Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o'rnatish tartibi reja kirish


Vakillik hisob varaqalari bo‘yicha buxgalteriya hisobining yuritilishi


Download 282.83 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi282.83 Kb.
#1338463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o\'rnatish tartibi

2.Vakillik hisob varaqalari bo‘yicha buxgalteriya hisobining yuritilishi.
Banklararo operatsiyalar mijozlari taqdim etgan topshiriqnomaga hamda bankning o’z xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida sodir bo’ladi. Birinchi bobda keltirilganidek, ichki va xalqaro hamkorlik loyihalarida ham turli xildagi mijozlar (davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari) shaklida bankka murojaat qilinadi. Hozirgi paytda tijorat banklarining faqat Bosh banklari o’rtasidagi hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o’tkaziladi.
Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazida alohida tranzit hisobvarag’i ochilgan. Bunday tranzit hisob varaqalari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Shu bilan birga, tijorat banklari o’zlarining banklararo munosabatlarini olib orish uchun Hisob-kitob markazida vakillik hisobvarag’ini ochishlari lozim. Tijorat bankining vakillik hisobvarag’i ikki xilda ochilishi mumkin:
– Tijorat bankining har bir bo’limi uchun Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida alohida vakillik varag’i ochiladi.
– Faqat Bosh bankka Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida yagona vakillik hisobvarag’i ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo operatsiyalar bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Vakillik hisobvarag’i ochilayotganda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi o’rtasida vakillik munosabatlari to’g’risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag’i ochilishini rasmiylash-tirish uchun kerakli hujjatlarni taqdim etishi zarur.
Vakillik hisobvarag’i Markaziy bank farmoyishiga ko’ra ochiladi. Vakillik hisob varaqalari raqamini va bank kodini BDMAB belgilaydi. Vakillik hisobvarag’i ochish to’g’risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo’limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga jo’natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag’i bu – tijorat bankiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob markazida ochilgan hisobvaraq bo’lib, u banklararo hisob-kitoblarni o’tkazishga mo’ljallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa Bosh bankda vakillik hisobvarag’i ochiladi.
Vakillik hisobvarag’i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 xonalir raqamdan (razryaddan) iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisob varaqalari tijorat banklariga hamda hisob kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga ochilgan vakillik hisob varaqalari 21302 – balans hisobraqami bo’yicha, hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik hisob varaqalari 21304 – balans hisobraqami orqali olib boriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan vakillik hisobvarag’i Toshkent shahar Hisob-kitob markazida yuritilib, Hisob-kitob markazi uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag’larning kelib tushishi va hisobvaraq qoldig’i hisobvaraqning kredit qismida, mablag’larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha to’lovlar vakillik hisobvarag’i qoldig’i chegarasida amalga oshiriladi. Har bir bankning balansida ham vakillik hisobvarag’i ochiladi va yuritiladi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag’i deb nomlash mumkin.
Bosh bankning ichki vakillik hisobvarag’i 10301 – balans hisobraqamida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob markazida ochilgan 21302 – vakillik hisobvarag’i deb yuritiladi. To’lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisob varaqalaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag’larning bir-biriga mos kelishi hisoblanadi.
To’lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag’idan ko’chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so’ng ushbu hisobvaraq bo’yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi. Shunday qilib, turli tipdagi banklar o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Toshkent shahar Hisob-kitob markazi orqali tashkil etiladi. Hisob-kitoblar Markazi – bu O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalarining buhgalteriya hisobi, hisob va hisob-kitoblar boshqarmasining bo’limi bo’lib, uning funktsiyasiga banklarning vakillik hisob varaqalariga xizmat ko’rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.
Bosh banklar o’rtasida banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish uchun Markaziy bank qoshida ochilgan Toshkent shahar Hisob-kitob markazida 27416 balans hisobvarag’i ajratilgan. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan Hisob-kitob markazi ularni banklar bo’yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o’zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo’linadi. Shundan keyin, debet hujjatlari bo’yicha alohida, kredit hujjatlari bo’yicha alohida buhgalteriya yozuvlari o’tkaziladi. Debet hujjatlari bo’yicha dastlab quyidagi provodka o’tkaziladi: Debet 27416 “Banklararo hisob-kitoblar” Kredit 21302 “Tijorat bankining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” A bank Bir vaqtning o’zida quyidagi javob provodkasi o’tkaziladi: Debet 21302 “Tijorat bankining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” B bank Kredit 27416 “Banklararo hisob-kitoblar”. Bu ikki provodka orqali 27416 – hisobvarag’ining tranzit hisobvaraq ekanligini va bir vaqtning o’zida yopilishini ko’rish mumkin. Hisob-kitob markazlariga tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy qismi kredit hujjatlaridir.
Kredit hujjatlari bo’yicha ham Hisob-kitob markazlariga buhgalteriya yozuvlari o’tkaziladi. Bosh bank o’z filiallaridan kelgan elektron to’lovlarni qayta ishlab o’zining yagona vakillik hisobvarag’i orqali Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga modem aloqasi jo’natadi. Bu operatsiya bo’yicha Bosh bankda quyidagi buxgalteriya amallari bajariladi: Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” A filial Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag’i” A bank Hisob-kitob markazi bir tijorat bankining vakillik hisobvarag’ida pul mablag’larining kamayishi bo’yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi: Debet 21302 “Tijorat bankining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” A bank Kredit 27416 “banklararo hisob-kitoblar” Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag’ida pul mablag’larining ko’payishi bo’yicha provodka quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Debet 27416 “Banklararo hisob-kitoblar”
Kredit 21302 “Tijorat bankining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i” Tijorat banklarining vakillik hisobvarag’idan mablag’larni hisobdan chiqarish va bu vakillik hisobvarag’iga mablag’larni o’tkazish bo’yicha har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jarayoni bilab bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to’lov hujjatlari bir vaqtning o’zida 27416 hisobvarag’ining ham debeti, ham krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Bu hol har bir operatsiya bo’yicha va mos ravishda kun yakunlari bo’yicha 27416 – hisobvarag’ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi, 27416 – hisobraqamining 0 ga yopilishi tijorat banklari o’rtasida hisob-kitoblarning muvaffaqqiyatli yakunlanganligini bildiradi. Turli xil (tip)dagi bosh tijorat banklarining vakillik hisobvarag’i bo’yicha chiqariladigan ko’chirmalarda 27416 –shaxsiy hisobvaraqda va hudud ichidagi o’tkazmalar jurnalida aks ettiriladi. Hisob-kitob markazidan elektron to’lov mablag’ oluvchi Bosh bankka o’tkaziladi. Banklararo hiosb-kitoblar bo’yicha elektron to’lov Bosh bankka kelib tushganda dasturiy yo’l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi : Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” B filial
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag’i” B bank Agar bir xil (tip)dagi banklar o’rtasida operatsiyalar yuzaga kelsa, bu holda Bosh bankning ichida operatsiyalar yakunlanadi.
Masalan, Xalq bankining ikkita mijozlari bir-birga pul o’tkazishlari lozim bo’lsa, bu operatsiyalar Xalq bankning Bosh banki orqali o’tkaziladi. Markaziy bankning Hisob-kitob markazi bu operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bir xil (tip)dagi bank filiallari o’rtasidagi operatsiyalar debet hujjatlari bo’yicha alohida, kredit hujjatlari bo’yicha alohida buxgalteriya provodkalari orqali bajariladi. Eng avalo, to’lovchi korxona bankida mijozning hisobvarag’idan pulni
kamaytirish bo’yicha buhgalteriya yozuvlari bajariladi. Xalq bankining Chilonzor filiali to’lovchi korxonaga xizmat ko’rsatadi, mahsulot sotgan korxonaga esa Xalq
bankining Bektemir filiali xizmat ko’rsatadi.
Xalq bankning Chilonzor filialidan elektron to’lov Bosh bankka jo’natiladi. Bosh bank elektron to’lov haqidagi axborotni qabul qilib, Chilonzor filialining vakillik hisobvarag’idan Bektemir filialining vakillik hisobvarag’iga mablag’larni o’tkazadi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi: Debet 22204 Xalq bankning Chilonzor filiali Kredit 2204 Xalq bankning Bektemir filiali Shundan so’ng, elektron to’lov Xalq bankning Bektemir filialiga o’tkaziladi. Bu filialda to’lovni qabul qilib, mahsulot sotuvchi korxona hisobvarag’iga kelgan mablag’larni o’tkazish bo’yicha buhgalteriya provodkasi bajariladi.
Hozirgi kunda amaldagi O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida foydalaniladigan hisobvaraqlar rejasiga binoan, Markaziy bank bilan tijorat banklari hamda banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun quyidagi hisobvaraqlar ajratib berilgan: 10300 – Bankning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisob varaqalari. Bu umumiy bo’lim bir nechta subhisobvaraqlarga bo’lingan. 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragi’i bo’lib, u Nostro deb yuritiladi. Hisobvaraqning ta’rifiga ko’ra, unda bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankga joylashtirgan bo’sh pul mablag’larining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida bank va uning mijozlar nomiga kelib tushgan mablag’lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo’yicha hisobdan chiqarilgan mablag’lar aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. 10305 – Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i – Vostro hisoblanib,overdraft tarzida yuritiladi. Hisobvaraq ta’rifiga ko’ra, bunda to’lovlarni amalga oshirishda 20802 – “Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i – Vostro” hisobvarag’ida ilgari mavjud bo’lgan kredit qoldig’idan oshib ketish natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida 20802 – “Markaziy bankning vakillik hiosbvarag’i – Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldig’i summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida 20802 – “Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i – Vostro” hisobvaraqqa mablag’lar kelib tushganda qoplangan debet qoldig’i summasi aks ettiriladi.
Shuningdek, Markaziy bankdan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar – naqd pullar – 10307 hisobvaraqda, Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag’i – 10309 hisobvaraqda, Markaziy bankdan olinadigan, topshirilgan naqd pullar – 10311 hisobvaraqda, Markaziy bankdagi boshqa hisobvaraqlar – depozitlar – 10397 hisobvaraqlarda yuritiladi. 10500 – Bankning boshqa banklardagi hisob varaqalari. Ushbu bo’lim ham bir nechta subhisobvaraqlardan iborat. 10501 – boshqa banklardagi vakillik hisob varaqalari (Nostro) hisoblanib, bankning banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida boshqa banklarga qo’ygan pul mablag’larining hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida boshqa tushgan mablag’lar summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida bankning o’z majburiyatlari va mijozlarning topshiriqlari bo’yicha bank vakillik hisobvarag’idan boshqa banklarga o’tkazilgan mablag’lar summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir vakil bank bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. 10505 – boshqa banklarning vakillik hiosbvaraqlari (Vostro) overdraft rejimida ishlovchi, to’lovlarni amalga oshirishda 21002 – “Boshqa banklarning vakillik hiosbvaraqlari – Vostro” hisobvarag’ida ilgari mavjud bo’lgan kredit qoldig’idan oshib ketishi natijasida yuzaga kelgan debet qoldiq summasi hisobga olinadi. Hisobvaraqning debetida 21002 – “Boshqa banklarning vakillik hisob varaqalari – Vostro” hisobvaraqda yuzaga kelgan debet qoldiq summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida 21002 – “Boshqa banklarning vakillik hisob varaqalari – Vostro” hisobvarag’iga mablag’lar kelib tushganda qoplangan debet qoldiq summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir vakil bank bo’yicha alohida shaxsiy hiosbvaraqlarda olib boriladi. Shu bilan birga, boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar – naqd pullar – 10507 hisobvaraqda, jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag’lari bo’yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar – 10511 hisobvaraqda, plastik kartalardan amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo’lgan mablag’lar – 10513 hisobvaraqda, boshqa banklardagi hisobvaraqlar depozitlar – 10597 hisobvaraqda, bankning boshqa banklardagi hisob varaqalari bo’yicha ko’rilishi lozim bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) – 10599 hisobvaraqlarda yuritiladi. Yuqoridagi hisobvaraqlar mohiyatiga ko’ra, bank uchun aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Endi esa bank uchun passiv hisobvaraqlarda yuritiladigan vakillik hisob varaqalarini ko’rib chiqamiz. 20800 – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob varaqalari. Bu bo’lim o’z ichiga quyidagi subhisobvaraqlarni oladi : 20802 – Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i (Vostro), Markaziy bankning tijorat banklarida ochilgan vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida Markaziy bank vakillik hisobvarag’iga kelib tushgan mablag’lar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida Markaziy bank vakillik hisobvarag’idan chiqarilgan mablag’lar aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. 20806 – Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i (Nostro) overdraft ko’rinishdagi, ilgari mavjud bo’lgan debet qoldiqdan to’lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 – “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraq – Nostro” hisobvarag’ida paydo bo’lgan kredit qoldiq hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida 10301 – “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraq – Nostro” hisobvaraq paydo bo’lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 10301 – “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraq – Nostro” hisobvaraqqa mablag’lar kelib tushganda kredit qoldiqniqoplash summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi. Shuningdek, “20896 – Markaziy bankning boshqa hisob varaqalari – depozitlar” hisobi ham yuritiladi. 21000 – boshqa banklarning hisob varaqalari.
Bu bo’limda quyidagi subhisobvaraqlar yuritiladi: 21002 – boshqa banklarning vakillik hisob varaqalari – Vostro, banklarning ushbu tijorat bankda ochgan vakillik hisob varaqalaridagi mablag’lar hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida banklarning vakillik hisob varaqalariga kelib tushgan mablag’lar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida banklarning vakillik hisob varaqalaridan hisobdan chiqariladigan mablag’lar aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir vakil bank bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. 21006 – bankning boshqa banklardagi vakillik hisob varaqalari – Nostro, overdraft – ilgari mavjud bo’lgan debet qoldiqdan to’lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10501 – “Boshqa banklardagi vakillik hisob varaqalari – Nostro” hisobvarag’ida paydo bo’lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10501 – “Boshqa banklardagi vakillik hisob varaqalari – Nostro” hisobvaraqda paydo bo’lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 10501 – “Boshqa banklardagi vakillik hisob varaqalari – Nostro” hisobvaraqqa mablag’lar kelib tushganga kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir vakil bank bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. Shuningdek, 21008 – “Boshqa banklarning hisob varaqalari – naqd pullar”, 21010 – “Boshqa banklarning hisob varaqalari – depozitlar”, 21012 – “Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag’lari bo’yicha boshqa banklarga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar”, 21014 – “Plastik kartalardan amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha boshqa banklarga to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar” hisobi ham alohida tartibda shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Ko’rinib turibdiki, banklararo elektron to’lov tizimi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga Hisob-kitob markazi, bu markazdan olingan har bir bank uchun alohida vakillik hisobvarag’i, banklarning o’zaro shartnomaviy vakillik hisob varaqalari, xorijiy norezident banklar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladigan bo’lsa, har bir alohida bank bilan tuzilgan vakillik munosabatlari talab etiladi. Mijozlar turli savdo nuqtalarida amalga oshiradigan to’lovlari jarayonida turli banklarning turli to’lov usullaridan foydalanadilar.
Bizning sharoitda shaxsiy chek varaqalari nisbatan kam foydalanilgani sababli buni plastik kartalar misolida ko’rib chiqamiz. Barcha tijorat banklari o’z mijozlariga tegishli plastik kartochkalarni taqdim qiladilar. Bunday sharoitda shu bank mijozi plastik kartochkasi orqali boshqa bankning hisobida turuvchi terminal xizmatidan foydalanadi. Yoki naqd pul yechib olish jarayonida o’zga bank bankomatidan foydalanishi mumkin. Bunday sharoitda kun bo’yi amalga oshirilgan terminal to’lovlari umumiy protsessing markazida jamlanib, yakunda har bir bank bo’yicha tegishli mablag’lar o’tkaziladi. Bunday vaziyatda yuqoridagi plastik kartalardan to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar hisobvarag’i bo’yicha bank operatsiyalari amalga oshiriladi. Banklararo hisob-kitoblarning amalga oshirilishi shunday amaliyotlarning imkoniyati keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda zamonaviy bank amaliyotida banklararo hisob-kitoblar yoki amaliyot va hamkorliklarning shakllari va turlari shunchalik keygayganki, ular bo’yicha umumiy tamoyillar faqatgina hisob-kitoblarni o’tkazish va elektron to’lovni ko’rsatish mumkin xolos. Ba’zi banklar hech qanday bank xizmatlari ko’rsatishga mo’ljallanmagan. Ular shunchaki to’lovlarni o’tkazish bilan shug’ullanadilar yoki plastik karta beradilar xolos. To’lovlar hajmining soat sayin ortishi buni majburiyat qilib qo’ymoqda.
Mijozlar to’lov vaqtida hech qanaqa muammoni tan olmaydilar, ular shunchaki lahza ichida to’lovni amalga oshirishni xohlaydilar, buning uchun bankning ham to’lov summasining ham, to’lov shaklining ham ahamiyati yo’q. Chunki to’lovni amalga oshirish jarayonida mijozlar buning ortidan yangi bosqichga o’tishlari mumkin bo’ladi. O’z navbatida mijozlarni to’lov orqaligina jalb qilish yuzasidan banklararo raqobat yuzaga keladi. Endi banklar nafaqat mijozlarning pullarini saqlash, ularga ssudalar ajratish, balki oddiy to’lov jarayonini optimallashtirish evaziga ham barqarorlikni oshirishlari mumkin bo’lmoqda. Bunga esa banklararo vakillik munosabatlari ham katta xissa qo’shadi.



Download 282.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling