Banklar va investitsion muhit
Jadval 1 Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi
Download 88.5 Kb.
|
BANKLAR VA INVESTITSION MUHIT
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi * )
Jadval 1
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi
Yuqorida keltirilgan jadvalda 2012 yilda O’zbekistonda asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari xududlar kesimida berilgan. Unga asosan, investitsiya resurslarining asosiy ulushi korxona va aholining mablag’lari hisobiga shakllangan. Chet el investitsiya va kreditlari hajmi bank kreditlari va boshqa qarz mablag’lari ulushidan deyarli 2 marta ko’p. Buning asosiy sababi, bu milliy banklarimizning jami aktivlari xajmini YaIMga nisbatan past darajada bo’lgani bilan bog’liq, 2013 yil 1 yanvar xolatiga bu ko’rsatkich 37% tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan va ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko’rsatgich ancha yuqoridir. Bu esa banklar tomonidan real sektori uzoq muddatli “arzon” investitsiyalar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Demak, respublikamizda banklar kapitalini va aktivlarini oshirish borasida olib borilayotgan xarakatlar ularning investitsion imkoniyatlarini oshirish imkoniyatini bersa, real sektor subyektlari uchun esa “arzon” va uzoq muddatli kreditlarni tez va o’z vaqtida olish imkoniyatini beradi. Xulosa qilib aytganda, milliy bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida tijorat banklarining kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlari kengaymoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash jarayonida banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash masalasi ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, makroiqtisodiy barqaror o’sish sur’atlariga, yangi turdagi raqobatbardosh tovarlarning ishlab chiqarilishiga va eng muhimi respublikamiz mintaqalarida yangi ish o’rinlarining yaratilishiga, shu orqali aholi turmush darajasini yanada oshirish imkoniyatini beradi. 1 «Bosh maqsadimiz-keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qatiyat bilan davom ettirish” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan Toshkent 18.01.2013 yil . 2 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga asosan tayyorlandi . *) O’zbekiston statistika qo’mitasi ma’lumotlariga asosan hududlar bo’yicha taqsimlanmagan ma’lumotlarni qo’shgan holda hisoblangan. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling