Bank xizmatlari bozorining iqtisodiy-ijtimoiy ko’rsatkichlari tahlili
Reja.
Kirish.
Asosiy qism:
1.Bank xizmatlari ko’rsatishning mohiyati va ahamiyati.
2. Bank xizmatlari ko’rsatishning o’ziga xos xususiyatlari.
3.Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan banklar xizmatlari holati tahlili.
4.Bank xizmatlari bozoridagi mavjud muammolar va ularning yechimlari.
5 Bank xizmatlari bozorini rivojlantirish yo’llari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Ilovalar.
Kirish.
Bank xizmatlari bozorining iqtisodiy-ijtimoiy tahlili ko’rsatkichlarinini o’rganishda asosan Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ayrim banklarning xizmat sohalarini ko’rib chiqamiz. Bunda biz mamlakatdagi fuqarolarning bank xizmatlariga qanchalik extiyoji bor va bu ehtiyojlarni ushbu banklar yetarlicha qondirishga qodirligini ko’rib chiqamiz.Dastlab biz bank xizmatlari sohasi nimaligini bilib olishimiz lozim Birinchi navbatda ushbu sohani ishtirokchilari kimligini bilib olamiz.
Bank xizmatlari bozori –bu bank va iste’molchilar o’rtasida bo’ladigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi mexanizmdir.Bunda asosan bank iste’molchilarga o’z xizmatlarini taklif etadi. Iste’molchi esa ushbu faoliyatdan foydalanib o’z mablag’larini saqlash va ushbu mablag’larni omonatga qo’yib, undan ma’lum bir miqdorda daromad ko’rishi mumkun.Bank xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot bu tijorat banklari hisoblanadi.
Bank xizmatlari bozori subyekti:
Tijorat banki – tijorat asosida faoliyat yurituvchi tashkilot bo’lib, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisob varaqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda insonlarning pul bilan bo’g’liq muammolarini hal etuvchi tashkilotdir. Bank xizmatlari -deganda tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyatni olib borish va samarali boshqarish bilan bevosita bog’liq bo'lgan harakatlar majmuasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |