«bank-moliya xizmatlari» fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi
Korxona moddiy zahiralarining analitik va sintetik hisobi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
materiallarning hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ишлаб чиқариш заҳиралари
2.2. Korxona moddiy zahiralarining analitik va sintetik hisobi Korxonaning moddiy zahiralari bu ishlab chiqarish jarayoning asosiy manbai hisoblanadi. Moddiy zahiralariga xom ashyo, yoqilg‗i, material, inventar anjomlari kabilar kiradi. Xom ashyo va moddiy mablag‗lar deb - ishlab chiqarishning muayyan siklida foydalanishda bo‗lgan va shu siklda ishlab chiqarilgan mahsulot ( va xizmatlar) tannarxiga o‗z qiymatini to‗liq o‗tkazib boruvchi buyumlarga aytiladi. Materiallar harakati bilan bog‗liq muomalalarni o‗z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to‗g‗ri yuritishni ta‘minlaydi. Korxonada materiallarning o‗z vaqtida keltirilishini ta‘minot bo‗limi nazorat qilib boradi. Ta‘minot bo‗limi xodimlari mol yetkazib beruvchi korxona tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tekshirib, ularga materiallar kamomadi va sifati bo‗yicha e‘tirozlar va da‘volar qo‗yish, korxonaga o‗z vaqtida yetib kelmagan yuklarni topish vazifalarini bajaradilar. Biz moddiy oborot mablag‗larining holatini va ulardan foydalanish darajasini ko‗proq ishlab chiqarilgan mahsulot ish va xizmatlar tannarxiga nisbatan o‗rganamiz. Moddiy ashyoviy mablag‗lardan noishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanishni esa korxona sarflarining alohida tarkib qatori sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish omillari tarkibiga kiruvchi moddiy zahiralari va ularning cheklanganligi avvalo ulardan foydalanishni to‗g‗ri va maqsadli boshqarishni talab etadi. Resurslar yoki mablag‗lar chekkanlanganligi bevosita ular zahirasining tugashini va chegaralanganligini harakterlaydi. Bu qatorga bevosita moddiy resurslarning barcha qatorlarini yoki elementlarini kiritish mumkin. Moddiy zahiralarning cheklanganligi ulardan tejab va samarali foydalanishni talab etadi. Moddiy zahiralar tahlilining mazmuni bevosita uning oldiga qo‗yilgan vazifalardan kelib chiqadi. Tahlilda bevosita moddiy zahiralari bilan korxonaninng ta‘minlanganlik darajasiga, ulardan samarali foydalanishning holatiga, mahsulot
46
hajmini o‗stirishda zahiralarni to‗g‗ri boshqarishning ahamiyatiga, moddiy resurslarni tejash yuzasidan ichki imkoniyatlarni belgilash va yo‗lga qo‗yishga muhim ahamiyat beriladi Shu ma‘noda iqtisodiy tahlil oldiga ham o‗ta muhim vazifalar qo‗yiladi: - moddiy resurslar ta‘minot rejasining bajarilishiga baho berish; - resurslar va ular bo‗yicha normativlarga qat‘iy amal etilishini o‗rganish; - moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanishning darajasiga baho berish; - moddiy aylanma mablag‗lar, moddiy resurslar aylanishini o‗rganish; - muhim samaradorlik ko‗rsatkichlari va ularning o‗zgarishini omilli tahlil etish; - mahsulot hajmini o‗zgarishiga tasir etuvchi moddiy zahiralari bilan bog‗liq bo‗lgan omillarni o‗rganish; - ishlab chiqarish harajatlari tarkibida moddiy zahiralarining salmoq ko‗rsatkichlarini o‗rganish kabilar kiradi. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, korxonada kuzatilayotgan davr ichida moddiy zahiralar tarkibi, ularning holatiga baho berish mumkin. 6-jadvaldan biz korxonadagi joriy aktivlar dinamikasini kuzatishimiz mumkin. Undan ko‗rinib turibdiki, korxonada jami joriy aktivlar 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 30%ga oshganini, 2013 yilda yilga nisbatan esa 22% oshganini kuzatishimiz mumkin. Tovar moddiy zahiralari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 50%ga oshgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 28% kamaygan. Korxona pul mablag‗lari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 93% kamayib ketgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 16,6 baravarga ko‗payib ketgan.
47
6-jadval Korxona joriy aktivlar tarkibi dinamikasi manba: korxona 2011-2013 yillar uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) ma‘lumotlari Debitorlik qarzlari esa ikkala yilda ham oshgan, bu salbiy ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 23% ko‗paygan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 46%ga ko‗paygan. Korxona boshqa aktivlvri esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 94% kamaygan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa taxminan 20 baravargacha ko‗paygan. Ko‗rsatkichlar nomi Yillar
O‗zgarish,% 2011
2012 2013
2012/2011 2013/2012 1. Jami joriy aktivlar, ming so‗m
28273937 36764150 44846740 130
122 Jami
100 100
100 - - 1.1. Tovar moddiy zahiralar, ming so‗m 7911159 11831079 8531856 150
72 Jamiga nisbatan% 28 32
19 - - 1.2. Pul mablag‗lari, ming so‗m
17741 1178
19631 7 1666 Jamiga nisbatan% 0,063
0,003 0,044
- - 1.3. Debitorlik qarzlari, ming so‗m 20343654 24930814 36293417 123 146
Jamiga nisbatan% 72
68 81
- - 1.4. Boshqa aktivlar, ming so‗m 19124
1079 21467
6 1990
Jamiga nisbatan% 0,068
0,003 0,048
- -
48
7-jadval Korxona tovar-moddiy zahiralar tarkibi dinamikasi Ko‗rsatkichlar nomi Yillar
O‗zgarish,% 2011
2012 2013
2012/ 2011
2013/ 2012
1. Tovar moddiy zahiralar,ming so‗m
7911159 11831079 8531856 150
72 Jami
100 100
100 - - Shu jumladan:
- - 1.1 Ishlab chiqarish zahiralari, ming so‗m
7911159 11236169 8531856 142
76 Jamiga nisbatan% 100 95
100 - - 1.2 Tugallanmagan ishlab chiqarish, ming so‗m - 594910
- - - Jamiga nisbatan% - 5 - - - manba: korxona 2011-2013 yillar uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) ma‘lumotlari
7-jadvaldan shu ma‘lum bo‗ladiki, korxonada jami tovar moddiy zahiralari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 50%ga oshgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 28% kamaygan. Tovar moddiy zahiralari tarkibida bo‗lgan ishlab chiqarish zahiralari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 42%ga oshgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 24% kamaygan. Korxonada tugallamagan ishlab chiqarish faqatgina 2012 yilda mavjud bo‗lgan xolos. Shuning uchun ham tovar moddiy zahiralari tarkibi bo‗lgan tugallamagan ishlab chiqarishning o‗zgarish dinamikasini tahlil qilish imkoniyati yo‗q.
8-jadvalda korxona ishlab chiqarish zahiralari tarkibini tahlil qilishimiz mumkin. 49
8-jadval Korxona ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi dinamikasi Ko‗rsatkichlar nomi Yillar
O‗zgarish,% 2011
2012 2013
2012/2011 2013/2012 1. Ishlab chiqarish zahiralari, so‗m 7911159000 11831079000 8531856000 150
72 Jami
100 100
100 - - Shu jumladan:
1.1. Xom ashyo va materiallar, so‗m 823100685 945109012 746343408 114,8
79,0 Jamiga nisbatan % 10,4 8,0
8,7 - - 1.2. Yoqilg‗i, so‗m 392680017 390746338 155486982 99,5 39,8
Jamiga nisbatan % 5,0
3,3 1,8
- - 1.3. Ehtiyot qism, so‗m 6393847508 10114861992 7330637387 158,2
72,5 Jamiga nisbatan % 80,8 85,5
85,9 - - 1.4. Qurilish materiallari, so‗m 133053180 150176201 151725559 112,9
101,0 Jamiga nisbatan % 1,7 1,3
1,8
1.5. Idishlar, so‗m 303120
83750 560746
27,6 669,5
Jamiga nisbatan % 0,004
0,001 0,007
1.6. Inventar va xo‗jalik anjomlari, so‗m 168174490 230101707 147101918 136,8
63,9 50
manba: korxona material va hom ashyo bo‗yicha 2011-2013 yillar uchun ma‘lumotlari Yuqoridagi 8-jadvaldan biz, korxona ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibini o‗zgarishi kuzatishimiz mumkin. Korxonada jami ishlab chiqarish zahiralari 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 50%ga oshgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 28% ga kamaygan. Ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibiga qaraydigan bo‗lsak, korxonaning xom ashyo va materiallari 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 14,8%ga oshgan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 21% ga kamaygan. Yoqilg‗i mahsulotlari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 0,5% ga kamaygan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa keskin ravishda 60,2% ga kamaygan. Lokomotivlvr ta‘mirlanishi uchun muxim bo‗lgan lokomotivlar ehtiyot qismlari 2012 yilda 2011 yilga nisbatan yarim baravardan ko‗proqga ko‗paygan bo‗lib, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa boshqa zahiralar kabi 27,5% ga kamaygan. Qurilish materiallari barcha yillarda ko‗payib kelgan, 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 12,9% ga kamaygan , 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa 1% ga ko‗paygan. Idish va idish materiallari 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 64,4% ga kamaygan , 2013 yilda 2012 yilga nisbatan esa keskin ravishda 6,5 baravardan ko‗proqga ko‗paygan. Korxonaning inventar va xo‗jalik anjomlari esa 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 36,7% ga ko‗paygan bo‗lib, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan 36,1%ga kamaygan. Qilingan tahlildan ko‗rinib turibdiki, korxonada ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi doimiy o‗zgarishda. Buning asosiy sababi, ishlab chiqarish moddiy zahiralarining bir turini bir yilda katta miqdorda qabul qilinishi va keyingi yili boshqa turdagi ishlab chiqarish moddiy zahiralarini kirim qilinishidadir. Yana bir sabablaridan biri ishlab chiqarish moddiy zahiralarining sarflanishi nazorat kilinishi sustligidadir.
Jamiga nisbatan % 2,1 1,9
1,7
51
4-diagramma. 2011 yil korxonada ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi tuzilmasi
5-diagramma. 2012 yil korxonada ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi tuzilmasi 10% 5%
81% 2%
0% 2%
Ишлаб чиқариш заҳиралари Хом ашё ва материаллар Ёқилғи Эҳтиёт қисм Қурилиш материаллари Идишлар
Инвентар ва хўжалик анжомлари 8%
3% 86%
1% 0%
2% Ишлаб чиқариш заҳиралари Хом ашё ва материаллар Ёқилғи Эҳтиёт қисм Қурилиш материаллари Идишлар
Инвентар ва хўжалик анжомлари 52
6-diagramma. 2013 yil korxonada ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi tuzilmasi Korxonaning asosiy faoliyati va moddiy zahiralari tahlilini ko‗rib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, korxonaning asosiy ishlab chiqarish hajm qo‗rsatkichlari 20102 yil va 2013 yilda pasaygan. Bunga asosiy sabab, yuk tashish harakatidagi bajarilgan ishlarning o‗tgan yillarga nisbatan tushib ketishidir. Korxonaning asosiy ish faoliyatini tavsiflovchi sifat ko‗rsatkichlari ham kichik miqdorda kamaygan. Lokomotivning o‗rtacha kunlik unumdorligi va foydalanish parki ko‗rsatkichlari o‗tgan yillarga nisbatan keskin kamaygan. Mehnat unumdorligi ham o‗z-o‗zidan kamaygan. Korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlili orqali shuni ko‗rishimiz mumkinki, korxonaning moliyaviy holati belgilab beruvchi yordamchi-ko‗makchi faoliyati bo‗yicha daromadlari esa ishlab chiqarish ko‗rsatkichlariga qarama-qarshi holatda o‗sgan. Daromadlarni oshishi harajatlarga ta‘sir etmay qolmagan, hisobot yilida korxonaning harajatlar nomenklaturasi bo‗yicha ekspluatatsion harajatlar tahlil qilindi va jami harajatlar 20% oshganini ko‗rdik. Korxonada moddiy zahiralari holati nisbatan yaxshi. Buni biz joriy aktivlar tarkibi dinamikasi, tovar moddiy zahiralar tarkibi dinamikasi, korxona ishlab 9% 2%
86% 2%
0% 1%
Ишлаб чиқариш заҳиралари Хом ашё ва материаллар Ёқилғи Эҳтиёт қисм Қурилиш материаллари Идишлар
Инвентар ва хўжалик анжомлари 53
chiqarish moddiy zahiralar tarkibi dinamikasi orqali kilingan tahlillar orkali ko‗rib o‗tdik.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, korxona o‗zining asosiy ish faoliyatini tavsiflovchi hajm va sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash kerak. Korxona ishlab chiqarish moddiy zahiralar tarkibi bo‗lgan ehtiyot qismlarnining likvidsiz bo‗lganlarini ombordan chiqarish tashlash kerak. Chunki ehtiyot qismlar ishlab chiqarish moddiy zahiralarining 80% - 90% ga yaqin ulushini o‗z ichiga oladi. Shundagina korxona tovar moddiy zahiralarini turib qolmay aylanishiga erishadi . Moddiy zahiralar bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‗z kiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning o‗zida to‗la o‗tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‗i, ehtiyot qismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi. Materiallar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‗lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish jarayonida yoxud ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar; Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat: Ishlab chiqarish zahiralari harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‗z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish; Ishlab chiqarish zahiralarining to‗g‗ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish; Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‗g‗ri sarflanishi hamda ularni sarflash me‘yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;
Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya oby‘ektlari o‗rtasida to‗g‗ri taqsimlash. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo‗yicha analitik hisobni to‗g‗ri yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
54
Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‗ra quyidagi guruxlarga bo‗linadi: Xom-ashyo — mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan moddiy zahiralaridir. Materiallar — xom-ashyoga ta‘sir etish uchun qo‗llaniladigan va mahsulotga ma‘lum iste‘mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar ma‘lum darajada ishlov bosqichidan o‗tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;
Ehtiyot qismlar — mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo‗llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari; Kurilish materiallari — bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish kismlarini tay-yorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruk- siya va qurilmaparini ko‗tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Idish va idish materiallari — turli material va mahsulotlarni o‗rash, joylashtirish, tashish hamda saq-lashda ishlatiladigan buyumlardir. Inventar va xo‗jalik anjomlari — ushbu guruhga korxona xo‗jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi; Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar — korxona balansida turgan, kayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Boshqa materiallar — yuqoridagi satrlarda ko‗rsatib o‗tilmagan boshqa materiallar kiradi. ―O‗zbekiston lokomotiv deposi‖da moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiradi:
55
- xom ashyo va materiallar-bularga, elektrod, har xil turdagi trubalar, oltiburchaklar, otvodlar, salniklar, troslar, samorezlar, babbitlar, kabellar, izolentalar, kruglar, stallar, vintillar, metizlar, mixlar va boshqalar; - yoqilg‗i-bularga, benzin, teplovozlarni harakati uchun ketadigan moy, elektrovozlarni ta‘mirlash uchun moy, dizel yoqilg‗i, mazut, avitsiya moyi, smazka grafit, ferganol SAYE-140 va boshqalar kiradi; - ehtiyot qismlar- turli xil vkladishlar, akkumulyator KL 125, bosim ko‗rsatgichlari, bosim qabul qiluvchi asboblar, klapanlar, deshifratorlar, komplekt porshenlar, silindr bloklari, elektro shetkalar, rele R-101, silindrli D50 vtulka, kolodkalar va boshqalar; - qurilish materiallar - shifer, kafel, plastik, sheben, qum, shlakoblok, smesitel, shpatlevka, har turdagi emal bo‗yoqlari, koller, razbovitel, vodoemulsiyalar hisobga oli yuritiladi; - idish va idish materiallar - kislorod baloni, elektrovoz akkumlyatori uchun suyuqliklarni olib kelish uchun shisha idishlar; - inventar va xo‗jalik anjomlariga-ishchi va xodimlarning maxsus kiyimlari, shablon, sharf, bluzka, ko‗ylak, kostyum, pogonlar, galstuk, furashka, pilotka. Materiallar harakati bilan bog‗liq muomalalarni o‗z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to‗g‗ri yuritishni ta‘minlaydi. Korxonalarga materiallarning o‗z vaqtida keltirilishini ta‘minot bo‗limi nazorat qilib boradi. Korxona o‗zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo‗llanma hujjatlar (to‗lov talabnomasi, schyot-faktura, tovar-transport harajatlari) oladi. Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro‗yxatga olinadi hamda shartnomada ko‗zda tutilgan talablarga moye ke-lishi nazoratdan o‗tkaziladi.
56
Korxonaga mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti om-boridan materiallarni olish uchun buxgalter ta‘minotchiga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi. Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma — korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o‗z vakiliga beradigan hujjatidir. Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muxrlangan holda beriladi, so‗ngra u M-26 shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ta‘minotchi esa ishonchnomani olishda daftarga imzo chekadi. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo‗lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi schet faktura tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo‗lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo‗yishga ruxsat etiladi. Korxonada har bir kirim qilingan moddiy zahiralar uchun alohida kartochkalar ochiladi. Lokomotiv deposida elektrovoz, teplovoz, motorvagonlarni ta‘mirlash bo‗yicha bir nechta sexlar mavjud bo‗lib, sexlarga materiallar talabnoma orqali beriladi. Talabnoma sex ustasi tomonidan rasmiylashtiriladi va ombor mudiriga taqdim etiladi. Korxonada materiallar sarfi FIFO usuli yordamida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish mumkin: 1010—"Xom-ashyo va materiallar"; 1020—"Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar"; 1030 -- "Yoqilg‗i"; 1040—"Ehtiyot qismlar";
57
1050—"Qurilish mollari"; 1060—"Idish va idish materiallari"; 1070—"Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar"; 1080—"Inventar va xo‗jalik anjomlari"; 1090—"Boshqa materiallar". Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‗payishi, kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab o‗tilgan hisobvarakdar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar qoldig‗ini aks ettiradi. Lokomotiv deposida meteriallarni hisobga olishda quyidagi schotlar yordamida amalga oshiriladi: 1010-xom ashyo va materiallar, shu jumladan 1013-elektr uskunalar, ya‘ni lampochka, avtomat, rozetka, patron, predoxranitel , vklyuchatel va boshqalar; 1017-kimyoviy materiallar, ya‘ni kislorod, siqilgan gaz, gidroxlorit natriya, trinatriy fosfor, karbit kalsiy, kaliy va boshqalar; 1025 - sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar. Bularga pryaja, krug shlifovalniy 400 va boshqalar. 1030 - Yoqilg‗i. Bularga benzin, teplovozlarni harakati uchun ketadigan moy, elektrovozlarni ta‘mirlash uchun moy, dizel yoqilg‗i, mazut, avitsiya moyi, smazka grafit, ferganol SAYE-140. 1040 —Ehtiyot qismlar. Bularga esa turli xil vkladishlar, akkumulyator KL 125, bosim ko‗rsatkichi, bosim qabul qiluvchi asbob, klapan, deshifrator, porshen komplekt, silindr blok, elektro shetka EG-61, rele R-101, vtulka silindr D50, kolodkalar va boshqalar kiradi. 1050—Qurilish mollari, shu jumladan 1051 – qurilish mollari: piloles 50mm, fanera 18mm, cherepitsa, har xil turdagi oynalar, kafel, plastik, sheben, pesok, vodoprovod, shlakoblok, smesitel, rakovina, shpatlevka va boshqalar kiradi.
58
1052 – bo‗yoq mahsulotlari: kizil, sariq, qora, yashil, jigarrang, oq va yana bair qancha turdagi bo‗yoqlar, razbovitel, koler, vodoemulsiya va boshqalar kiradi. 1060—Idish va idish materiallariga: PET kanistra (28l), para (konistor), baraban, katushkalar kiradi. 1080—Inventar va xo‗jalik anjomlariga esa: har xal turdagi idish tovoqlar, har xil turdagi shablonlar, ishchi botinkalar, shim, erkaklar pidjak, kerza etiklar, polubotinka, ayollar tuflisi, jilet, araliash qo‗lqoplar, texnik qo‗lqoplar va boshqalar kiradi. Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muxim xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli omfordan chiqib ketishi mumkin: ♦ ishlab chiqarishga sarflanganida; ♦ ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda. Hisob-kitobning jurnal-order shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‗iicha 10- jurnal-order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1 -jurnal- orderga yoziladi. 9-jadval Korxona bo‗yicha ishlab chiqarish zahiralari harakatini buxgalteriya hisob varaqlarida aks ettirilishi (2013 yil) Operatsiyalar nomi Debet
Kredit Summa, so‗m 1. MTUdan korxonaga material kelib tushdi 1010
4110 214 324 231 2. Elektrovozlarni ta‘mirlash uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga berildi 2014 1040
1 521 645 521 3. Teplovozlarni moylash ishlari uchun yoqilg‗i sarflandi 2014
1030 321 514 528 4. Mol etkazab beruvchilardan qurilish mollari 1050
6010 41 235 612 59
kirim qilindi 5. O‗z ehtiyozlari uchun omborga tayyor mahsulot sifatida kirim qilindi 1010
9010 2 564 211 6. Asosiy vosita chikib ketishidan ombotga material kirim qilindi 1090 9210
851 200 7. Begaraz olingan material omborga kirim qilindi 1010
8530 325 500
9. Inventarizatsiya natijasida ortikcha material omborga kirim kilindi 1010 9390
1 256 215 10. Xizmat kursatishga material berildi 2710 1010
856 500 11. Boshka tashkilotlarga berilgan mahsulot tannarxi hisobdan chikarildi 9220
1010 600 412
12. Inventarizvsiya natija yokilgi kamomati 9220
1030 321 945
13. Ishlab chiqarishga inventar buyumlar berildi 2014
1080 55 632 964 14. Qayta ishlash uchun material berildi 1070
1010 4 254 531
Moddiy boyliklardan to‗g‗ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo‗lmagan materiallarning bor yo‗kligini tekshirib ko‗rishi lozim. Agarda korxonada keraksiz yoki ortiqcha material borligi aniqlansa, uni boshqa korxonaga sotishi mumkin. Kurs ishimning ob‘yekti bo‗lgan korxonada moddiy zahiralarining buxgalteriya hisobi, O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga va 4-sonli O‗zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti bo‗yicha hisobga olib boriladi. 10-jadvalda 2013 yil uchun korxonadagi bazi bulgalteriya namunalari berilgan.
60
Korxona o‗zining ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, korxona asosan ta‘mirlash shug‗ullangani uchun asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlarda o‗ziga mos ravishda 2014 schoti bilan hisobga olib boradi. Lekin korxonada moddiy zahiralarining sintetik hisobini olib borishda bir necha kamchiliklar mavjud. Bularga misol qilib shuni aytish mumkinki, korxonada harakatlanuvchi tarkibni ta‘mirlash uchun ishlatiladigan oynalar ham 1040 scher orqali, ham 1010 schet orqali hisobga olib borilmoqda. Yana elektr lampalar ham 1040 schotida va 1013 schetida hisobga olinib borilmoqda. Taklif o‗rnida shuni aytishim mumkinki, u kamchiliklarni tuzatib korxona o‗zining moddiy zahiralarining buxgalteriya hisobi olib borsa, korxona moddiy zahiralarining analitik hisobi va sintetik hisobi yanayam aniqlashgan bo‗lardi. Bundan tashqari, rivojlanib borayotgan davrda korxona raqobatbardoshliligini ta‘minlash maqsadida buxgalteriya hisobi tizimini albatta avtomatlashtirish lozim. Korxonada esa haligacha buxgalteriya tizimi birlamchi hujjatlar va hisobotlar orqali hisobga olinib kelinmoqda. Avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimini bir qancha qulayliklarga ega ekanligi hech birimizga sir emas.
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling