Bank-moliya xizmatlari
Download 116.74 Kb.
|
DILSHODBEK 872hbs
Lombard tashkilotlari odatda aholi o‘rtasida lobardlarga qarz va ularning vazifalari olishning eng so‘nggi imkoniyati sifatida qaraladi. Pul ablag‘lari o‘ta zarur sharoitda yoki tanazzul yoqasiga kelganda, oxirgi zaxirasini garovga qo‘yishga tayyor bolganlarga boshqa moliyaviy muassasalarga qaraganda aynan lombardlarga murojaat etishadi. Bu esa lombardlarni moliyaviy mablaglarni samarali boshqara oladigan kredit tashkiloti sifatida gavdalantiradi. Ushbu tashkilotlar kichik miqdordagi pullarni qarzga berishda banklarga jiddiy raqobat tug‘diradi. Qarz olishdagi rasmiyatchiliking minimalligi, qarzni turli shakllarda olish imkoniyati lombardlarni mikromoliyaviy xizmatlar bozorida asosiy ishtirokchilarga aylantiradi. Lombardlardan qarz olish uchun qimmatroq bolgan buyum hamda shaxsni tasdiqlovchi pasport bolishini o‘zi kifoya. Shaxsiy buyumlarni garovga qo‘yish asosida qarzga olingan pul kelishilgan muddatda tolab berilsagina, garovga qo‘yilgan shaxsiy buyum egasiga qaytarilishi mumkin. Lombadlarning barchasi bir xil tartibda faoliyat yuritishadi: olib kelingan buyumlar baholanadi va unga muvofiq ma’lum miqdordagi pul mablag‘i beriladi, Qarzga olingan pullar berilgach, buyum egasiga qaytariladi va hisoblangan foizlar undiriladi. Lombard xizmatidan foydalanishda boshqa moliyaviy xizmatlar kabi eng muhimi lombardni tog‘ri tanlash hisoblanadi. Birinchi navbatda, lombarddan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyasining borligini aniqlash lozim. Shu bilan birga buyumlar saqlanadigan sharoit: qo‘riqlash, signalizatsiya, maxsus xonaning mavjudligi bilan tanishish zarur. Har kuni poytaxt va shaharlardagi lombardlarda o‘rta hisobda 30 dan 100 tagacha buyum garov sifatida qoldirilib, ularning aksariyatini bahosi qimmat bolmagan yuvelir mahsulotlar tashkil etadi. Asosan mijozlar bayram oldi kunlarda ko‘payadi va bir marta lombard xizmatidan foydalanganlar ularning doimiy mijozlariga aylanishadi. Lombardlarga asosan qimmatbaho metallardan yasalgan uzuk, sirg‘a, xojlar, zanjir va boshqa buyumlar qoldiriladi. Shu bilan birga antikvariat, soatlar, gilamlar, audio, vidio va boshqa maishiy texnika, kompyuter, mobil telefon, fotoapparatlar va boshqa qoldirilishi mumkin. Lombardda garov qabul qilingach, agar u qimmatbaho metalldan tayyorlangan bolsa, uning probasi tekshiriladi va vazni aniqlanadi, ko‘rsatkichlarning nisbati baholar jadvaliga muvofiq hisoblanadi. Bunda topshirilgan buyumning oltin yoki kumushdagi sof metall vazni hisobga olinadi, qimmatbaho toshlar esa hisobga olinmaydi.
Buyumning zargarlik naqshlari ham hisobga olinmaydi. Audio, video va maishiy texnikani baholashda uning markasini mashhurligi, texnik holati, chiqarilgan vaqti, kafolatning mavjudligi va hokazolar hisobga olinadi. Lombardda garovga berilgan buyumlar doim bozor qiymatidan past darajada baholanadi. Garovga qo‘yilgan buyum faqat uning pasporti mavjudligidagina qabul qilinadi. Lombard mijozlar to‘g ‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlanishini kafolatlaydi. Buyumlar 1 kundan 1 yilgacha muddatga qoldirilishi mumkin. Lombard xodimi tomonidan beriladigan garov chiptasida buyumni qaytarish sanasi ko‘rsatilishi lozim. Olingan qarzning muddati tugagach, foizlar tolanganidan so‘ng buyum qayta topshirilishi mumkin. Odatda lombard xizmatlaridan foydalanish uchun olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha kunlik 0,6-dan l%gacha va har oylik 18-25% gacha bolgan foiz tolovlari belgilanadi. Qarzning vaqtida qaytarilmaganida buyumni qaytarib olish uchun qarzdan foydalanish haqi ikki barobar miqdorida ko‘paytiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 -5 % mijozlar lombardlarga topshirilgan buyumlarni qayta olib ketishmaydi. Bunda lombard, garovga qoldirilgan buyumni qarzining muddati otgach, mijoz tomonidan qayta sotib olinmasa, uni sotish huquqiga ega. Download 116.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling