Bank xizmatlari bozorining iqtisodiy-ijtimoiy ko’rsatkichlari tahlili Reja. Kirish. Asosiy qism


Bank xizmatlari bozoridagi mavjud muammolar va ularning yechimlari


Download 48.18 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi48.18 Kb.
#1411916
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank xizmatlari bozorining iqtisodiy ijtimoiy ko\'rsatkichlar tahlili (копия)

4. Bank xizmatlari bozoridagi mavjud muammolar va ularning yechimlari.
Asosiy muammolar sifatida sohada davlat ulushining yuqoriligi, to‘lov kartalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi keltirilgan.
“Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari bank xizmatlarini tahlil qilib, mavjud muammolar bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Hozirgi kunda 33 ta bank, jumladan davlat ulushi mavjud bo‘lgan 12 ta bank iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning 85%i davlat ulushi mavjud banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallari soni 876 taga, mini-banklar 4177 taga yetdi.
Ekspertlarning tahliliga ko‘ra, sohadagi asosiy muammo va kamchiliklar quyidagilar:

  • bank sohasida davlat ulushining yuqoriligi (bank aktivlarining 80% davlat ulushi mavjud banklarga tegishli);

  • infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli to‘lov kartalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi va bankomatlar sonining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastligi (har 100 000 kishiga 48 ta bankomat);

  • kreditlashda jismoniy shaxslarni qamrab olish darajasining pastligi (kreditlarning faqat 19%i jismoniy shaxslarning ulushiga to‘g‘ri keladi, dunyo mamlakatlarida esa o‘rtacha 40%).

Muammoning yechimi
Muammolarni bartaraf etish uchun ekspertlar raqamli bank va finteх kompaniyalari kirishiga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish, hamda banklarda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini kengaytirish kerakligini qayd etishgan.
Shuningdek, muammoning yechimi sifatida bank xizmatlari ko‘rsatishning muqobil usullarini joriy etish bilan iste’molchilarga qulaylik yaratish va bank xizmati tranzaksiya vaqti, narxini kamaytirish hamda mijozlar uchun firibgarlik xavfini kamaytirish takliflari berilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, raqamli bank va fintex kompaniyalari sonini oshirish, onlayn banking xizmatlarini takomillashtirish yo‘llari bilan moliyaviy xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishga erishish mumkin.
Natijada qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bilan birga kambag‘allikni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning 31 ta tijorat banki uchun “Bank faollik indeksi”ni yangilagan edi.
Indeksga ko‘ra, 17 ta yirik banklar uchun tuzilgan reytingda “Kapital bank” yuqori o‘rinni egalladi. O‘zbekistondagi 14 ta kichik banklar orasida “Universalbank” ikkinchi chorakda eng faol bo‘ldi.
Hozirgi kunga kelib bank xizmat ko’rsatish sohasida ham bir qancha muammolar kelib chiqmoqda.
Masalan birgina komunal to’lovlarni oladigan bo’lsak elektrin to’lov tizimllariorqali foydalanganlik to’lovini to’lamoqchi bo’lsak tizimning yaxshi ishlamasligi holatlari ba’zi-ba’zida kuzatilmoqda.
Bugungi kunda banklar faoliyatida informasion texnologiyalarning qo‘llanilishi xizmatlar ko‘rsatishni sifat jihatdan yuqori bosqichga olib chiqmoqda.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari – bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (distansion) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari hisoblanadi hamda komp'yuter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklari xizmatlarining miqdoriy tavsifi xizmatlar soni, ularning ko‘lami va doirasi bilan belgilansa, bank xizmatlarining sifat tavsifi xizmatlar sifati, tezkorligi va aniq-manzilli amalga oshirilishi, bu xizmatlardan mijozlarning qanoatlanish darajasi bilan ifodalanadi. Tijorat banklari xizmatlarining miqdor va sifat tavsifi hamda uning samaradorligi ular tomonidan baholash sohasida olib borilayotgan siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. Turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq harakatlarni, shu jumladan, ushbu xizmatlar uchun asoslangan narxlarni aniqlash yordamida tijorat banklari uchun bozorning o‘zgaruvchan kon'yunkturasiga moslashish imkoni tug‘iladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarining joriy etilishi mamlakatimiz bank xizmatlari bozori kengayishiga sharoit yaratmoqda. Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlangani sari tijorat banklari ham chakana amaliyotlar, mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlar turini oshirish orqali o‘z faoliyatini diversifikasiyalashga erishmoqda.
Masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni bankomat va infokiosklarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Foydalanish sodda bo‘lgan ushbu uskunalar bugungi kunda mijoz va kassir o‘rtasidagi an'anaviy muomalaga chek qo‘yib, o‘ziga xos mini-bank ofisi vazifasini o‘tamoqda. Hozirgi paytda bankomatlardan nafaqat naqd pul yechib olish, xorijiy valyutani almashtirish, bank plastik kartalariga mablag‘ qo‘yish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Shuni qayd etish o‘rinliki, mijozlar istalgan bankning bankomat va infokiosklaridan foydalana oladilar..”3
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.Hujjatda qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaymoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda. Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi. 
Bank xizmatlari bo’yicha statistik ma’lumotlarni keltirib o’tamiz:
“Moliyaviy xizmatlar hajmi – moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.
Moliyaviy xizmatlarning hajmi 20 697,7 mlrd. so‘mga oshdi va 80 431,0 mlrd. so‘mga yetdi. Jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlar ulushi 22,5 % ni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur'ati 129,3 % ni tashkil etdi.”4

Download 48.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling