Banklarda elektron to‘lovlar haqida umumiy ma’lumot
Download 0.86 Mb.
|
Bankda elektron to\'lovlar kliring tizimi
MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………...2 Banklarda elektron to‘lovlar haqida umumiy ma’lumot.......................5 Banklarda elektron to‘lovlar texnologiyasi va infratuzilmasi……….16 Elektron to‘lovlarning bank va jamiyatga ta’siri. Huquqiy asoslari…20 Kliring tizimlarini loyihalash va joriy etish………………………….26 Kliring tizimlarini tartibga solish va nazorat qilish………………….32 XULOSA ……………………………………………………………….41 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………….43 ILOVA ………………………...……………………………….……….44 KIRISH Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan sharoitda bank tizimida sezilarli darajada o’zgarishlarning guvohi bo’lmoqdamiz. Bu aholi talabining oshishi bilan birga aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi hamda Mobil bank xizmatlariga ehtiyoj sezilishi bank tizimida innovatsion bank xizmatlarni takomillashtirishga zamin yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli qaroriga asosan Milliy banklararo protsessing markazi 2018 yilning IV-choragida tashkil etildi va “Humo” to‘lov tizimi 2019 yilning I-choragidan boshlab ishga tushirildi.1 Mazkur chakana to‘lov tizimining ishga tushirilishi bank kartalariga asoslangan chakana to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitining shakllanishiga, iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamining sezilarli darajada oshishiga hamda bank kartalariga asoslangan chakana to‘lov tizimlari faoliyati bilan bog‘liq xatarlarning kamayishiga xizmat qiladi. 2019 yil davomida xo‘jalik sub’yektlarining to‘lovlarini tunu kun rejimida o‘tkazilishiga shart-sharoit yaratish maqsadida 2019 yil davomida Markaziy bank huzurida xalqaro talablarga mos keladigan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish bo‘yicha keng qamrovli tayyorgarlik ishlari olib borildi. To‘lovlarning 24/7 rejimida o‘tkazilishini ta’minlovchi yangi Tezkor to‘lovlar tizimini joriy qilish yuzasidan pilot loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Mazkur Tezkor to‘lovlar tizimi 2020 yilning I-choragida ishga tushirilgan bo‘lib, unga barcha tijorat banklarining ulanishi ta’minlandi. Buning natijasida masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar ham xuddi aholi kabi o‘z to‘lovlarini tunu kun real vaqt rejimida, ya’ni tijorat banklari filial va shaxobchalari ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ham amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. To‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bir qatorda, uning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini, xalqaro me’yor va qoidalarni chuqur o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi va 2019 yil 1 noyabrda tasdiqlandi. Ushbu Qonun to‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasida yagona axborot va huquqiy muhitni yaratish, Markaziy bank tomonidan to‘lov xizmatlari bozorini, to‘lov tizimlarining faoliyat yuritishini, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning faoliyatini samarali tartibga solish, to‘lov xizmatlarining ommabopligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, elektron pullar sohasidagi munosabatlarni va elektron pullar tizimi ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish borasida me’yoriy-huquqiy baza bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga zaruriyat tug’ilmoqda. So’ngi yillarda qishloq va tumanlarimizda xizmat ko’rsatish sohasini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo boshlangan innovatsion islohotlarni, ya’ni yangi axborot kommunikatsion-texnologiyalarni barcha sohalarda bo’lgani kabi bank tizimida ham keng joriy etish ishlarini izchil davom ettirish zarurdir. Buning boisi shundaki, agar ana shu amaliy ishlarni hal qiluvchi islohot va yangiliklardan boshlamasak, o’z- o’zidan ayonki, biz kutayotgan barqaror o’sish sur’atlari bilan rivojlanishni qo’lga kiritishni aslo tasavvur etib bo’lmaydi. Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo’lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o’tgan yili printsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo’yicha qat’iy qadamlar qo’yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so’zsiz davom ettiriladi. Hozirgi zamon bank-axborot texnologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri, bu to’lovlarni amalga oshirishning plastik kartochka tizimidir. Ushbu texnologiya iqtisodiyotga va mamlakatning to’laligicha rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatish mumkin. Bank tizimining faoliyati bir qator qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramasdan hali-hanuz bank xizmatlari istiqbolda jamiyatning manfaatlarini to’la to’kis bajara olmayotgani, bu esa bo’lajak investorlarning mamlakatga kirib kelishiga ta’sir ko’rsatmoqda desak adashmagan bo’lamiz. Bunda Mobil bank ximatlarini takomillashtirish masalasi dolzarb muammolardan biri sanaladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling