkin. Qisqa xulosa 
qilsak: terrorizm xavfi yuqori nuqtaga chiqqunicha ham Iroqda iqtisodiy muammolar 
yetarli edi. Yuqoridagi kabi holatlar esa mamlakatning iqtisodiyotiga jiddiy zarba 
bo’ldi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling