Iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995-yil boshidan boshlab har bir viloyatda Markaziy bank qoshidagi hududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari faoliyat ko‘rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to‘xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog‘i bilan ikki kun ichida o‘tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi. Elektron to‘lovlar tizimi bu – umumdavlat tizimi bo‘lib, banklararo to‘lovlarni tashkil etadi va u qog‘ozsiz texnologiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o‘tkazilishiga asoslangan. Hozirgi kunda elektron to‘lovlar tizimi yuqori o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, to‘lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobay-nida o‘tishini ta’minlaydi. Elektron to‘lovlar tizimi bu – umumdavlat tizimi bo‘lib, banklararo to‘lovlarni tashkil etadi va u qog‘ozsiz texnologiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali o‘tkazilishiga asoslangan. Hozirgi kunda elektron to‘lovlar tizimi yuqori o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, to‘lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobay-nida o‘tishini ta’minlaydi. Elektron to‘lov tizimi bir qator prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatib, ular quyidagilardir: - To‘lovlar bo‘yicha transaksiyani o‘tkazish tashabbusi initsiator-bankka tegishli bo‘ladi;
- To‘lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalar va qoldiq mablag‘lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
- Amalga oshirilgan transaksiya qaytarilmaydi;
- To‘lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan;
- To‘lovlarning initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘ qoldigi chegarasida to‘lanadi. Undan ortiqcha mablag‘ sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |