Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1051
boshlang’ich daromadga ehtiyoj tug’ilgani kabi, Bahram Solih hukumati Iroqdagi 
vaziyatni tartibga solish va xavfsizlikni taminlashda xuddi shunday “boshlang’ich 
daromad”ga ehtiyoj sezmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham muammolarni yechim 
topishida muhim o’rni mavjud. Amalga oshirilayotgan islohotlarda kamchilik bo’lishiga 
qaramasdan, mavjud ijobiylarini qo’llab quvvatlash amalga oshirilayotgan 
islohotlarning davomiyligini taminlaydi. 
Iroq Respublikasi hukumati davlat kelajagi bo’yicha aniq bir qarorga, yakdil 
qarorga kelishi lozim. Kurdlarning muammolaga yechim toppish uchun alohida 
harakati, shialarning o’ziga xos yo’nalishi va sunniylarning hozirgi pozitsiyasi aravani 
har tomonga tortishga o’xshaydi. To’g’ri vaziyat qaltis. Lekin muammolar zanjirining 
qaysidir qismini uzib, shu joydan o’zgartirishlarni boshlamoq kerak. 
Bunday paytda mintaqaviy davlatlar va dunyo hamjamiyati mas’uliyati o’z 
zimmalariga olib, muammo Iroqning muammosi emas, balki dunyo xalqlarining 
muammosidir degan nuqtai nazarda turgan holda ish tutsalar Iroqdagi vaziyat ijobiy 
yechim topadi. Davlatlarda abadiy do’stlar bo’lmaydi, abadiy dushmanlar ham. Ularda 
abadiy manfaatlar bo’ladi. O’z manfaatlarini xaysidir davlatning manfaatlariga dahl 
qilgan holda ilgari surish, manfaatdor tomonning o’zi uchun ham qaysidir ma’noda 
“javob kelishi”ga sabab bo’ladi albatta. Hozirgi kundagi Rossiya – Ukraina 
munosabatlaridan ko’rinmoqdaki, bu borada dunyo hamjamiyatida o’ziga xos tajriba 
maktabi shakllangan. 
Ushbu holatlarni inobatga olgan holda ishtirokchilar o’z oldilaridagi vazifalarni 
taqsimlagan holda harakat qilishlari lozim. Jumladan Iroq hukumati xalqaro hamjamiyat 
yordamida mamlakatda har bir sohada tub islohotlarni amalga oshiradi. Davlat 
muassasalarining faoliyati muvofiqlashtiradi. Adolat va shaffoflik prinsipiga amal 
qilgan holda faoliyat yuritadi.
Mamlakat aholisi ijobiy o’zgarishlar oz bo’lsada ularni qo’llab quvvatlab, bir g’oya 
atrofida, Iroq Respublikasining milliy manfaatlarini o’zida ifodalagan g’oya atrofida 
birlashadi. Eng muhim vazifa dunyo hamjamiyati a’zolari zimmasiga tushib, ular bu 
hududd o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlamasligi, inson huquqlarining eng asosiy 
prinsiplariga amal qilgan holda harakat qilishlari talab qilinadi. Bu qilingan ishlar 
pirovardida o’z natijasini berib, Iroqdagi siyosiy vaziyat va xavfsizlikni ta’minlash 
borasidagi muammolari, albatta, o’zining ijobiy yechimini topadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling