Matematika fanidan


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1449923
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
22.42. Oripov A\'zamjon Nomonovich. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO‘LIMI 
IQTISODIYOT YO‘NALISHI 
 
22.42-GURUH TALABASI 
 
ORIPOV A’ZAMJON NOMONOVICHNING 
MATEMATIKA FANIDAN 
Mavzu: 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
 
 
 
Bajardi:
A.Oripov 
Qabul qildi:
 
 
____________________________________ 
 
 
 
 
 
 
 
Farg‘ona – 2023 
 


 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 
Reja: 
Kirish 
1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 
2. Ishlab chiqarishning umumiy va ‗irovard natijalari. 
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 
4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 


Kirish 
Biz oldingi mavzuda aytganimizdek, inson yashamog‘i uchun ovqatlanishi, 
kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro‘zg‘or buyumlari, turli jihozlarga ega bo‘lmog‘i 
zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. 
Kimdir g‘alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab 
chiqaradi, kimdir ‗axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‗axtadan tola ishlab 
chiqaradi, yana kimdir toladan i‘ qilib to‘qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va 
hokazo.
Shunday qilib, insoniyat iste‘mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab 
chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma 
bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining 
asosini moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi. 
Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘‘gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa 
keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ishlab 
chiqarish jarayonini yoritish e‘tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, 
talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday 
ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo‘llanilishini va 
qanday bo‘lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab 
chiqarish jarayonida sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar 
qolishiga sabab bo‘lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan 
munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste‘mol jarayonlarida bo‘ladigan 
munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish bo‘lmasa 
ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Chunki ishlab 
chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo‘lsa, boshqa 
fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo‘ladi. Shuning uchun 
ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko‘‘gina chalkashliklarga 
olib keladi. 
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan 
fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi 
munosabatlarni bilmaslikdan deb o‘ylaymiz. Ma‘lumki, ishlab chiqarishda faqat 
mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli 
ko‘rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish 
jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga 
ega deb o‘ylaymiz va, shunga ko‘ra, bu jarayonni batafsil ko‘rib chiqish zarur deb 
hisoblaymiz. 
Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va 
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling