Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o'rnatish tartibi reja kirish


Banklararo vakillik munosabatlari va ularning turlari


Download 282.83 Kb.
bet2/6
Sana07.04.2023
Hajmi282.83 Kb.
#1338463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o\'rnatish tartibi

1. Banklararo vakillik munosabatlari va ularning turlari.
Milliy bank tizimimizning ikkinchi pog’onasi turli mulkchilikka asoslangan banklardan, jumladan, davlat, aktsiyadorlik-tijorat, xususiy va ko’shma banklardan tashkil topgan. Ushbu banklar o’rtasida kredit, hisob-kitob va boshqa ob’ektlar yuzasidan kelishuvlarni hamda banklar tomonidan o’z mijozlariga ko’rsatilayotgan to’lov xizmatlarini amalga oshirish uchun banklararo vakillik munosabatlarni tashkil qilish zamonaviy bank amaliyotining asosiy talablaridan hisoblanadi. Banklar o’z faoliyati davomida mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini taqdim etishida hamda banklararo majburiyatlarni bajarilishida o’zaro munosabatlarga tushadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
– raqobatchi sifatida – mijozlarni jalb qilishda raqobatlashadi;
– hamkor sifatida – bir-biriga kredit berishi, sindikat kreditini berish va boshqa turdagi hamkorliklar nazarda tutiladi;
– vakillik sifatida – bir - birlariga mijoz sifatida.
Banklararo vakillik munosabatlari banklarning bir-birida ochgan vakillik hisobraqami orqali tashkil qilinadi.
Vakillik munosabati o’zaro operatsiyalarini bajarish maqsadida banklar o’rtasida kelishilgan munosabat hisoblanadi. Ushbu munosabatlarni o’rnatgan banklar vakil banklar deb nomlanadi.
Bank tomonidan, vakillik munosabatlarni o’rnatish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi:
– bank o’z mijozlariga to’lov xizmatlarini ularning talabiga mos ravishda to’la amalga oshira olmasa;
boshqa bank bu ishni yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajarsa;
– tijorat banklarining iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish nuqtai nazaridan.
Raqobat sharoitida, banklar o’rtasidagi munosabatlarini tashkil qilinishi asoslanib tasnif oddiy vakillik munosabat ko’rinishidan kompleks hamkorlik darajasigacha rivojlantirish maqsadga muvofiq. 3


Banklarning vakillik munosabatlari bir qator mezonlar asosida tasniflanadi.
Masalan, geografik yo’nalishlari bo’yicha, operatsiyalarning turlari bo’yicha, vakillikraqamlarining hisobi, vakillik munosabatlarini tashkil qilish modeliga ko’ra va boshqalar. Geografik yo’nalishi bo’yicha banklarning vakillik munosabatlarini milliy va xalqaro vakillik munosabatlariga ajratish lozim.

Milliy (ichki) banklararo vakillik munosabatlar davlat hududida banklarning o’zaro majburiyatlarni bajarish uchun tashkil qilinadigan munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro banklararo vakillik munosabatlar xalqaro doirada hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan banklararo munosabatni o’z ichiga oladi. Banklararo vakillik munosabatlar davlat hududi doirasida va asosan milliy valyutada munosabatlar namoyon bo’lsa, quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilangan:
– ikki bank hamkorligining barcha ko’rinishdagi munosabatlarni o’zida mujassamlashtiradi;
– tijorat banklari o’rtasidagi hisob-kitoblar Hisob markazi tomonidan ishlab chiqiladi;
– vakillik hisob operatsiyalari mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida amalga oshiriladi;
– to’lov tizimi tashkilotlarida bevosita ishtirok etish yoki ularning ustidan nazorat o’rnatish Markaziy banklarning vazifalaridan hisoblanadi;
– tijorat banklariga chet el valyutalaridagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklarda vakillik hisobraqamlarini ochishlariga ruxsat etiladi. Operatsiyalar turlari bo’yicha banklarning vakillik munosabatlarini mijozlarga xizmat ko’rsatish va banklarning operatsiyalariga ajratish lozim. 4

Mijozlarga xizmat ko’rsatishi uchun. Ushbu turda banklarning vakillik munosabatlari asosan mijozlari talabiga va istagiga binoan tashkil qilinadi. Ular mijozlarining tijorat kelishuvlarini, ularning trast va qimmatli qog’ozlari bo’yicha operatsiyalarini amalga oshirishi hamda ularni kafolatlash va boshqa xizmatlarini bajarish uchun zarur. Banklarning banklararo operatsiyalari uchun.
Bu asosan banklarning pul, valyuta va kapital bozorlarida faol ishtirok etishi uchun mo’ljallangan bo’lib, qimmatli qog’ozlarni, valyutalarni sotish va sotib olish, kredit olish va depozitlarini joylashtirish kabi operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydi. Bir so’z bilan aytganda, bunda faqatgina banklar va ularning resurslari bilan bog’liq hisob-kitob operatsiyalari amalga oshiriladi. Banklarning vakillik munosabatlari xarakteriga ko’ra, banklarning vakillik hisobraqamlarini ochib yoki ochmay tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakillik hisobraqamlarini ochish orqali tashkil qilish. Banklarning bu turdagi vakillik munosabatlari tashkil qilinishi uchun vakillik hisobvarag’ini ochish taqozo etiladi, hisobvaraqlar banklar kelishuvi asosida bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin.

Bir tomonlama hisobvaraqlarning ochilish holatida bir bank ikkinchi bankda hisobvarag’ini ochadi, lekin ikkinchi bank esa birinchi bankda o’z hisobvarag’ini ochmaydi. Agar vakil banklar bir-birida vakillik hisobraqamlarini ochishga qaror qiladigan bo’lsa, unda ikki tomonlama vakillik munosabatlari tashkil qilinishi to’g’risida gap yuritiladi.


– Banklarning vakillik hisobraqamlarini ochmasdan tashkil qilish. Ma’lumki, ko’p hollarda banklar banklararo hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun boshqa banklarning xizmatidan foydalanishiga to’g’ri keladi.
Bunda banklar o’rtasida kelishuv amalga oshirilib, boshqa banklarda tranzit hisobraqamlari ochish ko’zda tutiladi. Banklar vakillik munosabatlarini tashkil qilish shartnomasida hisob-kitoblarni amalga oshirish shakl va shartlari, axborot almashuv tartibi, o’zaro huquq va majburiyatlari, vakillik hisobraqamidan foydalanish bo’yicha komission to’lov shartlari hamda pochta, telegraf va boshqa xarajatlarni qoplash, shartnoma shartlari buzilish holatida tomonlarning mas’uliyati, shartnomaning muddati va uni muddatidan oldin buzish holati o’z aksini topishi lozim. Vakillik munosabatlari o’rnatilgandan so’ng birinchi qadam hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobvaraqalarni ochish hisoblanadi. Banklarga hisob varaqalarini ochish bir qancha variantlarni o’z ichiga oladi. onlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin.5

Banklarning vertikal vakillik munosabatlarini tashkil qilinishida markazlashgan model namoyon bo’ladi. Bunda Markaziy bank yoki yirik bitta bank banklararo hisob-kitob markazini funktsiyasini bajarilishini ko’rish mumkin. Markazlashgan model ko’rinishida vakillik munosabatlarni tashkil qilinishi banklarning o’rtasidagi hisob-kitob jarayonlarini nazorat qilish va shaffofligini ta’minlash osonlashadi.
O’zbekiston bank amaliyotida milliy so’mdagi banklararo vakillik munosabalar aynan vertikal ko’rinishda tashkil qilingan, milliy banklarning chet el valyutasida tashkil qilingan vakillik munosabatlari esa gorizontal ko’rinishga ega. Vakillik munosabatlarning markazlashmagan modelida tijorat banklari bir-birida vakillik hisobvaraqalarini ochishi orqali yoki mustaqil kliring markazlari ko’magida banklararo hisob-kitob jarayonlarini tashkil qiladi.
Banklarning o’rtasidagi vakillik munosabat vakillik munosabatlarni tashkil qilish shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi. Bu holatda banklar vakillik hisob varaqalarini qoldigini debetlab, yoki kreditlab hisob-kitob jarayonining natijalarini o’zida aks ettiradi va ikki tomonlama kliring funktsiyasini bajaradi.
Tijorat banklarining vakillik munosabatlarini markazlashmagan modelining yana bir ko’rinishini ko’rib chiqamiz. Bunda bir necha tijorat banki kelishgan holda mustaqil kliring institutini tashkil qiladi va unga a’zo bo’lgan banklar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar kliring tartibida amalga oshirilib, banklararo hisob-kitob me’yorlari hamda talablari barcha a’zo banklar ishtirokida ishlab chiqiladi.
Ushbu kliring tizimidan bu tizimga a’zo bo’lmagan tijorat banklari ham foydalanishlari mumkin. Ularning ishtiroki faqat institutga a’zo banklar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qoida, talab va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Ushbu qoidalar va talablar banklarning likvidlik holatiga, to’lov intizomiga va boshqa parametrlariga qo’yilgan bo’ladi.
Bundan tashqari tizimdan foydalanish ixtiyorini bildirgan banklar tizimdagi barcha shart-sharoitlar va yuzaga keladigan risklar to’g’risida ma’lumotga, shuningdek, tizimning a’zo banklaridan birida vakillik hisobvarag’iga ega bo’lishi lozim. Tizimdan foydalanuvchi banklar uning a’zo banklariga nisbatan to’lov haqini yuqori miqdorda to’lashi lozim. Jahon bank amaliyotida vertikal hamda gorizontal vakillik munosabatlarni samarali va uyg’un tashkil qilinganligini yaqqol ko’rish mumkin. Bunday yondashuv, banklarning iqtisodiy imkoniyatlarini, ularning vakillik munosabatlarning kengayishiga zamin yaratib beradi.
Masalan, AQShda “Fedwire” tizimi bo’yicha banklarning vakillik munosabatlari markazlashgan model asosida tashkil qilingan bo’lsa, davlat hududida har xil sig’im va ko’rinishdagi hususiy to’lov tizimlari ko’p bo’lib, banklar vakillik munosabatlarini gorizontal tashkil etganini, ya’ni markazlashmagan model asosida banklararo vakillik munosabatlar o’rnatilganligini ko’rish mumkin. Banklarning vakillik hisobvaraqalarini yuritish bo’yicha “Nostro” va “Vostro” (“Loro”) hisobvaraqalariga ajratish lozim.
“Nostro”lotincha “Nostra”so’z bo’lib, “bizniki” degan ma’noni anglatadi.
“Nostro” vakillik hisobraqamlari bankning boshqa banklarda ochgan vakillik hisobvaraqalari bo’lib, hisobi yuritilishi bankning bosh ofisidan amalga oshiriladi va ular ushbu bankning aktivlaridan joy oladi. “Vostro” lotincha “Vostra” so’z bo’lib, “sizniki” degan ma’noni anglatadi. “Vostro” yoki “Loro” vakillik hisob varaqalari – boshqa banklarning bankda ochilgan vakillik hisobraqamlaridir.

Ushbu hisobraqamlarda mavjud mablag’lardan hisob-kitob jarayonida foydalanish va ularni boshqarish vakillik hisobraqami egalarining buyrug’iga binoan amalga oshiriladi. “Vostro” va “Loro” hisobraqamlari mazmun jihatidan bir xil. “Loro” hisobraqami italyancha “Loro conto” so’ziga asoslangan bo’lib,“ularning hisobraqami” degan ma’noni anglatadi. Bunda vakil banklar bank-respodentga vakillik hisobraqamini ochganligini anglatadi. Vakil banklar norezident bankiga vakillik hisobraqamini ochganda hisobraqami “Vostro”deb nomlanadi.6



Download 282.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling