Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish


Download 116.76 Kb.
bet14/43
Sana30.04.2023
Hajmi116.76 Kb.
#1407170
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
O bank

23-modda. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish
Potensial oluvchi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan hujjatlar ilova qilingan holdagi arizani Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank ariza olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida potensial oluvchiga ariza olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuboradi.
Birgalikda harakat qilayotgan, mo‘ljallanilayotgan sotib olish munosabati bilan bank aksiyalarini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida olishni niyat qilgan shaxs yoki shaxslar guruhi potensial oluvchidir.
Markaziy bank potensial sotib oluvchini ariza olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborilgan kundan e’tiboran ikki oy ichida ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni amalga oshiradi.
Potensial oluvchi hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim etmagan taqdirda, baholash davri Markaziy bank tomonidan barcha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran boshlanadi.
Potensial sotib oluvchining ushbu Qonunning 24-moddasida ko‘rsatilgan mezonlardan birontasiga muvofiq emasligini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) axborot mavjud bo‘lgan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni baholashni o‘tkazmasdan rad etishga haqli.
Markaziy bank baholash o‘tkazilayotgan davrda potensial oluvchiga baholashni tamomlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi to‘g‘risida so‘rovnoma yuborishga haqli.
Potensial oluvchi Markaziy bankning so‘rovnomasiga binoan qo‘shimcha hujjatlar va axborotni so‘rovnoma olingan kundan e’tiboran yigirma ish kunidan oshmagan muddatda taqdim etishi kerak, shu vaqt mobaynida baholash davri to‘xtatib turiladi. Potensial oluvchi chet elda joylashgan yoki unga nisbatan boshqa davlatning qonunlari tatbiq etilgan taqdirda, Markaziy bank qo‘shimcha axborot taqdim etish davrini o‘ttiz ish kunigacha uzaytirishga haqli. Taqdim etilgan axborotni aniqlashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan potensial oluvchiga yuboriladigan keyingi so‘rovnomalar baholash davrining to‘xtatib turilishiga olib kelmasligi kerak.
Potensial oluvchi tomonidan ushbu moddaning yettinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda, Markaziy bank bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etishga haqlidir.
Markaziy bank potensial oluvchining so‘rovnomasi asosida bankning aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan asoslangan qarorni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi. Markaziy bank mazkur axborotni potensial oluvchining so‘rovnomasi bo‘lmasa ham e’lon qilishga haqli.
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida yuridik kuchini saqlab qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani bekor qilish banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(23-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 116.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling