Banklararo hisob-kitoblar hisobi

Download 1.98 Mb.
bet5/10
Sana07.03.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1247875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 BANKLARARO XISOB KITOBLAR HISOBI

Ilgari pochta yoki telegraf orqali to‘lov hujjatlari bir bankdan ikkinchi bankka jo‘natilganda to‘lovlar bir necha kunga, hatto 15-20 kunga cho‘zilib ketar edi. Bundan tashqari, noqonuniy avizolarni jo‘na-tish hollari ham kuzatilgan edi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi to‘lovlar tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yilning 18-martdagi 146-sonli “Bank tizimini rivojlantirish va pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari” haqidagi qarorida banklararo hisob-kitoblarni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ular quyidagilar:

Bank tizimini kompyuterlashtirish va bank kompyuter markazlari-ni joriy etish
Hisob ishlarini avtomatizatsiyalashtirish
Elektron pochta (elektron to‘lovlar) tizimini ishlab chiqish va joriy etish

Iqtisodiyotdagi hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida 1995-yil boshidan boshlab har bir viloyatda Markaziy bank qoshidagi hududiy hisob markazlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir tumandagi ilgari faoliyat ko‘rsatib kelgan kliring markazlari yopilib, ularning faoliyati to‘xtatildi. Shu munosabat bilan oddiy pochta avizolari bekor qilindi. Respublika ichidagi barcha hisob-kitoblar uzog‘i bilan ikki kun ichida o‘tkazilishi belgilab berildi. Shu tariqa elektron to‘lovlar tizimi joriy etildi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling