Banklararo global swift tizimi haqida tushuncha
Download 23.23 Kb.
|
Xalqaro SWIFT tizimi
Rossiyada SWIFT tizimi
Rossiyada SWIFT vakili notijorat tashkilot ROSSWIFT, u 1995 yilda tashkil etilgan. Birinchidan Rossiya tashkiloti ga ulangan SWIFT tizimi, Vnesheconombank bor edi, bu 1989 yilda edi. O'tgan asrning 90-yillarida Rossiya banklari asta-sekin SWIFT-ga ulangan. Hozirda Rossiya foydalanuvchilar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda, birinchi o'rinda AQSh. Shunga qaramay, SWIFT orqali pul o'tkazmalari ruslar orasida mashhur emas. Mamlakat fuqarolari “Unistream” kabi tizimlar orqali hisob ochmasdan pul o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu, birinchi navbatda, aholining SWIFT tizimidan bexabarligi bilan bog'liq. Rossiya Milliy SWIFT assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 300 ga yaqin yetakchi bank va tashkilotlari ma’lumot almashishda aynan ushbu tizimni ishlatishadi va platformadan foydalanuvchilar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turishadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, SWIFT’da yuboriluvchi xabarlar soni bo‘yicha Rossiya dunyoda 6-o‘rinda turadi. Rossiyaning yillik o‘tkazma hajmi 800 mlrd dollarga yetishi mumkin. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining yarmidan biroz ko‘p. Endi nima bo‘ladi? Birinchidan, Rossiya banklarini SWIFT tizimidan chiqarib tashlash mamlakatning butun dunyo bo‘ylab moliyaviy bozorlarga kirishini cheklab qo‘yadi. Buni biror davlatni internetdan uzib qo‘yishga o‘xshatish mumkin. Moliya sektori va eksport, xomashyo yetkazib berish uchun to‘lovlarni amalga oshirishda jiddiy muammolar paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, Rossiyaning SWIFT’dan uzilishi natijasida xalqaro investorlarning mamlakatdan chiqib ketishi yuz bera boshlaydi va bu qimmatli qog‘ozlar bozorini qulatishi mumkin. Buning oqibatida korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlarining asosiy egalari bo‘lgan banklar katta yo‘qotishlarga uchraydi. Uchinchidan, Rossiya AQSh dollarida amalga oshiriladigan uglevodorodlar eksporti tufayli SWIFT tizimiga qattiq tayanadi. Mamlakat budjeti ham neft va gaz kabi xomashyo eksportidan olinadigan soliqlarga bog‘langan. Savdoning qiyinlashishi esa budjet uchun zarur bo‘lgan pul to‘plashni og‘irlashtiradi. To‘rtinchidan, rus banklarining boshqa xalqaro banklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi qiyinlashadi. Ular sanksiyaga tushib qolmaslik uchun alohida o‘zaro hamkorlik aloqalaridan qochishlari mumkin. Buni hatto Xitoyning ikki yirik davlat banki Rossiyadan xomashyo tovarlarini xarid qilish bo‘yicha bitimlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani haqidagi xabarlar chiqa boshlagani ham isbotlaydi. Reputatsiya yo‘qotilishi oqibatida G‘arbning ko‘plab banklari va kompaniyalari mamlakatda ishlashdan, Rossiya va rus biznesi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin. Globallashuv davrida xarajatlar oshishi va moliyaviy oqimlar keskin sekinlashishi biznesga jiddiy zarba beradi. Ma’lumot uchun, 2012–2016 yillar davomida Eron banklari tizimdan uzib qo‘yilganidan so‘ng, mamlakat neft eksportidan keladigan daromadlarining deyarli yarmini va tashqi savdosining 30 foizini yo‘qotadi. Shuningdek, 2017 yilda Shimoliy Koreya ham SWIFT’dan uzib qo‘yilgan. Rossiyani SWIFT tizimidan uzib qo‘yish haqidagi chaqiriqlar oldin ham bo‘lgan. 2014 yil avgust oyida Buyuk Britaniya Yevropa yetakchilariga shunday variantni ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqqan. O‘shanda Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin bunday harakat Rossiya yalpi ichki mahsulotining 5 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirgandi. O‘sha paytdagi mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev esa bu harakatni «urush e’lon qilish bilan barobar», deya ta’riflagan. Keyingi davrda Rossiya hukumati bu borada muqobil yechimlar yaratishga harakat qilib ko‘rgan. Ulardan biri – SPFS tizimi. Unga 331ta kredit tashkilotlari birlashtirilgan va mamlakat ichidagi moliyaviy o‘tkazmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash mumkin. Ammo SPFS’da tranzaksiya xarajatlari qimmatligi va tizim sekinligi bois shu paytgacha rus banklari SWIFT’dan foydalanib kelishgan. Download 23.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling