Bank-moliya xizmatlari


Download 116.74 Kb.
bet4/17
Sana30.04.2023
Hajmi116.74 Kb.
#1414834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
DILSHODBEK 872hbs

Mikrokredit tashkiloti.
Bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziya asosida faoliyat yuritadi.
Mikrokredit tashkiloti ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;

  • mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida mikrolizing (moliyaviy ijara)ni taqdim etish;

  • iste'mol kreditlarini taqdim etish;

  • qarz majburiyatlarini sotish va sotib olish (faktoring).

Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?


Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega.

Mikrokredit tashkiloti faoliyatida qanday cheklovlar mavjud?


Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas:

  • q arz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) qabul qilish;

  • jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta'sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar) bundan mustasno;

  • mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;

  • o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.

Mikrokredit tashkilotidan qaysi miqdorda qarz olishim mumkin?


Bu savolga javob berish uchun mikromoliyalashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqamiz:
Mikroqarz bu – qarz oluvchi jismoniy shaxsga 50 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokreditlar bu qarz oluvchiga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikrolizing – mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xaq evaziga berish nazarda tutilgan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda pul beriladi.

Download 116.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling