Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja
) Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi
Download 43.43 Kb.
|
Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «CHet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni
) Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi.
Bank kreditlarini jalb qilish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning qo’shimcha manbalaridan hisoblanadi. Korxonalar bilan bank o’rtasidagi kredit munosabatlari tomonlarning o’zaro majburiyatlari va ma’suliyatlarini belgilaydigan, kredit shartnomalariga asosan tartibga solinadi. Тekshiruv chog’ida auditor kredit shartnomalarining haqiqatda mavjudligini, ularning O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlaydi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq kredit shartnomalari kredit munosabatlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari bilan tuziladi. Auditor shartnomalarni tahlil qilib, ularda quyidagi masalalar o’z aksini topganligini aniqlaydi: * kredit berishning maqsadi; 223 * kredit muddatlari; * kreditni berish va qaytarish tartibi hamda shartlari; * majburiyatlarni ta’minlash shartlari; * foiz stavkalari, foizlarni to’lash tartibi va muddatlari; * kreditni berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va ma’suliyatlari; * bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati va taqdim qilish muddatlari; * boshqa shartlar. Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag’lari ko’rinishida, veksel berish yo’li bilan, o’zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to’liqligi va o’z vaqtidaligini auditor bank ko’chirmalari bo’yicha tekshiradi. 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo’yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to’lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko’rsatiladi. Auditor kreditlar bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o’z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko’rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo’yicha muddati o’tib ketgan qarzlar mavjud bo’lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko’tarilib borganini aniqlashi zarur. CHunki bu korxona daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo’yicha 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» bilan boglangan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishini tekshiradi. Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta o’zaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o’z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko’rilgan zararlarning hajmi to’g’risida fikr bildirishi lozim. Auditor kreditlarning qaytarilishi ta’minlanganligi masalalariga ham e’tibor qaratishi zarur. Kafillik, kafolat xati, qimmatli qog’ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo’yish kredit ta’minotining asosiy turlaridir. SHulardan garov to’g’risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyidagilarni tekshirish zarur: garov to’g’risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo’yilgan mulklarning qanchalik aniq ko’rsatilganligi va hokazo. Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valyuta schyotidan pul o’tkazish, hamda qimmatli qog’ozlarni berish yo’li bilan qaytarilishi mumkin. Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi. Foizlar to’lanishini tekshirishda ular tannarxga qo’shilganligini aniqlash zarur. Umuman olganda bu moliyaviy natijani buzib ko’rsatmaydi, lekin uslubiyotdan chetga chiqishga olib kelishi mumkin. Bu o’z navbatida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot(2-shakl)da aks ettirilgan, foida tarkibi shakllanishini, bunday summalar katta bo’lganida esa «Тo’langan foizlar» moddasi ko’rsatkichlarining buzib ko’rsatilishiga olib keladi. Qoidabuzarliklarning bunday turini aniqlash va yetarli darajada auditorlik dalillariga ega bo’lish uchun hujjatlarni tekshirish va kredit uchun foiz summalarining arifmetik hisob-kitobi kabi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Тekshiruvda axborot manbalari sifatida kredit shartnomalari, analitik hisob registrlari va hisob-kitoblar hamda foizlarni aks ettirish bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalaridan foydalanish zarur. Korxonalar amaliyotida qarz mablag’lar hisobidan sotib olingan mulklarni baholashda xatolarga yo’l qo’yish hollari uchrab turadi. Auditor tomonidan aniqlangan, baholash tamoillarining buzilish hollari uzoq muddatli aktivlar(asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va shunga o’xshashlar)ni sotib olish qiymatiga, kapital mablag’ bilan ta’minlashga olingan kreditlar uchun foizlar, ushbu ob’ektlar balansga qabul qilinganidan so’ng qo’shilgan hollarda yuzaga keladi. Me’yoriy hujjatlarda kapital xarajatlarni amalga oshirishda kreditlarning foiz to’lovlarini ob’ektlarning boshlang’ich qiymatiga qo’shishga, ular balansga qabul qilinishiga qadar amalga 224 oshirishga ruxsat etilgan. Ob’ektlar balansga qabul qilinganidan so’ng to’langan kredit uchun foizlar dastlabki qiymatga qo’shilmaydi, balki moliyaviy natijalarga olib boriladi. Kredit va qarzlarni tekshirish doirasidagi byudjet bilan hisob-kitoblar tekshiruvi bilan kesishadigan amallar bo’yicha kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlashga foyda solig’i bo’yicha imtiyoz summalari asoslanadi. Agar asosiy vositalar kredit hisobidan sotib olingan bo’lsa, auditor korxonaning mazkur imtiyozlardan foydalanganligini tekshirishi lozim. Bunda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanishi mumkin: * imtiyozning bankdan tashqari olingan kreditlar uchun qo’llanilganligi; *
Soliq qonunchiligiga muvofiq foyda solig’i bo’yicha imtiyoz summasini hisoblashda faqat haqiqatda
*
uchun foizlarning imtiyozga qo’shilishi. Soliq qonunchiligiga muvofiq nomoddiy aktivlarni sotib
foizlarning undan oshgan qismi (agar shartnomada foizlar o’zgarishi ko’zda tutilmagan bo’lsa); * joriy faoliyat uchun olingan kreditlar bo’yicha uchta punktga oshirilgan, hisob stavkasidan oshgan foizlar, hamda valyuta kreditlari bo’yicha belgilangan stavkalardan oshgan foizlar; SHunday qilib, kredit shartnomalarini tekshirish chog’ida auditor quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining hajmi;
mablag’ bilan ta’minlash (remoliyalashtirish) stavkasiga nisbati;
qaytadan mablag’ bilan ta’minlash stavkalarining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgartirish ko’zda tutilganligi. Bu «Хarajatlar tarkibi … to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kreditlari bo’yicha yangidan o’rnatilgan stavkalar yangidan tuzilgan va muddati o’zaytirilgan shartnomalarga, hamda hisob stavkalarining o’zgarishi ko’zda tutilgan, oldin tuzilgan shartnomalarga ham qo’llaniladi. Mazkur qoida kapital xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash uchun olingan kreditlarga qo’llanilmaydi. Korxonalar amaliyotida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasini kredit shartnomasida begilangan foiz stavkalaridan pasaytirganida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining yangidan belgilangan stavkasidan oshgan qismini, ko’rsatilgan foizlarni o’z manbalari hisobiga hisobdan o’chirib, o’z manbalari hisobiga olib borish hollari uchraydi. Bunda korxona o’z faoliyati natijalarini shakllantirish tamoillarini buzadi. Хorijiy valyutada olingan kreditlarga doir muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi milliy valyutadagi ya’ni so’mda olingan kreditlarni aks ettirishga o’xshash. Ammo bunday kreditlarni tekshirish chog’ida auditor ularning olinish xususiyatlarini hisobga olishi lozim. CHunki, ular valyuta muomalalari qatoriga kiritilib, xususan, norezidentlardan jalb qilingan kreditlar ko’rinishida olingan valyuta mablag’lari kirimi majburiy sotilmaydi. Bunda valyutada olingan kreditlar bo’yicha kurs tafovutlarini aniqlash va aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur. Kurs tafovutlarini hisoblash «CHet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni Download 43.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling