Bank xizmatlari rivojlanishining jahon tajribasi va uning O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari


Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati


Download 4.88 Mb.
bet3/3
Sana29.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1732672
1   2   3
Bog'liq
Soliq seminar 1

3. Soliq tizimining mohiyati va ahamiyati.
  • Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
  • Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo’lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.
    • Soliqlarning funktsiyalari to’g’risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o’rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko’ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki fiskal funktsiyasiz nazorat funktsiyasining mavjud bo’lishi mumkin emas.
    • G’arb iqtisodchilari ko’pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. Bu kontseptsiyaga ko’ra, soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag’batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o’sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
    • Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.

    Download 4.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling