Bank-moliya xizmatlari


Download 116.74 Kb.
bet11/17
Sana30.04.2023
Hajmi116.74 Kb.
#1414834
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
DILSHODBEK 872hbs

Mikrokredit tashkiloti
mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va « Mikrokrdit tashkilotlari to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxsdir.
Aholining kam ta'minlangan qatlamiga mikromoliyaviy xizmatlarni asosan mikrokredit tashkilotlari ko‘rsatadi. Shu jihatdan olganda, mikrokredit tashkilotlarining faoliyati ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy mazmun kasb etadi. Shuningdek, ushbu rasmdan ko‘rinadiki, aholining nochor qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar davlat yoki boshqa homiylar tomonidan ajratilgan grant mablaglari hisobidan ko‘rsatiladi. Mikrokredit tashkilotlari mikrokredit yoki mikroqarz berish, qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish (faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kredit berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Mikrokredit tashkilotlari kredit siyosatiga muvofiq o‘rtacha yillik 60 foizgacha mikrokreditlar bermoqdalar. Garov, ta’minot sifatida mikrokredit tashkilotlari tomonidan tilla taqinchoqlar, texnika asbob-uskunalar va boshqa buyumlar qabul qilinmoqda. Mikrokredit tashkilotlari birinchi marta mamlakatimizda 1998-yilda Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish dasturiga muvofiq tashkil etildi. Keyinchalik boshqa moliyaviy qo‘llabg‘quvvatlovchi tashkilotlarning yordami evaziga yana bir qancha mikrokredit tashkilotlari tashkil topgan. «Daulet» va «Barokot» (Gollandiyaning «Mercy Corp» dasturi asosida) birinchilar qatorida tashkil etilgan m ikrokredit tashkilotlari bo‘lib hisoblanadi. 2006-yilda «M ikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingandan so‘ng ular qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mikrokredit — yosh oilalarga eng kam oylik ish haqining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablaglari.

Download 116.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling