Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


Bank tizimini iqtisodiyotda tutgan o’rni (mlrd. so’mda)9


Download 177.31 Kb.
bet7/15
Sana09.06.2023
Hajmi177.31 Kb.
#1466021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bank tizimini iqtisodiyotda tutgan o’rni (mlrd. so’mda)9

Ko’rsatkichlar nomi

01.01.2019 y.

01.01.2020 y.

YaIM

406 648,5

511 838,1

Bank aktivlari

214 419,6

272 726,9

Aktivlarning YaIMga nisbati, foizda

52,7

53,3

Kredit qo’yilmalari

167 390,6

211 580,5

Kredit qo’yilmalarining YaIMga nisbati, foizda

41,2

41,3

Depozitlar

70 001,4

91 009,0

Depozitlarning YaIMga nisbati, foizda

17,2

17,8

Kapital

26 678,9

51 030,7

Kapitalning YaIMga nisbati, foizda

6,6

10,0

Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.


Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat10:
- jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etadi;
- qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag’lar beradi;
- milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
- pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
- iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
- bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
- aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Ta’kidlab o’tilganidek, banklarning asosiy faoliatlaridan biri bu olingan deposit mablag’larni iqtisodiyotning turli sohalarida qayta taqsimlash hisblanadi.

2-jadval


Download 177.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling