Banklarda buxgalteriya xisobi
IV. Banklararo to‘lov tizimi orqali ma’lumotlar uzatishning texnologik jarayoni
Download 332.1 Kb.
|
BANKLARDA BUXGALTERIYA XISOBI
IV. Banklararo to‘lov tizimi orqali ma’lumotlar uzatishning texnologik jarayoni
Oldingi tahrirga qarang. 21. Soat 8-00 dan 17-00 gacha bo‘lgan davrda banklar vakillik hisobvarag‘ining oldingi kun nihoyasidagi holati to‘g‘risida ma’lumot uzatadilar. Olingan ma’lumotlar ABMda banklarning vakillik hisobvaraqlari qoldig‘i va aylanmalarining banklardagi tegishli hisobvaraqlari bilan muvofiqligi nazoratidan o‘tadi va bu haqda bankka elektron kvitansiya uzatiladi. Bir xil bo‘lgan holda, bank ishlashga tushadi, mos kelmasa — bank ular sababini aniqlaydi va bartaraf etadi. Agar bank fors-major holatlari bo‘yicha bir yoki bir necha kun ishlamagan bo‘lsa, u ABM bilan ishni boshlashdan oldin, o‘tgan qayta ishlanmagan kunlarda to‘planib qolgan barcha ETHlarni qabul qilishi va qayta ishlashi, joriy kunning boshiga vakillik hisobvarag‘ining holatini aniqlashi va faqat shundan keyingina ishni boshlashi shart. Oldingi tahrirga qarang. 22. Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha ETHlarni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti. 1) Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin. 2) Jo‘natishga mo‘ljallangan ETH nazoratdan o‘tadi, bankning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘yicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi. 24. Soat 17-00 dan ABM banklarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar to‘g‘risida (tashabbuskor bank va benefitsiar bank bo‘yicha) xabarnoma jo‘natadi. Shundan keyin ABMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi: Keyingi tahrirga qarang. a) banklardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi; b) MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va banklarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Banklarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti bankning ichki to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi. “Kunning yakunlanishi” bosqichi chiqish shakllarini chiqarish, ma’lumotlarni arxivatsiyalash va tizimni navbatdagi kunning boshlanishiga tayyorlash bilan birgalikda boradi. 25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o‘tkazish vaqtini to‘lov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais o‘rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi. 26. Ayrim banklarda alohida ajratilgan yoki kommutatsiya qilingan kanallarning buzilishi sodir bo‘lganda, ETHlar belgilangan axborotlarni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilgan holda MB HKMga xizmat ko‘rsatuvchi ABMning bo‘limiga bevosita elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim qilinishi mumkin. 27. Ushbu ish tartibi favqulodda vaziyatlar holati sodir bo‘lganda qo‘llanilmaydi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilarining ish tartibi Markaziy bankning alohida me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ommaviy axborot vositalari orqali xabar beradi. Download 332.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling