Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja


buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotda aks ettirish tartibi»


Download 43.43 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi43.43 Kb.
#1840052
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bank kreditlari bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Reja-fayllar.org (1)

buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotda aks ettirish tartibi»ga muvofiq amalga
225

oshiriladi. SHuningdek, auditor kreditlarning turlari bo’yicha schyotlar rejasining to’g’ri


qo’llanilishini, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisobning qanday tashkil etilganligini,
analitik hisob ma’lumotlarining sintetik hisob registrlari va Bosh daftar ma’lumotlariga mosligini
tekshiradi.
Analitik hisobning tashkil etilishi har bir shartnoma bo’yicha va kreditlarning turlari bo’yicha
tekshiriladi.
b) Qarzlar bo’yicha hisob-kitoblar auditi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bank
kreditlaridan tashqari boshqa qarz beruvchilarning mablag’larini ham jalb qilish imkoniyatlaridan
foydalanishlari mumkin. Masalan, boshqa korxonalardan qarz olish, qimmatli qog’ozlar
(obligatsiyalar) chiqarib sotish, moliyaviy veksel berish va shu kabilar. Lekin moliyaviy veksel
ko’rinishidagi qarzdan foydalanish ma’lum doiradagi investorlar uchun ruxsat etiladi.
Qarzlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish uslubiyoti asosan kreditlarga doir
muomalalar auditidan farq qilmaydi. Auditor qarz shartnomasining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va
tuzilganligiga ishonch hosil qilishi lozim. Qarz shartnomasi kredit shartnomasiga qaraganda soddaroq
rasmiylashtiriladi. Uning mazmuni va shakli hamda boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi 732-739 moddalarida bayon etilgan. Korxona uchun yozma shakldagi
shartnomaning yo’qligi nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin (Masalan, qarzlardan foydalanganlik
uchun foizlar miqdori, qarzni qaytarish tartibi va muddatlari, bo’yicha munozarali masalalar yuzaga
kelganida; hatto tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lmaganida ham soliq organlari qarz
shartnomasi bo’yicha muomalalarni amalga oshirish faktlarini tasdiqlovchi hujjat - shartnomaning
yo’qligi bilan bog’liq da’vo qo’zg’atishi mumkin). Korxonalar boshqa yuridik shaxslardan
(banklardan tashqari) qarz olishlari mumkin. Buxgalteriya hisobida qarzlar ham kreditlar kabi, qisqa
muddatli (bir yil muddatgacha beriladigan) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladigan)
qarzlarga bo’linadi.
Qarz shartnomasi ko’p hollarda qarz oluvchi oldiga qo’yiladigan ma’lum shartlarga rioya qilish
talablarini o’z ichiga oladi. Bunday shartlarga, xususan, quyidagilar kiradi:

Download 43.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling