Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana18.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1030521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1039
Lekin mutlaq sabab faqat IShID va boshqa terrorchi guruhlar emas. Iroqdagi bugungi 
vaziyatni vujudga kelishining boshlanish nuqtasini o’tgan asrning so’ngi choragidagi 
Yaqin Sharq voqealari va Iroq davlatining energetik imkoniyatlari bilan bog’lash lozim. 
Ushbu hududdagi energetika zahiralari sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishni boshlagan 
davrdanoq kuch markazlari e’tiborini o’ziga jalb qilgan edi. 1922-yildayoq Buyuk 
Britaniya bosh vaziri David Lloyd Jorj tabiiy resurslarga boy ushbu mintaqa haqida 
quyidagi fikrlarini bildirgan edi “Agar biz ketsak, ketganimizdan keyin bir-ikki yil 
o’tgach jahondagi eng boy neft maydonlarini fransuzlar va amerikaliklar qo’liga 
shundoqqina berib qo’yganimizni ko’ramiz”
2
. AQShning bo’lajak prezidenti Duayt 
Eyzenxauer esa Yaqin Sharq boyliklari to’g’risida aytilgan yuqoridagi fikrni to’ldirib, 
ushbu mintaqani strategik jihatdan muhim nuqta ekanligini baholar ekan, quyidagi 
fikrlarni ta’kidlab o’tgandi: “Ulkan neft resurslariga ega bo’lgan Yaqin Sharq 
xavfsizligi Amerika uchun kata ahamiyat kasb etadigan yana bir mintaqadir”
3
. Ayni shu 
sababdan bu hududdagi har bir jarayonga tashqi kuchlarning faol aralashuvi kuzatiladi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD 
Iroq Respublikasidagi bugungi holatning shakllanish jarayoniga e’tibor berib, 
voqealar rivojini sabab-oqibat zanjirida tahlil qilsak ushbu davlatdagi siyosiy vaziyat va 
mavjud muammolarning kelib chiqish sababi terrorchilarning so’ngi 10 yillikdagi 
faoliyati, bu guruhlarning faollashuviga sabab AQSh bosqini, AQSh bosqiniga sabab 
kimyoviy qurollar va Quvayt bilan bo’lgan urush, Quvayt bilan urush olib 
borilganligining sababi Eron bilan urushdagi yo’qotishar. Mutlaq haqiqat shu demoqchi 
emasmiz. Lekin voqealar orasidagi mantiqiy bog’liqlikni ham inkor eta olmaymiz. 
Eron va Iroq o'rtasidagi 1980-yildan 1988-yilgacha sakkiz yil davom etgan urush 
mintaqadagi ikki davlat o'rtasidagi eng uzoq urush deb hisoblanadi. Urushni o'sha 
paytda Saddam Husayn boshqargan Iroq rejimi boshlagan. Chegara mojarosi va 
Eronning inqilobiy islomiy hukumatining Iroqdagi aksariyat shialar orasida isyon 
ko'tarishga urinishlari haqidagi xavotirlar, shuningdek islom dunyosida yetakchilik 
uchun raqobat bu urushni keltirib chiqardi. Urushayotgan Iroqning SAP va Quvayt (ular 
bu urushda Iroqqa moliyaviy yordam bergandi) tomonidan qo’llab-quvvatlangani bu 
fikrlarni qisman quvvatlaydi. 
Iroq o'sha paytdagi Erondagi ichki beqarorlik va tartibsizlikdan foydalangan. 
Ikkala davlat ham bir-birlarining hududlariga, harbiy kuchlarga va neft inshootlariga 
katta hujumlar uyushtirishdi. Bu urushda Iroq AQSh va uning maslakdoshlari 
tomonidan qo'llab-quvvatlagan bo'lsa-da, urush Iroqning obro'siga juda kata putur 
2
Ғойибназаров Ш. Халқаро терроризм: илдизи, омиллари ва манбалари. “Ўзбекистн”НМИУ, 2013. - 
Б.100 
3
Ғойибназаров Ш. Халқаро терроризм: илдизи, омиллари ва манбалари. “Ўзбекистн”НМИУ, 2013. - 
Б.104 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling