Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o'rnatish tartibi reja kirish


Vakillik munosabatlarini takomillashtirish masalalari


Download 282.83 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi282.83 Kb.
#1338463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o\'rnatish tartibi

4. Vakillik munosabatlarini takomillashtirish masalalari .
Banklararo hisob – kitoblarni rivojlantirish, kengaytirish hamda takomillashtirish vakillik munosabatlarining qay darajada shakllanganligiga bog’liq bo’lsa, vakillik munosabatlarini qanchalik darajada o’rnatilganligi tijorat banklarining bunga qay darajada yondashishlariga bog’liq bo’ladi. Tijorat banklarining asosiy maqsadi qonuniy faoliyat bilan yuqori darajada moliyaviy foyda olish hisoblanar ekan, banklararo hisob – kitoblarda qatnashishlari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan samarali hamkorlik o’rnatishlari zamon shartiga aylanib bormoqda.
Hozirgi kunda dunyoning barcha nuqtasini qamrab oluvchi transmilliy korporatsiyalar yuqorifoydani har bir mamlakat yoki aholi uchun o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kelishuv va bitimlarga ega bo’lmoqdalar. Ya’ni, faqatgina moliyaviy foydani olishni o’ylamasdan, barcha jabhadagi hamkorlik o’rnatish orqali ham oxir – oqibat moliyaviy natijaga erishishga olib kelishi mumkin. Tijorat banklari uchun ham huddi shu amaliyot talluqlidir. Bank chet el banklari bilan qo’shma bank ochmoqchi yoki chet mamlakatda sho’ba bank ochmoqchi bo’lganda, birinchi navbatda shu mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy o’ziga xos xususiyatlarini o’rganib, shularga mos ravishda loyihani amalga oshirishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Agarda, bu omillar yetarli o’rganilmasa yoki jiddiy e’tibor berilmasa, hamkorlik davomida kutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bunda o’sha mamlakatdagi hamkor bo’lishi kutilayotgan bankning yaqindan ko’maklashishi a’lo darajada hamkorlik qilinishiga yetaklashi mumkin. Vakillik munosabatlarini o’rnatishda ham aynan shunday yo’l tutgan ma’qul. Nega deganda qanchadir miqdorda mablag’ini umuman boshqa mamlakatdagi tijorat bankiga ishonib topshirar ekan, barcha ichki va tashqi omillarni inobatga olish faqat foydaga ishlaydi. Vakillik munosabatlaridan olinishi kutilayotgan foyda tijorat bankining boshqa aktiv operatsiyalaridan olinadigan foyda bilan aslo taqqoslanmaydi.
Bunda tijorat bankiga foyda vakillik munosabatlarini o’rnatishning ortidan keladigan hamkorlik, hisob – kitob operatsiyalarining turlanishi, va eng asosiysi shu vakillik munosabatlarining ortidan bankka keladigan mijozlardir. Mijoz albatta qanchalik kichik miqyosda bo’lmasin, o’ziga xos tarzda tijorat bankiga foyda keltiradi. Ayniqsa, chet el mamlakatlaridagi tijorat banklari bilan tuziladigan vakillik munosabatlari tashqi savdo, valyutalar, kreditlar, investitsiyalar, kapitallar, mehnat, mahsulotlar va xizmatlar oqimi, xalqaro bozor, eksport – import va shularga bog’liq jamiki amaliyotlarga olib borishga keng imkoniyatlar yaratar ekan, mahalliy banklarga, ularning barcha yuridik va jismoniy shaxslariga faqat samara beradi xolos. Tadbirkorlik va biznesni kengaytirish vaqti kelib, mamlakat ichkarisida albatta ma’lum chegaraga yetadi.
Lekin tashqi savdoga chiqishi bilan mahsulot va xizmatning asl qiymati ma’lum bo’ladi. Tashqi eksportga chiqqan mahsulot yoki xizmat yoki juda qimmatli deb topilishi mumkin yoki aksincha. Shunga monand ravishda faoliyatni kengaytirish yoki qisqartirish, balki to’xtatishga ham to’g’ri kelishi mumkin. Vakillik munosabatlariga muammo keltirishiga sabablarini aniqlangandan so’ng, ulardan ba’zilarini umuman voz kechib bo’lmasligini tushunish mumkin. Negaki, qonun hujjatlaridagi o’zgarishlar har doim ham tijorat banklarining talab va istaklarini inobatga olavermaydi. Shuningdek, bir – biriga bog’liq iqtisodiyotlar tizimining qaysidir qismi o’z vakolatini bajara olmay qolishi ham tijorat bankiga zarar yetkazishi mumkin. Markaziy bank tomonidan boshqariladigan katta hajmdagi to’lov tizimi hisob-kitob qilishning oldini olish uchun banklararo hisob-kitob shartnomasi sifatida qaralishi mumkin.
Ushbu shartnomada Markaziy bank garov ta’minotini saqlovchi sifatida tavsiflanadi. Bank zahiralari banklarning Markaziy bankga taqdim etadigan qarzlar balanslariga mos keladi.Jahon hamjamiyatida tarixida kuzatilgan ko’plab, inqirozlar, ayniqsa, 2008 yilda AQSh da kuzatilgan moliyaviy ipoteka inqirozi eng ko’p bank sohasiga jiddiy zarba bo’lgan. Ba’zi banklar o’z faoliyatini to’xtatgan, ba’zilari qisqartirishlarga yuz tutgan, hamda fond bozori, sug’urta bozori qisman bo’shab qolgan. Banklarning shu va yuqoridagi sanksiyalar tufayli jiddiy zarar ko’rishlari boshqa mamlakatlar tijorat banklarida istiqbolda kutilayotgan hamkorlik imoniyatlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyoti barcha jihatlar bo’yicha bank sohisiga ta’sir ko’rsatishini inobatga olgan holda, va yoki aksincha tijorat banklarining yuqori riskdarajasiga qadar amaliyotlar o’tkazishlari vaqti kelib yo iqtisodiyotni yo banksohasini izdan chiqarishi muqarrardir.
Shunday ekan, iqtisodiyotdagi kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni, yo’qotishlarni hamda turg’unliklarni oldindan ko’ra bilish bankning kuyib qolishini oldini oladi. Banklarning ayniqsa, Markaziy bankning muhim monetar 17 https://www.sciencedirect.com - Hajime Tomura Payment instruments and collateral in the interbank payment system Journal of Economic Theory Volume 178, November 2018, Pages 82-104 siyosati mamlakat moliya-kredit ahvolini normallashtirish uchun foydalaniladi. Bunda foiz va hisob siyosatlari, kredit siyosati mamlakatdagi moliya faoliyatini yo’lga qo’yib, rivojlanishning aynan qanday ketayotganligini ko’rsatib beradi.
Hozirgi kunda inqirozlarning kelib chiqishiga ham ma’lum ma’noda bank faoliyatini qolgan sohalarni tahlil qilmay, hamkorlikda fikr yuritmay turib, foydaning ortidan quvgan holda faoliyatini kengaytirishiga urinishi natijasida sabab bo’lmoqda. Shuningdek, haddan ortiq iqtisodiyotni qo’llab – quvvatlashi natijasida ham muammolarga duch kelinmoda. Inqirozga yuz tutgan korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish amaliyotining tijorat banklari faoliyatiga kiritilishi ham ayrim hollarda bank uchun qo’shimcha yuk bo’lib tushishi mumkin.
Shu yerda bir amaliy misol keltirib o’tsak. Joriy yilda eng yahshi onlayn bank nomiga sazovor bo’lgan Rossiyaning Tinkoff banki asoschisi Oleg Tinkov o’z kitobida muvaffaqqiyatga erishish uchun maksimal 18 oy kutishlarini ta’kidlab o’tgan edi. Bank amaliyotiga yangi mahsulot kiritishi bilan uning rivojlanib, bozorni egallashi va progressiv ravishda foydaga kirishini aynan shuncha vaqt kutib turadi. Muddat tugashi bilan agarda bankning bu yangi mahsuloti kutilgan foyda keltirishni boshlab yubormasa, loyiha qanchalik istiqbolli ko’rinmasin, bundan voz kechishlari shart ekanligini ma’qullaydilar. Bankda foyda me’yorini ham aniq hisob – kitoblar bilan o’lchashga urinadilar. Tinkovning bildirishicha, agarda bank ishlashga zo’r berib, ikki yoki uch yillik rejasini bir yildayoq bajarishi ahmoqona ish bo’ladi, hamda bankning tezroq bankrot bo’lishiga olib keladi. Banklararo hisob – kitoblarning bajarilishimobaynida tijorat banklariga ma’lum bir shart va majburiyatlar qo’yilar ekan, ularning bajarilishi ustidan nazoratni o’z – o’zidan aynan shu vakilning o’zi bajaradi. Hisob – kitoblardagi chalkashliklar aniqlanganda, birinchi navbatda shu banklar o’zaromuhokama olib borganlar, xato yoki chalkashliklarga ham aynan shu banklar yo’l qo’yganlar. Demak, yechimini ham shu banklar yahshiroq xis qiladilar.
Agarda bunday vaziyatda tomonlar bir to’xtamga kela olmasalar, tegishli organlarga, banklararo komissiyalar, sudlarga murojaat qilishlariga to’gri keladi. Vakillik hisob varaqalaridagi amaliyotlar bankning boshqa hisob varaqalaridagi operatsiyalarni amalga oshirishga yo’l qo’ymasligi kerak. Huddi shu navbatda odatiy hisobvaraqlardagi amaliyotlar ham vakillik hisob varaqalaridagi amaliyotlarni olib borilishiga to’sqinlik qilmasligi kerak. Tijorat banklari faoliyati kengayishi bilan mijozlarning ham talablari ortib boradi. Bunda aynan shu talablarni qondirishga ixtisoslashgan tijorat banklari tashkil topishini tahmin qilish mumkin.Yana o’sha Tinkoff bank ham faqatgina plastik kartochkalar bilan amaliyot o’tkazishga ixtisoslashgan bo’lib, bu yo’nalish bo’yicha eng yahshi deb topilgani ham bejizga emas. Bir sohaga yoki bir operatsiyaga ixtisoslashuv qanday yutuqlarga olib kelishi ma’lum. Banklarning shakllanishi esa tijorat banklariga potensial mijoz bo’lishi mumkin bo’lgan aholi qismiga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
Chunki har bir mijozga xizmat ko’rsatish uchun vaqt, personal va sharoit talab etiladi. Mijozlar oqimi yirik bo’lgani bilan bankning xizmat ko’rsatishi yetarli bo’lmasa, ish sifati va tezkorligiga putur yetadi. Va aksincha, haddan ziyod bankning bo’limlari va filiallarining kengayishi ham mijozlar kamligi sharoitida bu tizimni saqlab turishga mablag’ning yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Banklararo hisob – kitoblarni olib borilishi tashqi ta’sirlar va bosimlarsiz ham olib borilishi dolzarbdir. Aytib o’tilganidek, ma’lum bir xalqaro shartnomalar tuzilishi jarayonida unda qatnashishga hohish bildirgan tijorat banklarining o’rtasida majburiy shaklda emas, balki ular orasida tenderlik asosida amalga oshirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ana shunda bu loyihada ishtirok etayotgan tijorat bankining shartnomani tuzilishiga jiddiy e’tibor berishini hamda yuqori samaradorlikka harakat qilishini kutish mumkin bo’ladi. Aks holda, majburan jalb etilgan tijorat banki imkoni boricha bu loyihani boshlanishidan ham oldin bekor qilinishiga harakat qilishi mumkin.
Demak, banklararo hisob – kitoblarlarning amalga oshirilishi hamda vakillik munosabatlari mobaynida vujudga keladigan muammolarni aniqlab oldik. Endi esa ularni bartaraf etgan holda vakillik munosabatlarini takomillashtirish masalalarini ko’rib chiqamiz. Bunda yuqoridagi siyosiy va iqtisodiy masalalar bank sohasiga tegishli yoki banklarning qo’lida emas. Lekin har bir tijorat banki buni ehtimoliy ravishda kelib chiqishini kutgan holda, doimiy ravishda monitoring olib borishi maqsadga muvofiq. Biz esa bevosita banklarning o’z qo’llarida bo’lgan holat bo’yicha takliflar beramiz. Birinchi o’rinda, tijorat banklarining vakillik munosabatlarini o’rnatish oldidan qilishi mumkin bo’lgan harakatlari. Bunda har bir holat bo’yicha vakil bank bilan ochiqchasiga muhokama o’tkazgan holda aniqlik kiritb olishlari zarur. Ya’niki, hatto bankka tegishli bo’lmagan sabablar bo’yicha ham yuzaga kelgan muammoni hech bir aralashuvsiz hal etish yo’lagi bo’lishi ayni muddao. Keyingisi albatta, tijorat banklarining umumiy statusi, moliyaviy ahvoli va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar. Bu o’rinda, tijorat banklarining moliyaviy darajalarining farqlanishi vakillik hisob – kitoblariga ta’sir o’tkazishini oldini olish darkor.
Tijorat banki vakillik hisob varaqalaridagi xarajatlar bo’yicha murosaga kelmay qolishlari mumkin. Har bir bankka teng tushishi shart bo’lgan moliyaviy yuk ham ayrim tijorat bankining moliyaviy rejasiga to’g’ri kelmasligi mumkin. Bunday sharoitda ikki hamkor banklar o’zaro kelishgan holda xarajatlar taqsimotini har ikki tijorat bankini qanoatlantirgan holda ishlab chiqishlari ham mumkin. Shuningdek, eng katta vazifa vakillik hisobraqamlaridagi majburiy mablag’lar limiti bilan bog’liq. Bunda, hatto limitsiz ham ishlashga kelishishlari mumkin. To’g’ri bunday shartni Markaziy bank bilan bajarib bo’lmaydi. Markaziy bankning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy tenglikni saqlash barobarida keskin harakatlarga borishini nazardan qochirmaslik kerak.
Tijorat banklari bilan esa aksincha. Tijorat banklari o’zaro kelishuv holda hisob – kitoblar bo’yicha majburiyatlarni imkon darajasida maqbul sharoitlar va holatlarda bajarishga kelishib olishlari faqatgina foydaga ishlaydi. Banklarning bunday sharoitga yetgunlaricha ma’lum muddat faoliyat ko’rsatib turishlari ham mumkin. Aniqroq aytganda,vakillik shartnomasi odatiy holda tuzilgan holatda, qanchadir muddat yoki operatsiyalar o’tkazilishiga kelishib olinadi. Agarda bu muddat ichida kutilganidek amaliyotlar olib borilsa, shartnomaga har ikki tijorat banki uchun turli qulayliklar joriy etilishi mumkin. Lekin shunda ham qonun doirasida ikki bankning roziligi hamda aynan samarali deb topilgan operatsiyalar bo’yicha o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Banklarning bunday qarorga kelishlari albatta moliyaviy natijalarga olib kelmasdan qolmaydi. Keyingisi va eng asosiysi moliyaviy jihatdan ikki yoki bir bankka umuman zararga ishlayotgan vakillik hisob varaqalari o’zaro kelishgan holda bekor qilishini kerak bo’ladi. Nega deganda, tijorat banki uchun zararga ishlayotgan hamkorlik, u qanday maqsadda tuzilgan bo’lmasin, bankning bosh maqsadiga zid kelib qoladi. Tijorat banki o’z nomi bilan tijorat bo’lganligi sababli har qanday aktiv operatsiyadan, hatto vakillik munosabatlaridan ham voz kechishiga to’g’ri keladi. Oxirgisi, tehnik ta’minotdagi obyektiv sabablar. Bunday sabablar sof tehnik jihatdan olib qaralishi tufayli axborot – kommunikatsiya sohasida qanchalik imkoniyat yaratilsa, bank sohasi ham so’nggi yutuqlardan foydalanadi. Uning joriy etilishi esa faqatgina tijorat bankining moliyaviy ahvoliga bog’liq.


XULOSA:
Mazkur magistrlik dissertatsiyani tayyorlash davomida banklarning vakillik munosabatlari atroflicha o’rganib chiqildi hamda ular bo’yicha amaliyotlar tahlil qilib chiqildi. Vakillik munosabatlarini rivojlantirish faqatgina tijorat banklarining qo’lidagina bo’lib qolmasdan, unga mijozlar ham bank nazorat organlari va hukumatning ham faoliyatlari bog’liq bo’ladi. Tashqi savdoning ildam rivojlanishi hisobiga bank sektorining ichki va tashqi aloqalarining kengayishiga turtki bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan, postindustrial jamiyatga aylanayotgan, tashqi savdo birlamchi bo’lgan mamlakatlarda banklarning keng diversifikatsiyalangan holda faoliyat olib borishlari xalqaro hamkorlik bo’yicha tijorat banklari bilan aloqalarga kirishishlari vakillik munosabatlarini olib borilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Vakillik munosabatlarini olib borilishi davomida tijorat banklarining iqtisodiy va moliyaviy jihatdan samaraga erishishlari ularning mijozlarining moliyaviy holatiga to’g’ri proporsional ravishda bog’langan.
Mijozlarning aylanmalari kengayishi hisobiga tijorat banklarining tashqi aylanmalari ham muntazam kengayib boradi. Hisobvaraqlarning holati bo’yicha olib boriladigan kuzatuv jarayonida tijorat banki qaysi vakillari bilan ish hajmining kengligiga qarab, shu banklar bilan aloqalarni mustahkamlashga, ish hajmi sust vakillar bilan faoliyatni kengaytirishga, zararga ishlayotgan vakillar bilan hisobvaraqlarni yopish haqida qaror qabul qilishlari kerak bo’ladi.
Banklardagi vakillik munosabatlarining natijasi bo’yicha mijozlarning aylanmalari o’zlariga hamyengillik yaratishi mumkin. Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalar ma’lum bir me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Jumladan, tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni eng avvalo, ”Markaziy bank to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va ”Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun, ”Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun, ”Elektron to’lovlar to’g’risida”gi qonun, ”Bank siri to’g’risida”gi qonun, ”O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi nizom, ”Xo’jalik subyektlarining bankdagi hisob varaqalaridan pul mablag’larini ko’chirish to’g’risida”gi yo’riqnomava boshqa tegishli me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi. ”Markaziy bank to’g’risida”gi qonunda Markaziy bankning vazifalaridan biri sifatida – O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash vazifasi belgilangan.
Markaziy bankning hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish vazifasini bajarishi dunyoning barcha mamlakatlarida bo’lgani kabi quyidagilarni amalga oshirishda namoyon bo’ladi :
1. To’lov tizimini tashkil etadi va boshqaradi.
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha subyektlar uchun majburiy shakllarini va hujjatlar turini belgilaydi va tashkil etadi.
3. Elektron to’lovlarni amalga oshirishni tashkil etadi.
4. Hisob-kitoblarni amalga oshirish bo’yicha yuzaga keladigan xatarlarni oldini olish bo’yicha zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va to’lovlar xavfsizligini ta’minlaydi.
”Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunning 33-moddasida banklarning hisob-kitob qilish tartibi belgilangan bo’lib, unda ”Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko’rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar” deb bayon qilingan. Markaziy bankning ”Banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lovlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi nizomida banklararo to’lov tizimida qo’llaniladigan elektron to’lov hujjatlarining tarkibi va tuzilishi, to’lovlarni amalga oshirish tartibi, uzatish va qabul qilish, vakillik hisob varaqalarining yuritilishi va boshqalar ko’rsatilgan. Unga ko’ra, har bir elektron to’lov hujjati tashabbuskor bank tomonidan jo’natish uchun tayyorlangan hujjatni va benifitsiar bankda elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun mo’ljallangan tegishli kod bilan belgilanishi kerak. Operatsiyalar turi, kodlari ham ushbu nizomda o’z ifodasini topgan.
Kursishining kirish qismida ta’kidlab o’tilganidek, banklarda eng kam e’tibor berilayotgan vakillik munosabatlari, agarda shu tahlitda davom etadigan bo’lsa, o’z ahamiyatini yo’qotishi mumkin. Buning oldini olish uchun banklararo to’lov tizimlari va aloqalarini, xorijiy banklar va kredit tashkilotlari bilan to’g’ridan-to’gri hamkorliklarni muntazam ravishda yangi bosqicha olib chiqish, kengaytirish, rivojlantirish, mustahkamlash va boshqa amallarni bajarishni taqozo etadi. Banklarning rezident va norezident tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalari faqatgina kredit yoki resurs jalb etish uchungina emas, balki bank sohasidagi barcha operatsiya turlarini amalga oshirish bilan ham yo’lga qo’yilishi zarur. Quvonarli tomoni bunday hamkorlikni kengaytirish tashabbusi bilan so’nggiyillarda nafaqat hukumat a’zolari, balki tijorat banklari vakillari ham chiqmoqdalar. Ayniqsa, sof xususiy tijorat banklarining bu yo’nalishda olib borayotgan izanishlari yuksak samaraga yetaklamoqda.
Kurs ishining so’ngida, banklararo vakillik munosabatlarini ahamiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini izchil olib borilishiga ko’maklashish uchun bir nechta takliflar keltirib o’tamiz:
– tijorat banklariga rezident va norezident banklar bilan vakillik munosabatlarini amalga oshirishlariga rag’bat uyg’otish;
– qonunchilikda bu sohaga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishda tijorat banklari va mijozlarining talablarini inobatga olish;
– barcha savdo-moliyaviy hamda iqtisodiy va boshqa har qanday turdagi xorijiy aloqalarni o’rnatishda hisob-kitoblarni amalga oshirishda tijorat banklari rolini oshirish.


Download 282.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling