Banklar va kredit uyushmalari. Sug‘urta korxonalari. Pensiya fondlari


Download 61.08 Kb.
bet1/4
Sana03.04.2023
Hajmi61.08 Kb.
#1322788
  1   2   3   4
Bog'liq
ZAMONAVIY(AMALIY) MOLIYAVIY VOSITACHILAR


19-MAVZU: ZAMONAVIY(AMALIY) MOLIYAVIY VOSITACHILAR
REJA:

  1. Banklar va kredit uyushmalari.

  2. Sug‘urta korxonalari.

  3. Pensiya fondlari.

  4. O‘zaro fondlar.

  5. Investitsion banklar.

  6. Venchur korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar.

  7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar.

1. Banklar va depozit-jamg‘arma muassasalari
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta korxonalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini 16-rasmdagidek tasavvur etish mumkin.
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchilar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca"
(italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan.
Sababi, ayirboshlovchilar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari deb nomlanadi.


Download 61.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling