Debet 93609 - Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar
Kredit 96379 - Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlarva boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Shu bilan birgalikda berilgan qisqa muddatli kredit summasi balansdan tashqari hisobvaraqda quyidagicha hisobga olinadi:
Debet -91901 - Qarzdorlarning qisqa mudatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari
Kredit - 96345 - Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i.
Tijorat banklarida ko‘zda tutilmagan hisobvaraqlarda foydalanishga toprishilgan bank mulklari hisobi ham yuritiladi. Bunda xozirgi kunda ommalashib borayotgan plastik kartochkalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi bankomat, terminal va infokiosklar hisobga olinadi. Ularni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
90400 - Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari
90402- Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari
90404 - Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari
90406- Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari
90410- Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar 90412- Bank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar 90414- Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar
90402, 90404, 90406 hisobvaraqlarda bank tomonidan muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodahisobgaolinadi.
3. Banklarda qimmatbaho buyumlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinishi
Qimmatli qog‘ozlar davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazilgandan so ‘ng hamda chiqarilgan aktsiyalar Markaziy depozitariyda hisobga olingandan so ‘ng,
depozitariyning hisobotiga asosan quyidagi buxgalteriya o ‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 90329 - «Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari»
Kredit 96314 - «Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».
Tijorat banklari o‘zlari chiqargan aktsiyalarini bekor qilish istagida qayta sotib olgan vaqtda ham ularning hisobini bankning balansdan tashqari hisobvarag‘ida yuritadi va quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |