Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1050 Oltinchidan, butun jamiyat vakillari Iroqning keying 10, 20 yoki 30 yillik istiqbolini shakllantiradigan yuqori darajadagi milliy maqsadlar bo’yicha kelishib olishlarini ta’minlash. Maqsad bitta, faqatgina uni amalga oshirish borasida tomonlar o’rtasida raqobat shakllanadi. Hukumatlarga qiyin bo’lishi tabiiy, lekin eng muhim Iroq rivojlanadi, aholi farovon yashaydi. XULOSA Biz yashayotgan zamonaviy dunyodagi hech bir muammoli holat o’z-o’zidan, atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga bog’liq bo’lmagan holda vujudga kelmaydi. Aynan shu sababdan ham har bir muammoli vaziyatni tahlil qilish va uning yechimlari borasida ish olib borilayotgan masalani atrofdagi jarayonlar bilan aloqadorlikda o’rganish lozim. Bugungi kunda Iroq Respublikasida sodir bo’layotgan jarayonlar ham o’zining ijobiy yechimlariga erishish uchun xuddi shunday yondashuvlarni talab qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Iroqning bugungi muammolari oqibatini o’ylamasdan amalga oshirilgan ko’pyillik boshqaruv siyosatining natijasidir. O’tgan asrning oxiri yangi davr boshlarida davlat rahbariyatining, oxirgi o’n besh yillikda esa dunyo hamjamiyatining masalaga jiddiy bo’lmagan tarzda panja ortidan nazar tashlashi oqibatida bugungi inqirozli holat vujudga keld. Shu o’rinda Iroqdagi ziddiyatli vaziyatning shakllanishida “parda orti”dagi kuchlarning ham roli borligini unutmaslik lozim. Malakatning ulkan neft va uglevodorod zahiralariga ega ekanligi yirik neft istemolchisi bo’lgan davlatlarning oshkora va yashirin tarzda Iroqning ichki ishlariga aralashuviga hamda o’z manfaatlarini o’ylab ish tutganliklari ham bugungi inqirozli holatning sabablarida biri hisoblanadi. Iroqdagi muammolar nafaqat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy balki terrorchilik faoliyati nuqtai nazaraidan ham dunyo hamjamiyatini e’tiborini talab qiladi. Ushbu mavzuni chuqurroq tadqiq qilgan insonda “Iroq Respublikasi o’zining joylashuvi, tabbiy zahira boyliklari bilan Yaqin Sharqdagi eng muhim strategik nuqtalardan biri va ayni shu omil mintaqaviy va kuch markazlarining doimo bu hududda o’z manfaatlarini ilgari suradilar” degan mazmundagi xulosa shakllanadi. Manfaatdor davlatlarning Iroqda barqaror vaziyatni tartibga solish masalasida ixtilofga bormasdan, shaxsiy manfaatlarini biroz chetga surib, Iroq Respublikasining amaldagi hukumatiga yordam berishlari mamlakatadagi barqarorlikni ta’minlash eng muhim shartlaridan bir. Hozirgi kundagi Iroq jamiyatida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar mavjud ekanligini ko’rdik. Ularning har biri bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Ijtimoiy muammolar amalfagi hukumatdan norozilikni, bu siyosiy inqirozni, siyosiy inqiroz esa iqtisodiyotga zarba ekanli kundek ravshan. Tadbirkorlik va biznesda ish boshlash uchun SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling