Banklararo hisob-kitoblar hisobi


Milliy to’lov tizimi rivojlanish bosqichari


Download 1.98 Mb.
bet2/10
Sana07.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1247875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 BANKLARARO XISOB KITOBLAR HISOBI

Milliy to’lov tizimi rivojlanish bosqichari

  • Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o’z ichiga oladi. 1991-92 yillarda Markaziy bankning Bosh axborotlashtirish Markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usulini yaratish ustida ishlandi.
  • 1995 yil aprel oyidan ikkinchi bosqich. Agar 1996 yilda hisob-kitoblar respublika ichida 1 kunda, viloyat ichida 1 soatda yakunlangan bo’lsa, bu vaqt borgan sari qisqarib bordi. 1997-98 yillardan boshlab hududlararo to’lovlarning o’tishi 15-20 daqiqani, hudud ichidagi to’lovlarning o’tishi 3-5 daqiqani tashkil qilishiga erishildi.
  • 1998 yildan boshlab 2001 yilgacha III bosqich. Elektron to’lov tizimini takomillashtirildi.
  • 2002 yildan IV bosqich. Tijorat banklariga yagona vakillik hisobvarag’i orqali xizmat ko’rsatish boshlandi.
  • Hozirgi kunda respublikada «Bank-Mijoz» tizimi va Internet-bankingdan amaliyotga keng tadbiq etilmoqda.

Mustaqillik yillarida yangi bank tizimi barpo etilishi munosabati bilan banklararo hisob-kitoblarga ham o‘zgarishlar kiritildi, progressiv usullar izlab topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 1995-yilda Markaziy bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo‘natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi “elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.

  • Mustaqillik yillarida yangi bank tizimi barpo etilishi munosabati bilan banklararo hisob-kitoblarga ham o‘zgarishlar kiritildi, progressiv usullar izlab topildi, yangi dasturlar yaratildi va takomillashtirib borildi. 1995-yilda Markaziy bank tomonidan hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta orqali jo‘natiladigan ogohnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob tizimi “elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.

2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta o‘zgarishlar bo‘lib, banklararo hisob-kitoblar yagona vakillik hisobvarag‘i asosida tashkil etila boshlandi. Hududiy hisob-kitob Markazlarining faoliyati tugatilib, faqat Toshkent shahar Hisob-kitob Markazi faoliyati saqlab qolindi. Hozirgi kunda turli tipdagi banklar o‘rtasidagi banklararo hisob-kitoblar aynan Toshkent shahar Hisob-kitob Markazi orqali amalga oshiriladi. Bir tipdagi bankka tegishli bo‘lgan barcha operatsiyalar bosh bankning yagona vakillik hisobvarag‘i orqali o‘tkazila boshlandi

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling