Banklarda buxgalteriya xisobi
II. Banklar va ularning filiallarini banklararo to‘lov tizimiga ulash tartibi
Download 332.1 Kb.
|
BANKLARDA BUXGALTERIYA XISOBI
II. Banklar va ularning filiallarini banklararo to‘lov tizimiga ulash tartibi
12. Banklararo to‘lov tizimiga ulanishning uchta varianti mavjud: 1) bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini ulanishi; 2) filialga ega bo‘lmagan banklarni ulanishi (bunda elektron to‘lovlar bankning amaliyot boshqarmasi orqali amalga oshiriladi); 3) bank filialini ulanishi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini banklararo to‘lov tizimiga ulanishi uchun bank To‘lov (Hisob-kitob) markazining nomi va manzilini ko‘rsatgan holda xat bilan Markaziy bankning To‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamentiga (keyingi o‘rinlarda — MB TTATD) murojaat qiladi. Mazkur xatga asosan MB TTATD bankning To‘lov (Hisob-kitob) markazini banklararo to‘lov tizimiga ulash hamda uning filiallarining vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 14. Filialga ega bo‘lmagan bankni yoki bank filialini banklararo to‘lov tizimiga ulash uchun, ular qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatga olingan, Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi (keyingi o‘rinlarda — BDMAB)da xos raqam (unikal kod)ga hamda banklararo to‘lov tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega bo‘lishi kerak. 15. Filialga ega bo‘lmagan banklarni ulanish tartibi quyidagicha: Oldingi tahrirga qarang. 1) Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti MB TTATDga bank tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasini olganligi to‘g‘risida, bankning to‘liq nomi va manzili ko‘rsatilgan holda xabar beradi; 2) MB TTADning yozma xabarnomasiga muvofiq, ABMning BDMAB bo‘limi tijorat bank uchun xos raqam va unga tegishli rekvizitlarni zaxiralaydi hamda bir vaqtning o‘zida bank va MB TTATDga bu haqda xabar beradi; 3) Bank, xos raqam olgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan Markaziy bankning Ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitini olish uchun, ABMga — MB HKMning serveriga kirish ruxsatini olish maqsadida autentifikatsiya ma’lumotlarini aniqlash uchun murojaat qiladi; 4) ABM xodimlari yordamida bir qancha ETHlarining qabul qilish nazorat qilish uzatish texnologik almashuvini o‘tkazish yo‘li bilan bank tayyorligining sinov tekshiruvi o‘tkaziladi. Sinov quyidagi tartibda o‘tkaziladi: a) bankning ma’lumotlari sinov majmuasidagi tegishli ma’lumotnoma (spravochnik)ga kiritiladi; b) dastlab bank xodimlari bilan axborotlar almashuvini o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish (instruktaj) o‘tkaziladi; v) sinov majmuasidagi bankning vakillik hisobvarag‘iga bankning ishlashi uchun ustav fondi sifatida oldindan kelishilgan summa kiritiladi; g) bank vakillik hisobvarag‘idagi qoldiqni tasdiqlash uchun axborotni va ETHlarini shakllantiradi hamda ABMga sinov tariqasida jo‘natadi, ABM shakllantirilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshiradi; d) ABM bank uchun vakillik hisobvarag‘ini tasdiqlash, ish tugashi va ETHlarning qayta ishlanganligi bo‘yicha axborotni shakllantiradi, bank esa ular bilan ishlay olishini tasdiqlashi kerak; e) Sinov bank tayyorligini tekshirishda ijobiy natijalar olinguncha davom ettiriladi. Sinov tugaganidan keyin ABM bank bilan birgalikda bank holatining banklararo to‘lov tizimida ishlashga tayyor ekanligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi; 5) Markaziy bank Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentining bankka litsenziya berilganligi, bankning banklararo to‘lov tizimida ishlashga tayyorligi to‘g‘risidagi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentining xabarnomalari hamda sinovning ijobiy natijasi to‘g‘risidagi ABMning dalolatnomasiga, shuningdek, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami ko‘rsatilgan Davlat soliq qo‘mitasidan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi asosida, MB TTATD barcha banklarga bankning ochilganligi, unga BDMABda xos raqam berilgani va banklararo to‘lov tizimiga ulanganligi to‘g‘risida rasmiy xabarnoma yuboradi. 16. Bank filiallari MB HKMda hisobvaraqlar ochmasligini inobatga olib, banklararo to‘lov tizimiga filiallarni ulash bo‘yicha barcha tayyorgarlik ishlarini (filialning tayyorgarlik sinov tekshiruvi, elektron raqamli imzo kalitini yaratish) banklar o‘zlari olib boradilar. Filialga xos raqam zaxiralash uchun bank bevosita ABMning BDMAB bo‘limiga murojaat qiladi. Filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini bankning Ro‘yxatga olish markazi yaratadi. Bankning Ro‘yxatga olish markazi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bank filial uchun elektron raqamli imzo kalitlarini yaratish uchun Markaziy bankning Ro‘yxatga olish markaziga murojaat qilishi mumkin. Barcha ishlar tugatilgandan so‘ng, filialni banklararo to‘lov tizimiga ulash iltimosi bilan, bank MB TTATDga xat taqdim etadi. Unda bank filialining nomi, manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va bank statistik hisobotlarini berishda filialning hududiy tobeligi Filialni banklararo to‘lov tizimida to‘g‘ri ishlashi bo‘yicha javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi. Download 332.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling