Iroq respublikasi davlat xavfsizligi muammolarining genezisi va ularning yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0,54 Mb. Pdf ko'rish
|
iroq-respublikasi-davlat-xavfsizligi-muammolarining-genezisi-va-ularning-yechimlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1040 etkazdi. Chunki xalqaro huquqda taqiqlangan kimyoviy qurollarni Iroq hukumati tomonidan Eron kuchlariga va Eronga nisbatan moyilligi bor deb hisoblangan ba'zi Iroq kurd fuqarolariga qarshi foydalanish holatlari bor degan taxminlar paydo bo’ldi. 1980- yillarning o'rtalarida Iroq Eron bilan tinchlik bitimini imzolashga kirishdi, ammo Eron rejimi urushni davom ettirishga qaror qildi. Eronning bu qarorini qabul qilishning asosiy sababi Iroq prezidenti Saddam Husaynga nisbatan katta adovat bilan munosabatda bo'lgan Ruhullo Xumayniy edi. Yana bir sabab shundaki, urush bu hudud, resurslar yoki iqtisodiy manfaatlarni qidiradigan mamlakatlar o'rtasidagi urush emas edi. Bu ikki mafkura va mintaqada gegemonlikni intilayotgan ikki mintaqaviy kuchlar o'rtasidagi urush edi. Joana Dodds va Ben Uilsonlar kabi tahlilchilar ushbu urush haqida o'z tadqiqotlarini quyidagi fikrlarni berganlar: “Eron-Iroq urushi sakkiz yildan so'ng tugadi va har ikki tomon bir milliondan ortiq talafot ko'rdi. Harbiy qobiliyatsizlik, g'oyaviy va siyosiy ta'sirlar va geosiyosiy omillar tufayli, urush XX asrning eng uzoq davom etgan an'anaviy urushlaridan biri edi” 4 . Shunday bo’lsa-da 1988-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vositachiligida urush harakatlari to'xtatildi. 1990-yil avgustda Iroq prezidenti Saddam Husayn qo'shni davlat Quvaytni bosib olishga qaror qildi. Aksariyat siyosatshunoslar Iroqning Quvaytga qarshi olib borgan urushi Iroq iqtisodiyotini vayron qilgani haqida fikr bildirib, bu urushga sababini Iroq rejimini qo'shni Quvayt va SAPga katta qarzdorligi bilan izohlaydilar. Chunki ikkala davlat ham Saddamni Eron bilan urush paytida moddiy tomondan Iroqni qo'llab- quvvatlagan edilar. Bundan tashqari quyidagi ikkita asosiy maqsad Quvayt bilan urush harakatlarini keltirib chiqargan edi. 1. Iqtisodiy manfaatlar. Eron bilan uzoq muddatli urushdan so'ng Iroq hukumatining asosiy yo'nalishi davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan edi. Eronga qarshi urush Iroq iqtisodiyoti uchun juda jiddiy muammolarni keltirib chiqardi va tashqi qarz 80 milliard dollarga baholandi. Qarzning asosiy qismi arab davlatlaridan olingan edi. Iroq 1980-1985-yillarda 94 milliard dollarga baholangan yuqori harbiy xarajatlar, inflyatsiya, urush tufayli kelib chiqqan iqtisodiy qiyinchiliklardan qiynalardi. Umuman olganda, Eronga qarshi urushning umumiy qiymati 452 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat barcha iqtisodiy muammolarga duch kelayotgani sababli, kreditor davlatlar, shu jumladan arab davlatlari ham o'z pullarini Iroqdan talab qila boshladilar. Bundan tashqari, davlat urush tufayli zarar ko'rgan kommunal xizmatlarni ta'mirlash kabi katta va juda qimmat islohotlarni amalga oshirishi kerak edi. Shunday qilib, Saddam Husayn OPEK davlatlaridan neft ishlab chiqarish miqdorini kamaytirishga kelishib, neft narxini oshirishni so'radi. OPEKdagi arab 4 Claudia W. "Implications of The Iraq-Iran War" Foreign Affairs, no. 16 (2006). – P.275. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling