Banklar va kredit uyushmalari. Sug‘urta korxonalari. Pensiya fondlari
-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi
Download 61.08 Kb.
|
ZAMONAVIY(AMALIY) MOLIYAVIY VOSITACHILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Pensiya fondlari
16-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta korxonalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar. Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya bo‘yicha universal bank hisoblansada, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiyalaridan ozginaga farq qiladi, xolos. 2. Sug‘urta korxonalariSug‘urta korxonalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi. Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta korxona-larining qarzdorlik majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz tomonidan to‘lanadigan pullar sug‘urta mukofoti deyiladi. Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta korxonalari ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta korxonalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar. 3. Pensiya fondlari Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi. Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan pensiya dasturi, yoki jamg‘arma pensiya dasturi va belgilangan imtiyozlarga asoslangan pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi. Jamg‘arma pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi. Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan. Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan tashkilot, yoki tashkilot yollagan sug‘urta korxonasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va AQShda homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Download 61.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling