Matematika fanidan


-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1449923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
22.42. Oripov A\'zamjon Nomonovich. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.

2-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi. 
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 
yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat 
jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar 
kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori bo‘ladi. Shuning 
uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga 
ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri 
va tushunarli bo‘lar edi. Ishchi kuchi faol asosiy ishlab chiqaruvchi kuchdir. 
Chunki u hamma moddiy vositalarni va ‗ul mablag‘larini harakatga keltiradi, 
ulardan unumli foydalanadi. 
Ka‘ital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. 
Ko‘‘chilik ka‘ital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning ka‘italizmga 
xosligini isbotlaydi va ka‘italni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, 
o‘z-o‘zidan ko‘‘ayuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb 
iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar ka‘italga daromad 
keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. 
Ишлаб чиқариш омиллари 
Ишчи кучи 
Ер 
Тадбиркорлик 
қобилияти 
Капитал 


Qator g‘arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, ‗.Xeyne, E.Dolon, 
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, 
‗rof. V.D.Kamaev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — 
ka‘ital o‘zidan o‘zi ko‘‘ayuvchi qiymat» deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, 
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr 
etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va 
Evro‘a mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim 
adabiyotlarda ka‘italni hamma ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya‘ni hamma turdagi mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, trans‘ort vositalari va 
boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga ‗ul va tovarni kiritmaydi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar ka‘italistik iqtisodiy tuzumning 
sostial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish 
omillarining qiymatiga e‘tiborni kuchaytirgan. G‘arbdagi kasbdoshlarimizning 
ayrimlari ham ka‘italni bir tomonlama, ya‘ni uning qiymat tarafini e‘tiborga olgan 
bo‘lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e‘tibordan chetda 
qoldirib, uning moddiy ob‘ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini 
ko‘rsatadilar, shuning uchun ular ka‘italni doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb, 
ishlab chiqarish vositalarini ka‘ital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir 
tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya‘ni ka‘ital tushunchasining ikki 
tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa 
uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e‘tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ka‘ital deb ishlatamiz. Biz ka‘ital deganda o‘z egalariga daromad 
keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida 
ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi 
vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan ‗ul mablag‘larini, ularning 
ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda 
«ka‘ital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir. 
Bu erda ka‘ital turli shaklda: ‗ul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa 
moddiy vositalar shaklida bo‘lishi mumkin. 
Hamma adabiyotlarda erga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya‘ni er-suv 
deganda tu‘roq unumdorligi, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma 
boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e‘tibor beriladigan omillardan biri 
tadbirkorlik qobiliyatidir. 
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi 
kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta‘minlaydigan, 
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, 


javobgarlikdan qo‘rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui 
esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda 
axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. 
Bizning fikrimizcha, ular er va ka‘italda o‘z ifodasini to‘adi. Ishlab chiqarish 
jarayonida biz yuqorida sanab o‘tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-
birini to‘ldiradi, bir-biriga ta‘sir qiladi. Ulardan biri bo‘lmasa ishlab chiqarish 
bo‘lmaydi yoki samarasiz bo‘ladi, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ikki 
yoki bir nechta ishlab chiqarish omillarining bir-biriga o‘zaro ta‘siri natijasida 
vujudga kelgan mahsulot (tovar yoki xizmat) hajmining o‘zgarishi ishlab chiqarish 
funkstiyasi deyiladi. Ishlab chiqarishning omillari doimo bir xil bo‘lib turmaydi, 
ular sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Ishlab chiqarish 
vositalari rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, stanoklar 
vujudga keladi. Shuningdek ishchi kuchi ham ongi, malakasi oshgan, yangi 
mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo‘lib boradi. 
Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bog‘liq va o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi, 
birining o‘zgarishi ikkinchisiga ta‘sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o‘zaro 
ta‘sir usuli texnologiyada o‘z ifodasini to‘adi. Kishilar buyumlarning ilgari ma‘lum 
bo‘lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash 
sirlarini bilib oladilar, ilg‘or texnologiyani qo‘llaydilar, yangi materiallardan, 
energiya 
turlaridan 
foydalanadilar. 
Ishlab 
chiqarish 
omillarining 
va 
texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va 
shaklining o‘zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo‘ladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling