Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati
Banklarda kassa operatsiyalari hisobi va faoliyati
Download 81.82 Kb.
|
Jumaboyev Shoxruh hisobot
Banklarda kassa operatsiyalari hisobi va faoliyati
Banklarda kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil qilish Tijorat banklari dastlabki faoliyatini amalga oshirishlarida bank kassasi shakllantiradilar va 0‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining litsentsiyasinioladilar. Ushbu litsenziyaga ko‘ra, kassa operatsiyalari bo'limlari tashkil etiladi vabank rahbari tomonidan kassa mudiri ( bank sohasida uch yil ishlagan), kassaxodimlari tayinlab, kassa bo‘limIari (kirim kassasi, chiqim kassasi, kechkiinkassatorlardanpul qabul qilish kassasi) ni tashkil etadilar. Mijozlarga kassaxizmatini ko'rsatish uchun bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga pul omborini tashkil etish bo'yicha pasportini va boshqa hujjatlami topshiradi va ularko'rib chiqib, Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentigayuboradi. Ular ijobiy xulosa berganda bank operatsiyalari kassasi ochiladi.Shuningdek, bankning kassa operatsiyalari bo'limi maxsus jihozlangan ya'ni, ichkidevorlari va to'shdevorlari qalinligi 80 mm bo'lgan juftlashtirilgan gips-betonpanellarga yoki qalinligi kamida 120 mm bo'lgan g'isht devordan iborat bo'lishikerak. Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi, kassa darchasieshikchasi va to'siqdevorlar qalinligi kamida 40 mm bo'lgan taxtalardan yasaladi,ular ikki tomondan ruxlangan, metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mmbo'lgan mixlar bilan perimetr va diagonallar bo'yicha 60 mm ga qadar masofada mahkamlanadi.Bank kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan naqd pulmablag'larining me'yorini belgilash uchun Markaziy banka kassa arizasini beradi,bunda, bank chiqimlari va tushumlari hamda kassa limiti qoldig'i o'z aksini topadi.Shuningdek, bank kassasida naqd pullar qoldig'i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo'lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ulami ishlatishlari mumkin. Kassadagi naqd pullar qoldig'i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini markaziy bank bilan kelishgan holda belgilangan me'yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda amalga oshiradi.Kassada naqd pullar qoldig'ining belgilangan limitlaridan ortiqcha bo'lgan barchanaqd pullami Markaziy bankning xisob-kitob-kassa markaziga topshiradilar.Naqd pullik hisob-kitob operatsiyalari bankning kassa operatsiyalari bo‘lib,ularga kassa bo'limi xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. Ular asosan, bankkassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardanqabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barchato'Iovlami hisob-kitob cheklari bo'yicha naqd pul shaklida bankning operatsionkassasidan beriladi. Bu operatsiyalar Markaziy bank tomonida ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Kassa hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.Banklarda har bir operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu qatori, bankning kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul berishda bankning operatsion kassasi markazida mijozlaming uzoq vaqt turib qolishlarining oldi olingan bo'lib, sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatini vujudga keltiradi. Shu sababdan, banklarda kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi grafigini tuzishni talab etadi. Download 81.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling