Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
Download 81.82 Kb.
|
Jumaboyev Shoxruh hisobot
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil qilish Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali rahbari amalgaoshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U banktizimining bosh buxgalterlari to’g ’risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi.Bosh buxgalter bo’lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o’rinbosarin bajaradi.Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi.Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlaryoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat'iyan taqiqlanadi. Bankbuxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo’limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ulaming avtomatlashtirilganlikdarajasiga bog’iq bo’ladi.Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo’linmasisifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasibo’yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo’limlarga topshirilishi mumkin. Ish hajmi katta banklardabuxgalteriya apparati asosiy talablami hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim.Shuningdek, barcha operatsiyalar mas'ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o’tishini ta'minlash maqsadida ishhajmidan kelib chiqqan holda mas'ul ijrochi va nazoratchilar soni o’rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bank rahbari buyrug’i bilantasdiqlanadi. Mas'ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyanhisobvaraqlami yuritish yoki alohida operatsiyalami amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari o’rtasida shunday taqsimlanishikerakki, bunda bitta xo’jalik yurituvchi sub'ektning barcha depozit va ssudahisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilishi kerak, chet elvalyutasida ochilgan hisobvaraqlar bundan mustasno. Hisobvaraqlami buxgalteriyaxodimlari o ’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi dasturiy ravishda yuritiladihamda qo’lda maxsus daftarda qayd etib boriladi.Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklami ulaming yo’qolishigayoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydigan tarzda saqlanishi hamdafoydalanishi ustidan nazoratni ta'minlashi shart. Bank muhrlari va burchaklishtamplarining hisobi ulami saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko’rsatilganmaxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog’langan va bank muhri,bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi va bankrahbarining yoki uning xohishiga ko’ra bosh buxgalter seyfida saqlanishi lozim.Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo’lishi kerakki, bundamijozlar va boshqa begona shaxslaming bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari vablanklarini olishlariga imkon bo’lmasligi lozim. Xodim mehnat ta'tiliga chiqqan,kasal bo’lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan hollarda ungabiriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qaydetiladi.Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kunibuxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo’g ’inlarida o’matilgan tartibga amalqilinishini kuzatib borish yuklatiladi. Shuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh vayordamchi kitoblarda operatsiyalami qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobihisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank boshbuxgalteri ishda bo’lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug’igako’ra uning o’rinbosapiga topshiriladi. Mijozlarning bank xodimlarining xattiharakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonunm hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e'lonlarosib qo’yish yo’li bilan mijozlarga ma'lum qilinishi lozim. Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balansva boshqa hisobotlami o ’z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o’z vaqtidava sifatli xizmat ko’rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart. Tarkibiytuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan yirik banklaming buxgalteriyaapparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin.Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilarbilan izohlanadi: tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari; mijozlarga xizmatko’rsatish; nazoratni amalga oshirish.Tarkibiy bo’linmalaming asosiy vazifalari: Bank nuqtai-nazaridan Buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisgabo’linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to’g ’ridanto’g’rixizmat ko’rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa, dastlab Front-ofis xodimlaritomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichni tugatilishinikutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalami qayta ishlab, uni nihoyasigaetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog’Iiq bo’lmagan ikkitabo’limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o’zaro nazorat qilish tiziminiyaratadi.Mijoz nuqtai-nazaridan bo’linishning ahamiyati shundaki, bankning bittabo’limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo’lgan xodimlardan o’zining barcha masalalarini echish imkoniyatini yaratish. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan touning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo’lib, Bek-ofismavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz bo’lib hisoblanadi. Bank tarkibiy tuzilmasining mas'uliyatini belgilash uchun, ular bajaradiganoperatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo’limlar bo’yicha vazifalartaqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki,bo’linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo’lishi shart emas. Bankbo’linmalarida ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalariningavtomatlashtirilgan darajasiga bog’iq ravishda, Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibidaayrim bo’lim / sektor bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo’lim / sector vazifalarini boshqa bo’lim / sektor bajarishi ko’zda tutilishi lozim. Vazifalar, banktarkibiy tuzilmasining har bir bo’limi uchun alohida taqsimlanadi. Download 81.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling