Banklar va investitsion muhit
Download 88.5 Kb.
|
BANKLAR VA INVESTITSION MUHIT
BANKLAR VA INVESTITSION MUHIT Saidova O’g’iloy (TMI, “Moliya-Iqtisod” fakulteti MM-74 guruh talabasi) O’zbekistonda bank – moliya tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida tijorat banklari barqarorligi oshib, ular faoliyatining samaradorligi va, birinchi navbatda investitsion faolligi o’sib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” gi qaroriga asosan milliy moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash maqsadidida amalga oshirayotgan chora tadbirlar o’z natijasini bermoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli faoliyat yuritib, yuqori ko’rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 2012 yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so’nggi uch yilda esa ikki barobar ko’paydi. ...Banklar faoliyatida, o’tgan yillardagi kabi, investitsiya faoliyatiga katta e’tibor qaratildi. 2012 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlar hajmi 2011 yilga nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ajratilgan kreditlarning 76 foizdan ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani, ayniqsa, e’tiborga molik.”1 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5 760 mlrd. so’m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’p investitsiya kreditlari ajratildi. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling