Bank siri. Bank va bank siri to'g'risidagi qonun


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish


Download 419.59 Kb.
bet7/22
Sana13.09.2023
Hajmi419.59 Kb.
#1676667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Bank siri

11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) muvofiq vakolatli banklarning filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek bosh vakolatli bankka taqdim etadi.
12-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga, prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish, buning uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, ularni so‘rayotgan organga yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida yuborish orqali amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)

Download 419.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling