Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o'rnatish tartibi reja kirish
Vakillik munosabatlarini amalga oshirishdagi muammolar
Download 282.83 Kb.
|
Banklararo vakillik munosabatlari mazmuni, zarurligi va o\'rnatish tartibi
3. Vakillik munosabatlarini amalga oshirishdagi muammolar.
Banklararo vakillik munosabatlarini iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, texnologik o’rganish hamda turli tadqiqot metodlari yordamida tahlil qilinishi jarayonida aniqlangan muammolar haqida yuqorida qisqacha bo’lsada keltirib o’tilgan. Endi ularni konkret ravishda ajratgan holda yakuniy masalani qo’yishga harakat qilamiz. Banklararo vakillik munosabatlari orqali amalga oshiriladigan hisob – kitoblar o’zida barcha operatsiyalarni namoyon qilishi mumkin. Shunday ekan, u yoki bu xizmatlarni ko’rsatish jarayonida banklararo aloqa o’rnatilishi shubhasiz. Avvalo, Markaziy bank bilan olib boriladigan vakillik hisobraqamlaridagi holat bo’yicha so’z yuritadigan bo’lsak, barcha tijorat banklariga Markaziy bank bir xil pozitsiyada harakat qilishi lozim. Lekin tijorat banklarining ayrim hollarda o’z zimmalaridagi vazifalariga yetarlicha baho bera olmay qolgan vaqtlarda, shu tijorat banki bilan hamkorlikdagi vakil bank ham muammolarga uchrashi mumkin. Mijozlarining talabiga ko’ra, vakil bankka mablag’lar o’tkazish jarayonida pul mablag’larining yetishmovchiligi kelgusi istiqbolda depozitlarni qo’yishga, o’z bankida muammolar sodir bo’lganda vakil bankka nisbatan qat’iy talablarni qo’yishga majbur etadi. Lekin mablag’ yetishmagan taqdirda, zaxira yaratib qo’yish ham vakillik hisobraqamlari uchun maqbul emas. Bunda shundoq ham birinchi darajali to’lovlar uchun pul resurslariga ehtiyoj sezayotgan bankda zaxira uchun mablag’ topish amrimaholdek tuyuladi. Banklararo hisob – kitoblarda ta’kidlab o’tilganidek, tezkor ravishda mablag’larni o’tkazish katta muammo sanalib kelmoqda. Qisqa muddatda mablag’ topa olmay qolganda, tijorat bankiga vakillik hisobraqamidan foydalangan hollarda, ma’lum vaqt oldin ogohlantirish zaruriyati kun tartibiga chiqmoqda. Shu bilan birga banklarning ko’p hollarda hisob – kitoblarga ikkinchi darajali masala deb qarashlari, ayniqsa mijozlarning moliyaviy – xo’jalik operatsiyalari bo’yicha hisob – kitoblarida, agarda bankka foydali deb hisoblamasalar, shuningdek, vakillik hisobraqamlaridan olib boriladigan amaliyotlarda vakil bankning manfaatiga ko’p hollarda sovuqqonlik bilab yondashishlari banklarning banklararo hisob – kitoblarga samarali natijalar ko’rsatilishiga to’sqinlik qilmoqda. Banklar faoliyati davomida moliyaviy va boshqaruv strategik rejalashtirishni to’g’ri yo’lga qo’ya olmaganliklari tufayli ham hisob – kitoblar jarayonida muammolarga duch kelishlari mumkin. Hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonida kreditorlik qarzdorliklarini yopish bo’yicha tartibga alohida rioya qilishlari kerak bo’ladi. Agarda kreditorlik majburiyatlari yuzasidan o’z vaqtida mablag’larga ega bo’linsa, aktiv operatsiyalar bo’yicha olinishi lozim bo’lgan foizli va boshqa turdagi haqlar rejaga muvofiq belgilangan vaqtlarda undirilsa, bu bo’yicha muammolar kelib chiqmaydi. Agarda daromadlar undirilishi yuzasidan kechikishlar yoki yo’qotishlar va zararlar kelib chiqadigan taqdirda, kreditorlik majburiyatlarini bajarishga putur yetkazmaslik maqsadida, haqdorning maqomiga (budjet va mahalliy soliqlar, yig’imlar, turli xil fondlarga to’lovlar, boshqa hususiy tashkilotlar oldidagi qarzdorliklar) hamda qarzdorlikning vujudga kelishi muddatlariga monand ravishda taqsimot asosida yopish nazarda tutiladi. Tijorat banklarining vakil banklari oldidagi majburiyatlari esa alohida e’tiborga olinishini hisobga olsak, bunda ta’kidlab o’tilganidek, har bir amaliyot kuni ochilishi arafasida oborotlar va qoldiqlar nazoratdan o’tkazilgan holda yangi ish kuniga ruxsat beriladi; shunday ekan, bu borada to’lovlarning uzilishi nafaqat banklarning amaliyot ish kuniga ta’sir etibgina qolmay, balki vakil tomonlarning hamkorligiga zarar yetkazishi mumkin. Banklarda hisob – kitoblarning amalga oshirilishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar tehnik ta’minot yuzasidan ham sodir bo’lishi mumkin. Ba’zi tijorat banklarining moliyaviy ahvolini o’ta barqaror emasligi natijasida, faoliyatiga yetarli darajada shart – sharoitlarning yaratilmaganligi, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanmaganligi natijasida, misol uchun bank faoliyatining to’liq avtomatlashtirilganini hisobga olsak, asosiy ish bajarish vositasi hisoblangan kompyuter vositalarining davr talabiga mos kelmasligi, vaqtida tehnik ko’riklardan o’tkazilmasligi, uning foydalanishi jarayonida tashqi ta’minotchilarning (energiya, tarmoq, aloqa) uzilishi yoki rad etilishi kabi sabablar ham hisob – kitoblarning amalga oshirilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Banklararo vakillik munosabatlarini amalga oshirish oldidan, xorijiy banklar bilan ayniqsa, talab qilinadigan hujjatlar to’plamining nomutanosib bo’lishi ham ko’p hollarda bunday munosabat o’rnatilishiga xavf tug’dirmoqda. Misol uchun, chet el bank qonunchiligida monopoliyaga qarshi kurashish jarayonida tijorat banklari ham xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan bir xil maqomda javobgarlikka tortiladi hamda umumiy qoidalarga bo’ysunadi. Shuningdek, bir necha turli xil faoliyat yo’nalishlaridagi korxonalar, tashkilotlarning konsern tarkibida tijorat bankining ham paydo bo’lishi ma’lum ma’noda bankning shu kompaniyalar manfaatiga, boshqa kompaniyalar zarariga bo’lsada yon bosishlarini kutish mumkin. Bunday sharoitda respublikamizda tijorat bankiga istisno tariqasida faqatgina notijorat tashkilotlari bilan birlashishiga yoki uyushishiga yo’l qo’yiladi xolos. Tijorat banklari bajaradigan operatsiyalari bo’yicha mustaqil qaror qabul qilishlarini nazarda tutgan holda, ular boshqa tijorat banklari bilan vakillik munosabatlarini o’rnatishda ham mutlaqo mustaqillikga egalar. Har bir bank o’ziga vakil deb munosib deb topgan banki bilangina vakillik munosabatlariga kirishlari lozim. Bunda sof iqtisodiy manfaatlar evaziga hamkorlik o’rnatilishi lozim. Ya’ni, vakillik munosabatlari haqida rejalashtirayotgan banklar oldindan qanday maqsad yo’lida hamkorlik qilishlarini aniqlashtirib, ikki tomonning bunga munosabatlarini bir to’xtamga kelishlari uchun birlashtiradilar. Yakuniy yechimga kelish orqali o’z – o’zidan hamkorlik o’rnatish ijobiy hal etiladi. Mustaqil qaror qabul qilishning ma’nosi ko’p jihatdan hukumatning ma’lum bir loyihasi asosida tijorat banklariga ortiqcha yuk bo’lib tushmasligi inobatga olinadi. Masalan, deylik biror mamlakat chet davlatidan ma’lum bir ishlab chiqarish sohasi yoki xizmat ko’rsatishning ayrim yoki kompleks infratuzilmasini o’zlashtirish yuzasidan ish olib bormoqda. Loyihaning homaki varianti yahshilab o’ylab chiqilganidan so’ng, unga bu loyihani ishga tushirishga qodir bo’lgan xorijiy kompaniyalar izlashga tushadi. Albatta, xorijiy investor ham, shu loyihani ishga tushirishga nomzod firma ham buni tekingabajarmaydi. Shunday ekan, ularning talablari bilan hisoblashgan holda hamkorlik shartnomasi tuziladi. Ayni shu vaqtda pul mablag’lari, u hoh investitsiya bo’lsin, hoh kredit yoki boshqa ko’rinishdagi resurs bo’lmasin, tijorat banki orqali o’zlashtirilishi talab etiladi. Bunda amalga oshirilishi kutilayotgan loyiha rezident tijorat bankining manfaatlariga ham to’la mos kelishi kerak. Aks holda, majburiy ravishda hamkorlikka jalb etilgan tijorat banki, faoliyat davomida muammolarga uchrashi ham ehtimoldan holi emas. Chunki vaqt o’tib, kafil bo’lib turgan organning loyihadan voz kechishi mablag’lardan voz kechilishini anglatmaydi. Bunda to’lovchining bo’yin tovlashidan oxir – oqibat vositachi tijorat banki zarar ko’rishi mumkin. Hozirda ko’plab, tashqi iqtisodiy faoliyat yuzasidan tuzilayotgan bitimlar ham tijorat banklarining loyihalarga ekspert nazaridan qarashlariga, istiqbolni belgilash, qo’shimcha chora – tadbirlar ko’rish orqali faqatgina yuqori samaradorlikka ega bo’lgan loyihalarni saralashni taqozo etmoqda. Lekin, bu samaradorlik faqatgina moddiy yoki iqtisodiy – moliyaviy ko’rinishda bo’lishi shart emas. Mamlakat ijtimoiy va infratuzilmaviy hayotida ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan loyiha ham huddi shunday manfaatga olib kelishini istisno etmagan holda amaliyotga tadbiq etilishi maqsadga muvofiq ko’riladi. unday loyihalar aksariyat rivojlanayotgan yoki bu bosqichga chiqishga harakat qilayotgan mamlakatlar uchun xosdir. Ularda iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish uchun ham shunday birlamchi infrastrukturalarni yo’lga qo’yilishi zarurdir. Agarda, iqtisodiy rivojlanishga harakat qilinsayu, buni amalga oshirish uchun yetarli shart – sharoitlar yaratilmasa, hech qanday iqtisodiy rivojlanishga umid qilmasa ham bo’laveradi. Shunday ekan, iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli rejalashtirilgan strategiyasi aniq hisob – kitoblar asosida ishlab chiqilshi talab etiladi. Banklararo hisob – kitoblarni olib borish jarayonidagi muammolar esa, ikki tomonlama kelishuvning qanchalik bajarilayotganligi bilan kelib chiqishi mumkin. Agarda, vakillik munosabatlarini o’rnatayotgan banklar shartnoma tuzilayotgan vaqtda, barcha ehtimoliy holatlar bo’yicha tegishli chora – tadbirlarni shartnoma bandlariga kiritmasalar, keyinchalikko’zda tutilmagan holatdagi muammolar kelib chiqqanda banklarning bir – biriga keskin talablarni qo’yishi mumkin. Vakil bankning albatta mas’ul bank oldida majburiyati bo’ladi. Albatta, bank o’z vakillik hisobvarag’ini vakil bankida ochganda, shu bank orqali hisob – kitoblarini amalga oshirishga imkon yaratiladi. Demakki, vakil bank yordamida mas’ul bankning hisob – kitoblarida tezkorlik va qulaylik imkoniyatlari yaratiladi. Shunday ekan, vakil bank mas’uliyatni his qilgan holda hamkorining vakillik hiosbvarag’i ustidan olib borilayotgan amaliyotlarga to’la majburiyatni oladi. Hisob – kitoblarni to’g’ri yuritilishi hamda qoldiqlar bo’yicha axborotlarni aniq va tezkor yetkazish, shuningdek, kutilayotgan yoki tasdiq etilishi kutilayotgan to’lov hujjatlari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan amaliyotlar shuning jumlasidandir. O’z navatida, vakil bank ham mas’ul bankda foydalanayotgan vakillik hiosbraqami uchun, ya’ni foydalanishga imkon yaratgani uchun mas’ul bankka qoplanishi zarur bo’lgan xarajatlarini o’z vaqtida to’lashi kerak bo’ladi. Muntazam ravishda amaliyotlar olib boriladigan vakillik hisobraqamlari bilan ishlayotganda mas’uliyat yanada ortadi. Nega deganda, o’z – o’zidan bunday hisobraqamlarda aylanayotgan pul mablag’larining miqdori ham yirik summani tashkil etishi ortidan, vakillik hisobraqamlaridagi so’nggi hisob – kitoblar oldidan yetarli mablag’ tayyorlab qo’yilishiga sabab bo’ladi. Ma’lumki, tijorat bankida kunlik oborotlar uchun barcha bo’limlarda o’ziga xos ”kassa”ni bajarish vazifasi qo’yiladi. Kirim kassa uchun ma’lum miqdorda mablag’ to’plash, kredit bo’limi uchun belgilangan kredit grafigi bo’yicha undiriladigan foizlar hamda asosiy qarz summalari, valyuta amaliyotlari uchun alohida oldi – sotdi va ayirboshlash limiti, shuningdek, ba’zi hollarda omonat kassalari uchun ma’lum miqdorda mablag’-reja asosida pullarni kelib tushishi ta’minlanadi. Huddi shu amaliyot bo’ylab, kun davomida bankning chiqimlari bo’yicha ham reja ishlab chiqiladi. Ya’ni, budjet va nobudjet qarzdorliklarga, mijozlar bilan hisob – kitoblarga va boshqa operatsion xarajatlar bo’yicha aniq tartib bo’yicha hisob – kitoblarni amalga oshirish zaruriyati bajariladi. Demak, bankning vakillik hisobraqamlaridagi barcha amaliyotlar bo’yicha ham yakuniy hisob – kitoblar bo’yicha tegishli mablag’larni to’lab qo’yishi va tegishlicha vakillik hisobraqamlari bo’yicha olinishi lozim bo’lgan mablag’lar muddati bo’yicha undirilishi to’la nazorat qilinishi kerak. Banklarning hisob – kitoblarda mutanosib harakatqilinmasligi natijasida oxir-oqibat vakil banklari oldidagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lari ko’pincha topilmay qoladi. Tijorat bankining birlamchi operatsion amaliyotlaridagi hisob – kitoblarga zo’r berib yuborishlari natijasida vakillik hisobraqamlaridagi majburiyatlari ko’pincha muammolarga sabab bo’lishi mumkin. Demak, umumiy olib qaraganda, vakillik munosabatlarini o’rnatish, ular bilan amaliyotlar olib borish hamda ma’lum bir sabablarga ko’ra vakillik munosabatlariga chek qo’yilayotganda yuzaga keladigan muammolarni keltirib chiqishi mumkin bo’lgan sabablarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: – Mahalliy va xalqaro qonunchilikdagi o’zgarishlar, iqtisodiy va siyosiy voqealar, inqirozlar, tangliklar; – Vakil banklarning bir yoki barchasini tuzilgan shartnoma shartlarini to’la yoki qisman bajarmasliklari; – Vakillik hisobraqamlarida yetarli amaliyotning bajarilmasligi yoki umuman samarasiz ekanligi; – Tehnik hamda dasturiy ta’minot, yetarli sharoit yaratilmaganligi va boshqa obyektiv omillar; – Boshqa sabablar. Download 282.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling