Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1048 ko’rinishdan demokratik ko’rinadign rasmiy qoidalar va tartiblarga muvofiq tuziladi. Qarorlar esa kichik liderlar guruhi o’rtasida qabul qilinadi. Bu holat vaqt o’tgan sayin saylovlarda saylovchilar soning kamayib borishiga xizmat qildi. Masalan 2018-yilgi saylovlarda saylov yoshidagilarning 44% qismi qatnashdi. Asosiy partiyalar yigirma yil davomida bir xil odamlar tomonidan boshqarib kelinmoqda. Partiya bilan kelisha olmay qolgan rahbar yoki unga yaqin shaxs partiyadan ajralib chiqib o’z partiyasiga asos solishi va hokimyat uchun kurash (tashqi qo’llovchilar yordamida ehtimol) boshlashi odatiy holat. Bag’dodda joylashgan Al-Bayan mustaqil tadqiqot va rejalashtirish markazi tomonidan o’tkazilgan so’rovnomalarga ko’ra, mamlakat aholisining 40% qismi bo’lajak saylovlarni mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash va rivojlanish uchun muhim deb hisoblaydi 16 . Respondentlarning 83%dan ortig’i partiyaviy bo’lmagan, blok yoki koalitsion nomzodlar uchun ovoz berishni xohlaydi. Iroqda partiyaviy tizimni isloh qilish saylov jarayonini, samarador hukumat va barqaror parlamentni shakllantirish uchun qilinishi kerak bo’lgan ishlarning debochasidir. Siyosiy partiylar to’g’risidagi, saylov qonunchiligi to’g’risidagi qonunlarni isloh qilish davlat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Ko’p partiyalarning mavjudligi har doim ham yetuk siyosiy jarayonni ko’rsatmaydi. Fuqarolar ushbu partiyalarga erkin qo’shilishi, bir partiyadan ikkinchisiga o’tish huquqiga ega bo’lsa-daularning asosiy qismi saylovlar oldidan tuziladigan va saylovdan keyin hech qanday siyosiy yoki ijtimoiy rol o’ynamaydigan “vaqtinchalik” (kinochilar tilida “konfet”) partiyalardir. Iroq Respublikasi Konstitutsiyasi va siyosiy partiyalari haqidagi huquqiy manbaalarda fuqarolik, vatanparvarlik, birlik tushunchalariga urg’u berilganligiga qaramay, milliylik o’rniga partyalar faoliyatida mintaqaviy, diniy yoki mazhabiy motivlar ustun. Hozirgacha bo’lib o’tgan saylovlarning hech birida qaysidir prtiya yoki blokning o’tkazilgan saylovlarda davlatning barcha hududlarida o’rinlarni qo’lga kirita olmaganidan ham buni ko’rish mumkin. Masalan Baaschilar asosan janubda, kurdlarning partiyalari shimolda, Ittifoq fronti g’arbda katta qo’llab-quvvatlovga ega. Mamlakat barcha viloyatlarida Iroq elektoratini ifodalovchi yirik partiyalar yo’q. Ularning tuzilishi uchun saylov qonunchiligi va partiya tizimini isloh qilish lozim. Agar Iroqda parlament saylovlarida milliy miqyosda raqobatlashadigan kam sonli katta partiyalar, barcha din vakillari uchun “ochiq” bo’lgan partiyalar bo’lsa, bu yadanda kuchli, samarali va uyg’un hukumatning shakllanishiga yordam berishi mumkin. Hukumat faoliyatini nazorat qiladiga kuchli muxolifatning shakllanishi esa ko’plab Iroq 16 https://www.bayancenter.org/en/2021/04/2195/ SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling