NATIJALAR
Iroq Respublikasidagi mavjud muammolarning o’z yechimini topishi uchun
mamlakat o’z siyosiy tizimi, partiyaviy tuzilishini qayta ko’rib chiqmog’i lozim.
Iroq siyosiy tizimi hozirgi kunda juda zaif bo’lib, bu o’tgan yigirma yillikdagi
muammoli vaziyat hamda undan oldingi diktatorlik rejimi bilan bog’liq. Shu bois
bugungi kungacha islohotlar uchun qonun loyihasini ishlab chiqish borasida xalq
siyosiy iroda ko’rsatmagan, amaldagi tuzum oddiy aholi tomonidan qo’llab
quvvatlanmagan. Ya’ni hayotiy muammolar birlamchi ahamiyatga ega ekanligi Iroq
aholisining siyosiy ongi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelgan. Islohotlarning
muvaffaqiyati katta va yagona parlament bloki tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan
izchil hukumatga bog’liq. Shuningdek u keng jamoatchilik tomonidan ham qo’llab-
quvvatlanishi kerak. Afsuski, parlament tomonidn 2020-yilda qabul qilingan qonun
bo’yicha yirik parlament blokini yaratish mumkin emas. Iroq saylov komissiyasi
tomonidan ro’yxatga olingan 83 ta saylov okrugida 329 o’rin uchun kurash olib
boradigan 250 ga yaqin partiya va subyektlar mavjudligini inobatga olsak, izchil va
samarali hukumatni shakllantirishga qodir katta blokning shakllanish ehtimoli juda
past
15
. Mavjud siyosiy tizim islohotlarni amalga oshirishga qodir samaralihukumat
shakllanishiga to’sqinlik qilish uchun atayin ishlab chiqilgan. Hukumat , odatda, tashqi
14
Mohammad S.U. Iraq Conflict and Security Issues. Sultan Qaboos University, 2017. – P.6.
15
https://www.mei.edu/publications/mrt-akhry-alraq-nd-mftrq-trq
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Do'stlaringiz bilan baham: |