Dastlabki tergov muddatlari va ularni uzaytirishning xususiyatlari
Download 19.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqNazorat ishi bb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki tergov muddatlarini uzaytirish va ularning uzaytirishjning xususiyatlari.
Nazorat ishi Mavzu:Dastlabki tergov muddatlari va ularni uzaytirishning xususiyatlari. Dastlabki tergov organlari haqida ham qisqacha to’htalib o’tadigan bo’lsak,dastlabki tergov organlari zarur normativ-huquqiy bazaga ega bo’lishiga qaramay,tergov idoralarining ba’zi xodimlari uni hali yetarlimas deb hisoblaydilar.Ularning fikriga ko’ra tergovchilarning huquqlarini kengaytiruvchi va kafolatlovchi dastlabki tergov yoki jinoyatlarni tergov qilish qonun zarur.Ushbu fikir bo’yicha bahislashib o’tirmaymiz chunki amaldagi JPK jinoyat protessini tartibka solib turadi va tabiiyki u qanchalik mufassal bo’lmasin,tergov ishining barcha ikir-chikirlarini to’la aks ettira olmaydi.Shu bois dastlabki tergovning huquqiy asosini yana mustahkamlash maqsadsga muvofiq. Dastlabki tergov qo’mitasini tuzish masalasi bo’yicha ham bahslar davom etmoqda.Yagona tergov apparatini muammosini nazariy jihatdan S.A.Belousov tomonidan o’rganilgan. Sud-huquq islohotlarini amalga oshirish mumosabati bilan surishtiruv organlarini to’laligicha tiklash va hatto ularning vakolatini kengaytirish muammosi turipti.Chunonchi JK moddalarining sanksiyalari bo’yicha besh yilgacha bo’lgan muddatga ozodlik mahrum etish nazarda tutilgan jinoyat isghlarini surishtiruv organlari to’liq tergov qilishlari taklif etilmoqda.Lekin ushbu tergov ilgari bo’lganidek bayonama shaklida emas,balki ayblov xulosasini tuzib,jinoyat ishini sudga oshirish shaklida amalga oshirilishi kerak Dastlabki tergov muddatlarini uzaytirish va ularning uzaytirishjning xususiyatlari. Dastlabli tergov muddatlatri JPKga asosan uch oy etib belgilangan.Agarda jijnoyat ishi bo’yicha dastlabki tergovni yuqorida ko’rsatilgan muddatlarda tamomlashning imkoniyati bo’lmasa,ushbu muddat Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar yoki Toshken shahar va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik ushbu muddat faqat O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o’rinbosari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin.Alohida holatlarda sodir etilgan jinoyatning og’irligi va tergov qilinayotgan ishning murakkabligini hisobga olgan holda dastlabki tergov muddati Bosh prokuror tomonidan bir yilgacha uzaytirishi mumkun. Tergovchi tegishli tuman,shahar,viloyat prokurori yoki unga tenglashtirilgan prokurordan dastlabki tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosni tergovchi muddat o’tishidan besh kun avval tegishli prokuraturaga taqdim etishi kerak.Tajribaning ko’rsatishicha,tergovchi ushbu prokurorlardan dastlabki tergov muddatini uzaytirish haqida iltimos qilishi to’g’risidagi qarorni ushbu muddat tugashiga 7-9 kun qolganda tayyorlab qo’yish maqsadga muvofiq. Mamlakatimiz Bosh prokuroridan dastlabki tergov muddatinni uzaytirish haqida iltimos qilingan hollarda jinoyat ishi O’zbekiston Respublikasi Prokuroriga,qoida tariqasida,ushbu muddat tugashidan kamida 20 kun avval taqdim etilishi kerak.Ushbu iltimosni tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyat yoki Toshken shahar prokurori qo’llab quvvatlashi kerakligini inobatga oladigan bo’lsak,tergovchining bu holni ish bo’yicha tergovni rejalashtirayotganda inobatga olishi kerakligi ma’lum bo’ladi.Tergovchiga qarorni tegishli muddat tugashiga 15-20 kun qolganda tavsiya etiladi. Tergovchi dastlabki tergov muddatini uzaytirish haqida iltimos qilish haqidagi qarorni shaxsan tegishli prokuraturaga jinoyat ishinning barcha materiallari bilan birga taqdim etadi. Jinoyat ishlarini tergov qilishning muddatiga rioya etilishining idoraviy nazorati amaliy bo’lishini kuchaytirish hamda tergov qilayotgan tergovchiga o’z vaqtida metodik yordam berish uchun ichki ishlar organlarida tergov qilish yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish haqida iltimos qilish to’g’risidagi qarori ichki ishlar tuman va shahar organi tergov bo’linmasining boshlig’i va Qoraqalpog’iston Respublikasi IIV viloyat IIB va Toshken shahar IIBB tergov organlarining boshlig’i bilan kelishi kerak bo’ladigan tartib o’rnatilgan. Mazkur iltimos noma viloyat prokurori yoki unga tenglashtirilgan prokurorga berilgan hollarda dastlabki tergov muddatini uzaytirish haqidagi materiallar O’zbekiston Respublikasi prokuraturasiga tegishli prokurorning roziligi bilan IIV tergov boshqarmasi orqali taqdim etiladi. Tergovchi tergov muddatini uzaytirish zarur bo’lganda bu to’g’rida o’z vaqtida asoslangan qaror tuzishi shart.Dastlabki tergov muddatini uzaytirish haqida iltimosni o’z vaqtida qilmaslik qonuniylikni jiddiy ravishda buzish deb qaraladi. Jinoyat ishi bo’yicha dasatlabki tergov muddatini uzaytirish haqida iltimos qilishning qat’iy belgilangan tartibi jinoyat protsessining ishtirokchilar bo’lgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etishka ko’maklashishga,jinoyat ishlari bo’yicha tergov qilishda cho’zib yuborish va sansalorlikka yo’l qo’ymaslikka xizmat qilishi kerak.Muddatni uzaytirish zarurati odatda murakkab va ko’p epizodli ishlar bo’yicha yuzaga keladi.Bu esa tergovchidan ancha puxtalik va sinchkovlikni,tergovni aniq tashkil etish va rejalashtirishni,ichki ishlar organlarining boshqa bo’linmalaridagi kuch va vositalardan mohirlik bilan foydsalanishni talab etadi. Sud jinoyat ishini qo’shimcha tergovga qaytarganda hollarda tergovni nazorat qilayotgan prokuror bu muddatni ish unga kelib tushgan paytdan boshlab bir oy doirasida uzaytirishi mumkun.Muddatni bundan keyinga uzaytirish umumiy tartibda amalga oshiriladi. Kazus Voyaga yetmagan Beknazarov va Komilovlar pensioner Dada-mirzayega tan jarohati yetkazadi va bu holat jabirlanuvchining salomatligining qisqa muddatga buzilishiga olib keladi.Prokuratura tergovchisi jinoyat ishini qo’zg’atdi. Download 19.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling