Bank plastik kartochkalar bilan hisob kitoblar hisobi
Download 473.53 Kb.
|
Bank plastik kartochkalar bilan hisob kitoblar hisobi
Iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» Nizom ishlab chiqildi va 2002 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. «Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom fuqarolik kodeksi. «Markaziy bank to’g’risida»gi «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Qonunlar va Markaziy bankning O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizomning bir maromda ko’llanilishi mamlakatning butun iqtisodiy makonida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilayotganda asosiy e’tibor hisob-kitob hujjatlarining tovarliligini nazorat qilishga qaratiladi. Korxonalarning davlat tassarufidan chiqarilayotgan bir vaqtda davlatga qarashli korxona va tashkilotlardan boshqa mulkchilik shakllariga tegishli korxona va tashkilotlarga pul o’tkazishni kuchliroq nazorat qilishni davr taqazo etadi. Shu maqsadda, davlat korxonalaridan xususiy korxonalar nomiga kelib tushgan pul mablag’lari avval alohida hisob varaqqa o’tkazib turiladi, 3 kun ichida xususiy korxona rahbarlari tomonidan tovar jo’natilgani, xizmatlar bajarilgani haqidagi va boshqa kerakli hujjatlar taqdim qilishlari lozim. Ushbu hujjatlar bankka taqdim qilingandan so’ng aloxida hisobvaraqdagi pul mablag’lari o’tkazishi lozim bo’lgan hisob varaqga o’tkaziladi. Agar tovar jo’natilganligi haqidagi hujjatlar bankka taqdim etilmasa, egasiga qaytariladi. Chunki, asossiz hisob-kitob hujjatlarini taqdim qilish to’lov tizimidagi jiddiy qonunbuzarchilik hisoblalanadi, hamda korxona va tashkilotlarning mavqeini va moliyaviy faoliyatini izdan chiqaradi.
Download 473.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling