Banklar va investitsion muhit
Download 88.5 Kb.
|
BANKLAR VA INVESTITSION MUHIT
Chizma 12
2012 yilda asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 2011 yilga nisbatan 11,6 foizga ortib, 22,1 trln. so’mni tashkil etdi. Asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalarning 50,9 foizi xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholining o’z mablag’lari, 17,2 foizi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 5,1 foizi esa byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtirildi. Jami investitsiyalarning tarkibida ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalarning ulushi 66,6 foizni tashkil etdi. Uning 18,3 foizi transport va aloqa, 17,1 foizi yoqilg’i-energetika, 4,1 foizi qishloq xo’jaligi, 2,9 foizi metallurgiya hamda 24,2 foizi boshqa tarmoqlarga yo’naltirildi. Noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 33,4 foizni, jumladan uy-joy qurilishining ulushi 19,9 foizni, ta’lim sohasi 2,8 foizni va sog’liqni saqlash sohasi ulushi 3,7 foizni tashkil etdi. 2012 yilda, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 5 trln. 346 mlrd. so’mni tashkil etdi. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling