Banklararo hisob-kitoblar hisobi


Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi


Download 1.98 Mb.
bet3/10
Sana07.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1247875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 BANKLARARO XISOB KITOBLAR HISOBI

Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi.

Hozirgi paytda tijorat banklarining faqat Bosh banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o‘tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazida alohida tranzit hisobvarag‘i ochilgan. Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Shu bilan birga, tijorat banklari o‘zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisobvarag‘ini ochishlari lozim.

Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi:


O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonuni (11.11.2019 y., )
O'zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni (5.11.2019 y., № 216-I)
O'zbekiston Respublikasi “Elektron to'lovlar to'g'risida”gi Qonuni (16.12.2005 y., № O'RQ-13)
“Markaziy bankning banklararo to'lov tizimi orqali elektron to'lovlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545)
“O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida”gi Nizom (13.05.2020 y., № 3229)

Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i ikki xil ochilishi mumkin:


Tijorat bankining har bir bo‘limi uchun Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida alohida vakillik varag‘i ochiladi.
Faqat Bosh bankka Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida yagona vakillik hisobvarag‘i ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi

Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i ochilishini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:


Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza;
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling