Bank-moliya xizmatlari
Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
Download 116.74 Kb.
|
DILSHODBEK 872hbs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lombardlarning
- Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”
Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?M ikrokredit tashkilotlarning xizmatidan foydalanishda birinchi o‘rinda Siz, o‘zingizga eng maqbul shartlardagi takliflarni tanlashingiz zarur. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma'lumotlarni mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida (mikrokredit tashkilotlari ro‘yxati) yoki ularning ofislariga tashrif buyurgan holda bilib olish mumkin. Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi mikrokredit tashkilotini tanlagach, unga yuridik va jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish uchun ariza hamda o‘z faoliyati va daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishadi. O`zbekiston Respublikasida banklar bilan bir qatorda nobank kredittashkilotlari ham mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Aholini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda nobank kredit tashkilotlariningahamiyati katta.Ayni paytda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan siyosat bank-moliya sektorini isloh qilish orqali kredit tashkilotlarining moliyaviy ommabopligini oshirishga qaratilgan. Bu borada tijorat banklari bilan bir qatorda nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish masalasi Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasidan ham o`rin olgan. Tijorat banklari doim ham kichik hajmdagi kreditlar, mikroqarzlar yokiqisqa muddatli kreditlar berishga qiziqish bildiravermaydi. Shunday ekanbunday holatlarga albatta nobank kredit tashkilotlari o‘z xizmatlarinibeminnat ko‘rsatadi. Ayniqsa, bugungi kunda kreditga bo‘lgan ehtiyoj ortibborayotgan bir davrda mikrokredit tashkilotlari, lombardlar o‘zlariningommabop xizmatlarini sifatli ko‘rsatishi ayni muddaodir. Mikrokredit tashkilotlari mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berishsohasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotbo‘lib hisoblanadi. Mikrokredit tashkilotlari nafaqat kichik biznes vaxususiy tadbirkorlikni kreditlash balki, aholining ijtimoiy jihatdanqo‘llab-quvvatlash lozim bo‘lgan qatlamiga ham o‘zining moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatib faoliyat olib bormoqda.Lombardlar ham tez va qisqa muddatga beriladigan kreditlari hamdarasmiylashtirishdagi qulayliklari bilan iqtisodiyotimizda o‘z o‘rniga ega.Bugungi kunda lombardlar sonini oshib borishi ham ular faoliyatini olibborish zarurligidan dalolat beradi.Respublikamizda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilashalbatta nobank kredit tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirishzarurligidan kelib chiqadi. Mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va aholining asosiy moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni,moliyaviy xizmatlar iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni nazardatutuvchi moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqishga Jahon bankining texnik ko‘magi jalb etilgan bo‘lib, mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida birqancha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shular jumlasidan, mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4400-sonli qarorni qabul qilinishi bugungi kunda nobank kredit tashkilotlarini faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgandir. Ushbu qarorga muvofiq, nobank kredit tashkilotlari ko‘rsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi.Respublikamizda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faol ravishda ishlab kelmoqda. Ularning soni bugungi kunga kelib 146 tani tashkil etmoqda.Nobank kredit tashkilotlari mikromoliyalash sohasida aholini kreditga bo‘lgan talabini qondirishda faollik bilan o‘z faoliyatini yanada takomillashtirmoqda. Bugungi kunda mikromoliyalashtirish sohasini rivojlantirishda xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining tadbirkorlik faolligi ko‘tarilgansari mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bunday ehtiyojni ta'minlashga yirik tijorat banklari har doim ham ijobiy javob beravermaydi. Banklarning kreditlashdagi ustun mavqeiga qaramay, ular aholining yakka tartibdagi tadbirkorlik nobank kredit tashkilotlari faoliyatini kambag‘allikdan chiqish uchun tadbirkorlikka qo‘l urayotgan aholi qatlamlarini to‘liq qamrab olmaydi.Iqtisodiyotda mikromoliyalashtirish vositalaridan keng foydalanish uchun nobank kredit tashkilotlariga banklarning ayrim turdagi moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish huquqini berish, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish va birxillashtirish zarurati tug‘ilmoqda.Kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish, shuningdek, tijorat banklarini mikromoliyalashtirish jarayonlariga jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, respublikada mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hajmini sezilarli darajada kengaytirishda bir qancha muammo va to‘siqlar mavjud.Hozirgi kunda mikrokredit tashkilotlari faoliyati “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalarini amalga oshirish uchun tekshiruvlar o‘tkazadi.Shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi 355-II-son 2002 yil 4 apreldagi Qonuni respublikamizda kredit uyushmalari faoliyat olib bormayotganligi va ularning faoliyati butunlay to‘xtatilganligi bois 2013 yil 4 yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan. Demak, mikromoliyalashtirish qonunchiligini takomillashtirish, sohaning eng samarali va zamonaviy amaliyotlarini joriy etish talab etiladi. Bu borada, ayniqsa, masofadan xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, xizmatlar taqdim etish jarayonini soddalashtirish, aholida qarz hajmining haddan tashqari ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, moliyaviy ommaboplikni oshirishda islomiy moliya tamoyillarini joriy qilib borish nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirishning eng dolzarb vazifalari sifatida qaralishi lozim.Jumladan, nobank kredit tashkilotlari tashkil etilishi va rivojlanishini ta'minlash uchun lisenziyalash tartib-qoidalarini soddalashtirish, tavakkalchilik sohalarini ularning imkoniyatlarini mutanosib ravishda hisobga olgan holda tartibga solish mexanizmlarini joriy etish muhimdir. Ayniqsa, nobank kredit tashkilotlarining tegishli infratuzilmalardan foydalanishdagi imkoniyatlarini tijorat banklariga tenglashtirish va bu borada teng sharoitlarni yaratishga qaratilgan qulay normativ-huquqiy bazani shakllantirish lozim. Bu esa nobank moliya xizmatlariga oid mahsulot takliflari, shakl va turlarini, shu jumladan, islomiy moliya xizmatlarini joriy etishning samarali yechimlarni topishga sharoit yaratadi. Mazkur vazifalar ijrosi nafaqat mikromoliyaviy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, shuningdek, iqtisodiyotning kreditlar bozorini rivojlantirish, aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini ushbu bozorga jalb etish masalalarida ma'lum darajada tijorat banklariga nisbatan raqobatni paydo qiladi, degan umiddamiz.Aynan raqobat bank moliya sohasida rivojlanishi ortda qolayotgan (aniqroq aytganda, yetishmay turgan) jarayonligini tan olgan holda aytish kerakki, nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash rivojlanishi bank-moliya sohasida raqobat muhitini shakllantirishning “katalizator”i bo‘lib xizmat qilsa ajab emas.Nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari, ular tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va ularning iste'molchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun 2021 yil 28 dekabr' kuni “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi QL-812-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori qabul qilindi. Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida esa “Nobank kredittashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi va bu qonunning loyihasi 2022 yil 17 mart kuni tasdiqlandi. Mazkur Qonun “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturining ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Joriy yilning 20 aprelida O‘RQ-765- sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Mazkur Qonunda: - nobank kredit tashkilotlarining o‘z faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish; - moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, jumladan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish uchun huquqiy asos yaratish; - “tartibga solish qumdoni” doirasida moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish; - mutanosib tarzda tartibga solish natijasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ortiqcha tartibga solishning oldini olish; - nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan normalar belgilangan. Qonun bilan banklarning ayrim turdagi moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normalar tizimlashtirilmoqda. Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni ham rejalashtirgan edi. Unga ko‘ra, nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.Qonun bilan lombardlar tomonidan Markaziy bankka faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborilishining tartibi, shuningdek mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona tartibi nazarda tutilgan. Bunda lisenziyalash o‘rniga hisob ro‘yxatidan o‘tish joriy qilinmoqda, hisob ro‘yxatidan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, ularni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish tartibi belgilangan. Shu bilan birga, nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qoidalar, shu jumladan ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor qilish, shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirmaslik, shuningdek, nobank kredit tashkilotlarining qarz oluvchilari va kreditorlarining moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha axborotning maxfiyligini kafolatlash kabi majburiyatlar ham belgilangan. Qonun qabul qilinishi natijasida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarining kengaytirilishi, kichik tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy resurslarga, shu jumladan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarga bo‘lgan talabi qondirilishiga erishiladi.Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ularning faoliyati tavakkalchiligidan kelib chiqib, mutanosib ravishda tartibga solish va nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi, shuningdek, Markaziy bankning ushbu yo‘nalishdagi funksiyalarini bajarish vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.Shu bilan birga, qonunda ko‘zda tutilgan qoidalarda nobank kredit tashkilotlari xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, qonunchilik darajasida nobank kredit tashkilotlarining ular ko‘rsatadigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarini, shartnomalar shartlariga bir tomonlama o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni, shuningdek, iste'molchilarning moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatlari belgilanmoqda.Umuman olganda, ushbu qonunning qabul qilinishi respublikamizda yagona moliya tizimining to‘ldiruvchisi sifatida nobank kredit tashkilotlari rivojiga xizmat qiladi. Bugungi kunda respublikada 72 mikrokredit tashkiloti va 74 lombard faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, mikrokredit tashkilotlarining aktivlari miqdori 1 385,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 907,1 mlrd.so‘mni tashkil etgandi.O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mikrokredit tashkilotlari aktivlari to‘g‘risida ma'lumotni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, davrlar solishtirilgandaularning aktivlari o‘zgarishlari ancha oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Dunyoda nobank kredit tashkilotining umume'tirof etilgan (universal) ta'rifi mavjud emas. Ushbu masala davlatning moliyaviy tizimni tartibga solishamaliyotidan kelib chiqqan holda hal etiladi. Bunda bir qator mamlakatlarda faoliyat davlatning maxsus nazorati ostida bo‘lishi lozim bo‘lgan moliya tashkilotlari “nobank kredit tashkilotlari” yoki “nobank kredit-moliya tashkilotlari” deb nomlanadi.Bugungi kunda mamlakatimizda nobank kredit tashkilotlari sifatida mikrokredit tashkilotlari lisenziya asosida hamda lombardlar Markaziy bankni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirmoqda. Fikrimizni davom ettirgan holda respublikamizda faoliyat olib borayotgan lombardalarning ayrim ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz. Lombardlarning aktivlar miqdori bo‘yicha guruhlashtirilgan faoliyatining alohida ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, aktivlar miqdori bo‘yicha guruhlashtirilgan lombardlar taqsimoti summasi va soni alohida ko‘rsatkichlarda tahlil qilinganda bu ko‘rsatkichlarda aktivlar, kapital hamda majburiyatlardagi o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda nobank kredit tashkilotlarining faoliyatini yanada yaxshilash va bu orqali respublikamizda mikromoliyaviy xizmatlar sifatini oshirish uchun sa'y-harakatlar qilinmoqda. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganislohotlarni amalga oshirilishi kelgusida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Shuni alohida ta'kidlash lozimki, nobank kredit tashkilotlariga taqiqlanadigan faoliyatlarini nazoratini olib borish ham ular faoliyatini qonuniy ishlashiga zamin yaratadi. Har qanday sohani olib borilishida huquqiy asoslarning mustahkamligi muhim hisoblanadi va bu albatta me'yoriy xujjatlar qabul qilinish chora-tadbirlariga bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.Umuman olganda nobank kredit tashkilotlaridan mikrokredit tashkilotlar hamda lombardlar faoliyati qoniqarli ishlamoqda. Shunday bo‘lsada, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish borasida birqancha vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari, xususan, mikrokredit tashkilotlari hamda lombardalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, ular faoliyatining me'yoriy-huquqiy bazasi yanada takomillashtirilishi nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini va faoliyati ko‘lamini kengaytirishga mustahkam zamin yaratmoqda.Xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan ko‘chmas mol-mulkka aralashuv holatlari so‘nggi yillarda ko‘p kuzatilmoqda. Bu esa ko‘plab nizoli holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Xalq vakillarining ta'kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi xususiy mulkdaxlsizligiga, ayrim mansabdor shaxslarning asossiz vajlar bilan ko‘chmas mol-mulkka aralashuv holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Loyihasi tasdiqlangan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi va bu albatta bu muammolarga yechim topiladi.Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlashda salmoqli o‘rin egallab kelayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Nobank kredit tashkilotlarining qonunchilik asosida samarali faoliyat olib borishlari uchun, ularning banklar bilan hamkorlikda ishlashlari bo‘yicha mavjud muammolar yetarlicha o‘rganilib chiqilishi lozim. Eng asosiysi, bu tashkilotlarning hayotiyligini, o‘z mablag‘larini vaqtida qaytarib olish va u bo‘yicha daromad ishlash hamda barqaror faoliyat yuritishini ta'minlashdir. Bunday tuzilmalarning yaratilishi ko‘p sonli kichik ishlab chiqarishlarni qo‘llab-quvvatlash va daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishga aholi keng qatlamini jalb qilishga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, nobank kredit tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha qonunlarning takomillashtirish: birinchidan, mikromoliyalash bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi yagona huquqiy bazaning shakllanishiga; ikkinchidan, mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mablag‘laridan foydalanish imkonini ta'minlashga; uchinchidan, aholining keng qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan mikromoliyaviy tashkilotlar tuzish va faoliyatini rivojlantirishga; to‘rtinchidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish lozim, bu yerda ularning kapital bazasini mustahkamlash va doimiy likvidligini ta'minlash masalalariga e'tibor kuchaytirilishi lozim. Download 116.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling