Bank moliya xizmatlari
Download 42.84 Kb.
|
Islom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Foyda va zararni taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar . Bajardi:To’rabekov Islom Tekshirdi:Qurbonova Sitora SAMARQAND – 2023
- 1.Foyda va zararning Islomiy moliyada taqsimlanishi.
- Muzoraba shartnomasining shakllari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “BANK MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI “MOLIYA” KAFEDRASI «ISLOM MOLIYASI» fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Foyda va zararni taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar. Bajardi:To’rabekov Islom Tekshirdi:Qurbonova Sitora SAMARQAND – 2023 REJA: 1.Foyda va zararning Islomiy moliyada taqsimlanishi. 2.Kapitalda ishtirok etishga asoslangan vositalar. 3.Qarzga asoslangan moliyalashtirish vositalari. 1.Foyda va zararning Islomiy moliyada taqsimlanishi. Foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan ulushli moliyaviy vositalarga muzoraba va mushoraka kiradi. Muzoraba - ikki yoki undan ortiq taraflar o‘rtasida biznes yoki savdo yuritishdagi sherikchilikni o‘zida aks ettiradi, bu yerda bir tomon (rabb al-mol) mablag‘larni beradi, boshqa tomon (muzorib) esa investorning kapitalini boshqarish uchun o‘z bilim va tajribasi bilan ishtirok etadi. Investor biznesni yuritish jarayoniga jalb etilmaydi va kelishilgan muddat yakunida tadbirkor investorga asosiy kiritilgan miqdor va uning foydadagi ulushini qaytarishi lozim. Muzoraba shartnomasining shakllari a) cheklanmagan muzoraba – ushbu shartnoma bo‘yicha omonatchi muzoribga berilgan mablag‘larni biron-bir cheklovsiz tasarruf etishga ruxsat beradi. Bunday holatda muzorib, ishonch va o‘z ish tajribasiga asoslangan holda, savdo bitimlarini bajarish va tadbirkorlikni amalga oshirishda katta erkinlikka ega bo‘ladi. b) cheklangan muzoraba – ushbu shartnomada kapital egasi hisoblangan omonatchi muzoribning harakatini uni amalga oshirish ma'lum hududi yoki aniq investisiyalar shakli bilan o‘zi lozim topgan darajada cheklab qo‘yishi mumkin, lekin muzorib faoliyatini bunday cheklash o‘ta yuqori darajada bo‘lmasligi lozim. Bank va tadbirkor o‘rtasida muzoraba bitimini amalga oshirish chizmasi 2.4-rasmda ko‘rsatilgan. 1. Bank va mijoz ishonchli sherikchilik to‘g‘risida (mijoz to- monidan loyihani amalga oshirish uchun) bitim tuzadilar, bank mijozni moliyalashtirishni amalga oshiradi. 2. Mijoz loyiha boshqaruvini amalga oshiradi. 3. Loyihani amalga oshirish doirasida faoliyat natijasi (foyda yoki zarar) yuzaga keladi. 4.Olingan foyda taqsimlanuvchi pul jamg‘armalarini shakl- lantiradi, zarar esa loyiha aktivlari qiymatini pasaytiradi. 5. Loyihani amalga oshirishdan kelgan foyda munosib ulushlarda bank va mijoz o‘rtasida taqsimlanadi. 6. Loyihaning amalga oshishidan kelgan zarar bank hisobiga taalluqli bo‘ladi. Download 42.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling