~ 57 ~
3.2. DAT “Asakabank” Farxod filialida foyda va zaralar hisobini
takomillashtirish yo’llari.
Ma’lumki, bugungi kunda tijorat banklarida buxgalteriya hisobi ilg’or
tajribalar asosida yuritilmoqda. Buni tijorat banklari tomonidan yuritilayotgan
buxgalteriya hisobi ishlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Lekin tobora rivojlanib borayotgan kuchli raqobat sharoitida yaxshi natijaga
erishish va faoliyatni barqarorlashtirish uchun banklarda
amalga oshiriladigan
buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish zaruriyati kelib chiqadi. Ayniqsa, bu
daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishda juda muhimdir.
Bu yo’lda moliyaviy natijalar hisobini takomillashtirishning quyidagi
yo’nalishlarini ko’rib chiqishimiz mumkin:
Birinchidan, tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasida
moliyaviy xo’jalik faoliyatiga baho beruvchi va
yakuniy moliyaviy natijani
aniqlash uchun alohida hisobvaraq ajratilmagan. Bank daromadlari va xarajatlari
yil yakunida to’g’ridan-to’g’ri 31200 – “Taqsimlanmagan foyda” hisobvarag’iga
olib boriladi.
Bizning fikrimizcha, yakuniy moliyaviy natija hisobini olib borish
uchun alohida “YAkuniy moliyaviy natijalar” hisobvarag’ini
kiritish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Ushbu hisobvaraq bank faoliyatini moliyaviy natijasida olingan jami
daromadlar va xarajatlarni taqqoslash natijasida qoldiq sifatida aks ettirish
imkoni
bo’ladi. Ushbu hisobvaraqning debet tomonida hamma xarajat va zararlar,
kredit
tomonida esa, jami olingan daromadlar va foydalar hisobga olinish ko’zda tutiladi.
Bu hisobvaraqning kredit tomonidagi qoldiq qolsa,
bank foyda olganligini,
debet tomonidan qoldiq esa, bank hisobot davrini
zarar bilan yakunlaganini
bildiradi.
Ushbu hisobvaraqda hisobot davrining boshidan oxirigacha daromadlar va
foyda olish yoki zarar ko’rish jarayonining harakati yoritiladi.
“YAkuniy moliyaviy natijalar” hisobvarag’ining ko’llanilishi
quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi:
- buxgalteriya balansida tenglashtirishuvchi rolni bajaradi;
~ 58 ~
- daromadlar va xarajatlar to’g’risida aniq ma’lumotlar beradi;
- bank daromad va xarajatlarini barqarorligini yoritadi;
Do'stlaringiz bilan baham: