Banklarda Buxgalteriya Mavzu: Banklarda kassa operatsiyalari hisobi


Download 7.27 Kb.
bet1/2
Sana05.08.2023
Hajmi7.27 Kb.
#1665393
  1   2
Bog'liq
Banklarda Buxgalteriya Mavzu Banklarda kassa operatsiyalari his-azkurs.org


Banklarda Buxgalteriya Mavzu: Banklarda kassa operatsiyalari hisobi

Banklarda Buxgalteriya

Mavzu:Banklarda kassa operatsiyalari hisobi

Tayyorladi:Nosirov Bexruz

Reja:


  • 1. Kassa ishlarini tasbkil etish va hujjatlami saqlash

  • 2. Kassa operatsiyalari va ulaming hisobi

  • 3. Kassa hujjatlarining rasmiylashtirilishi.

  • 4. Naqd pullarni qabul qilish va ularning hisobi

  • Banklar aholi va mijozlarga naqd pullarni berish va ularni qabul qilish maqsadida kassa ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi.

  • Banklar mijozlarga kassa xizmatini ko'rsatish uchun kassa operatsiyalari bo'limiga ega bo'lishi kerak. Banklar kassa xizmatini ko'rsatish, tegishli pul ombori va kassalari faoliyatini tashkil etish uchun Markaziy bankning tegishli letsenziyasiga ega bo'lishlari shart.

  • Bankning pul ombori, kassalari va pullarni qayta sanaydigan bo’limlari pullarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun zarur bo'lgan jihozlar, mahkamianadigan temir shkaflar, o'tda yonmaydigan seyflar va temir seyflar bilan jihozlangan bo’lishi shart. Bankning kassalaridagi naqd pul va qimmmatliklar xavfsizligini ta'minlash maqsadida uning tashqari va ichkari oynalaridan ko'rinmasligi hamda tegishli panjaralar bilan himoyalangan bo'lishi lozim.

  • Banklarda kassa ishlarini tashkil etishda naqd pullarni saqlash va ulardan samarali foydalanish, inkassatsiya qilish va boshqa operatsiyalarni to'g'ri, aniq, to’liq hamda vaqtida bajarilishiga e'tibor qaratiladi. Bularning barchasi kassa intizomiga to'liq rioya etishni talab etadi.

  • Banklarda kassa operatsiyalari bo'limini qimmatliklar bilan ishlashdan ozod etilgan boshliq boshqaradi, shuningdek, kassa operatsiyalari ustidan nazorat o'rnatadi va uni to'g'ri tashkil etilishi bo'yicha mas'ul hisoblanadi. Qimmatliklarni saqlash va ular bo'yicha operatsiyalar o'tkazish bilan bog'liq moddiy javobgarlik – kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi.

  • Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullarni qayta ishlashga bo'lgan hajmini e'tiborga holda

  • kirim kassa

  • chiqim kassa;

  • kirim-chiqim kassa;

  • pulni qayta sanash kassasi;

  • kechki kassa;

  • xo'jalik yurituvchi qoshida maxsus kassalarni tashkil etishi mumkin.

  • Shuningdek, plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bankdan tashqari ko'rsatish imkoniyatini beruvchi bankomatlar ham o'rnatilishi murnkin. Bankning kassa bo'limiga ishga qabul qilingan bareha kassirlar bilan yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to'g'risida shartnoma tuziladi.

  • Operatsiya kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan hisob operatsiya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug'ullanuvchi hisob-operatsiya esa - namunalari bilan ta'minlangan bo'lishlari lozim.

  • Operatsiya kassasining naqd puli va boshqa qimmatliklar saqianadigan pul omborlari qirnmatlikiarning but saqlanishi uchun javobgar bo'lgan uch shaxs uchta kalit bilan ochiladi va qulflanadi, hamda muhrlari bilan muhrlanadi. omborlarining birinchi kaliti- kassa mudirida ikkinchi kaliti - rahbarda va uchinchi kaliti bosh buxgalterda bo'ladi.

  • Kunlik kassa hujjatlari balans hisobvaraqlari bo'yicha o'sib borish tartibida, avval kassaning kirim hujjatlari so'ngra chiqim hujjatlari alohida-alohida qilib taxlanadi. Bankning kunlik kassa huiiatlari ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari raqamlari bo'yicha, avval kirim - so'ngra - chiqim hujjatlari taxlanadi.

  • Taxlangan kassa hujjatlari xuddi tartibda har kuni alohida yuritiladigan yig’ma jildda tikiladi va raqamlanadi.Kunlik yig’ma jilddagi kassa hujjatlar asosida bank kassasiga balans va tutilmagan holatlar bo'yicha amalga oshirilgan kirim va chiqim summalari belgilangan tartibda hisoblanadi.

  • Kassa hujjatlariga tikilgankirim va chiqim hujjatlar buxgalteriya bo'limi balansi va tegishli qayd daftarlari bilan solishtirib nazoratdan o'tkazilgandan so’ng yig’ma jild yuz tomonidagi yozuv, uni shakllantirgan kassa mudiri va kassirning imzolari bilan tasdiqlanadi. Bankning kunlik kassa hujjatlari bo'yicha shakllantirilgan yig’ma jild bosh buxgalter tomonidan balans hisobotlari va ma’lumotlari bilan taqqoslanib tekshiruvdan o'tkazilgandan so'ng uning imzosi bilan tasdiqlanadi.

  • Kunlik kasssa hujjatiarining yig'ma jildi oxirgi o’n ikki oy mobaynida kassa mudiri yoki kassa hujjatiarini saqlash zimmasiga yuklatilgan kassirning javobgarligida pul omborida yoki alohida seyfda saqlanadi. 12 oydan arxivga topshirilgan kassa hujjatlari kamida 5 yil davomida bank arxivida saqlanadi.

Download 7.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling